Suvsizlik tahdidlari: yechimlar muammolarga mutanosib emas
Download 26.42 Kb.
|
Suvsizlik tahdidlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv – bu...
- Dunyo asosan suvdan iborat, lekin suv muammo...
Suvsizlik tahdidlari: yechimlar muammolarga mutanosib emas O‘zbekistonda 1 litr eng arzon benzin – 6050 so‘m, 1 litr idishdagi ichimlik suvi esa 3000-4000 so‘m. Boshqa ko‘plab mamlakatlarda esa bu qiymatlar solishtirilganda “suv benzindan ham qimmat” bo‘lgan dalillar, haqiqatlar, xulosalarga duch kelamiz. Butun dunyoda kuzatilayotgan suv inqirozi xavotirlari Yer yuzi va O‘zbekiston aholisi uchun qanchalik yaqin? Kun.uz suv bilan bog‘liq asosli, xavotirli va tanqidiy ma’lumotlarni ushbu maqolada jamladi. Mavzu dolzarb, yozilishga va o‘qilishga ehtiyoj bor! Suv – bu... Maqola avvalidan suvning nima ekanini eslatib o‘tishni joiz topdik. Chunki uning dunyo va mamlakatimiz miqyosida muammoga aylanishida siz va biz – hammamizning hissamiz bor. Demak, suv bu: inson organizmining 55-65 foiz (bolalarda 80 foizgacha) tarkibi... Sayyoramizda eng ko‘p foydalaniladigan va kamayib borayotgan resurslardan biri... XXI asrda davlatlararo tahdid va urushlarga sabab bo‘ladigan omillardan biri... Yerning 70 foizdan ko‘proq qismini qoplagan bo‘lsa-da, shundan atigi 3 foizi ichish uchun yaroqli bo‘lgan obi-hayot... Dunyo bo‘ylab iqlim migratsiyasi va muhojirlarining ko‘payishiga olib keluvchi sabablardan biri... Foto: Change.org Suvsiz qolgan odam eng uzog‘i 1 haftagacha yashashi mumkin. 2023 yilda 2 milliard odam, ya’ni Yer yuzi aholisining chorak qismi toza ichimlik suvisiz qoladi va yaqin 10 yillikda bularga 700 million odam qo‘shiladi. Demak, yuqorida yozilganidek – mavzu dolzarb, yozilishga va o‘qilishga ehtiyoj bor! Dunyo asosan suvdan iborat, lekin suv muammo... Suvning tuzli (okean va dengizlarda), chuchuk (daryo, ko‘l, yer ostida va muz ko‘rinishida), yomg‘ir, mineral hamda insoniyat tomonidan qayta ishlov berilgan shakldagi turlari bor. Dunyoning ¾ qismi suvdan iborat. Shuni ichimlik suviga aylantirib qo‘ysa bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Faqat bu juda qimmat jarayon. Masalan, ichimlik suvi sarfi bo‘yicha eng yetakchi deb sanaladigan davlat – Saudiya Arabistonida (1 kishi uchun kuniga 500 litr suv to‘g‘ri keladi) 5,5 mln kubometr ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun 350 ming barrel neft sarflanadi. Paradoks holat yuzaga keladiki, 1 barrel neft ishlab chiqarish uchun esa 159 litr suv ishlatiladi. Shundan ham ko‘rish mumkinki, okean va dengiz suvlarini chuchuk suvga aylantirish o‘zini deyarli oqlamaydigan qimmat jarayon. Qizdirib tuzsizlantirish / Youtube Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling