Suyuqliklar va gazlar mexanikasi. Paskal va Arximed qonunlari.
Reja:
Suyuqliklarda va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari.
Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari.
Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakati.
O’quvchi bilishi kerak:
Suyuqliklarda va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari. Dinamik, statik va gidrostatik bosim, Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakati. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakatini o’rganishning ahamiyati, peshona qarshilik, ko’tarish kuchi.
Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga suyuqliklar va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari haqida ma’lumot berish va ularning qo’llanilishnini tushuntirish.
Mavzuning bayoni:
1. Gazlarning molekulalari orasidagi o`zaro ta’sir kuchlari juda ham kichik ya’ni ular bir-birlari bilan qariyib bog’lanmagan. Shuning uchun ham ular doimo betartib harakat holatida va har tomonga uchib, ajratilgan hajmni to`la egallaydi.
G azlardan farqli ravishda suyuqliklarning molekulalari bir-birlari bilan ancha mustahkam bog’langan va ular orasidagi masofa qariyib o`zgarmaydi. SHuning uchun ham suyuqlik siqilmaydi.
Tinch turgan suyuqlikka yupqa plastinkalarni kiritaylik. Plastinkaning turli tomonlarida bo`lgan suyuqliklar uning har bir yuza elementiga, kattaliklari teng va ga tik yo`nalgan kuchlar bilan ta’sir qiladi.
Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka suyuqlikning bosimi deyiladi.
yoki = Pa
Berk idishdagi bosimni o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga manometrlar, atmosfera bosimini o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga esa barometrlar deyiladi.
Paskal qonuni: harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma yo`nalishlarda bir xil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajm bo`yicha bir xilda uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |