Tabiat va ekologik muammolar


Download 29.48 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi29.48 Kb.
#1375414
Bog'liq
Tabiat va ekologik muammolar


Tabiat va ekologik muammolar
R e j a:
1. Tabiat – falsafiy mushohada ob‘ekti. Inson va tabiat
2. Tabiat va jamiyatning zaro aloqadorligi
3. Fan-texnika taraqqiyoti va ekologik vaziyatning keskinlashuvi
4. Ekologik muammoni bartaraf etish yo’llari


1.TABIAT - FALSAFIY MUSHOSHADA OB‘YEKTI.
INSON VA TABIAT

Tabiat – inson va insoniyatning hayotiy faoliyati uchun za-rur bo’lgan ob‘ektiv shart-sharoitlar yig’indisidir. Ushbu tu-shunchaning mazmunini chuqurroq ilg’ab olish uchun unga qarama-qarshi bo’lgan falsafiy kategoriyani ham tilga olishimiz, tah-lil etishimiz darkor. «Tabiat» tushunchasiga qarama-qarshi bo’lgan kategoriya esa madaniyatdir. Madaniyat – inson tomo-nidan o’zlashtirilgan va o’zgartirilgan reallikdir. Tabiat esa, madaniyatdan farqli o’laroq, inson ongi va faoliyatidan qat‘iy nazar mavjud. Binobarin, madaniyat deganda inson tomonidan o’zlashtirilgan tabiat qismi tushuniladi. Shu nuqtai nazardan inson faoliyatini tabiiylikni madaniylikka aylantirish ja-rayoni deb baholash mumkin. Tabiatning ana shunday o’zlashtiri-lishi insonning mavjudlik usulini ifodalaydi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, inson ha-misha o’zini tabiatga qarshi qo’yib kelgan. Ayni paytda uning o’zi tabiatning ajralmas qismi, mahsuli hamdir. Inson tabi-atning sharofati bilan mavjud, uning ham jismoniy, ham ma‘naviy hayoti tabiat bilan chambarchas bog’liq. Shunday ekan, tabiat o’z-o’zi bilan bog’liqdir. Chunki inson tabiatning bir bo’lagidan o’zga narsa emas.
Gap nafaqat inson va tabiatning jismoniy aloqadorligi haqida, balki ma‘naviy bog’liqligi to’g’risida ham bormoqda. Tabiat inson hayoti va faoliyati uchun zarur bo’lgan tabiiy shart-sharoitlar yig’indisigina bo’lib qolmasdan, insonning bilishga oid munosabatlarining sababchisi hamdir. Shozirgi za-mon kishilik jamiyatida ushbu bilimga oid munosabatlar tabi-iy fanlar shaklida, tabiatga bo’lgan estetik munosabatlar shaklida namoyon bo’lmoqda. Shuningdek, bugungi kunda insoniyat ilk bor tabiatni muhofaza qilish mas‘uliyatini ham zimmasiga olmoqda.
Xullas, inson, kishilik jamiyati va madaniyat, bir tomondan, tabiatga qarshi tursa, ikkinchi tomondan, uning tar-kibiy qismidir. Inson va tabiat orasidagi ziddiyatlarga to’la mazkur o’zaro aloqadorlik insonning tabiatga bo’lgan turlicha munosabatlarining manbai vazifasini o’taydi.
Tabiat madaniyatdan quyiroqda turgan, maqsadga muvofiq bo’lmagan, shaklsiz reallik sifatida ham idrok etilishi mumkin. Bunday munosabat «tabiatni insonga bo’ysundirish zarur», - degan xulosaga asos bo’lishi tabiiy. Ushbu yondashuvdan farqli o’laroq, tabiat mukammallik namunasi, madaniyatdan-da a‘loroq va yuksakroq reallik tarzida talqin qilinishi ham mumkin. Mazkur qarashlarning mualliflari inson tabiatdan ko’p narsani o’rganishi darkor, deb hisoblaydilar.
Uchinchi yondashuv tarafdorlari tabiatni nooqilona, sti-xiyali kuchlar olami, insonga bo’ysunmaydigan xaosdan (tartib-sizlikdan) iboratligini qayd qiladilar. Ayni paytda tabiat eng oqilona qonunlar, tabiiy zaruriyat hukm suradigan, kishi-lararo munosabatlarda tez-tez uchraydigan illatlardan xoli bo’lgan olam sifatida baholanishi ham mumkin.
Insonning tabiatga bergan eng qat‘iy baholari ana shu-lardan iborat. Insoniyat falsafiy tafakkuri tarixida bunday fikr-mulohazalar takror va takror yoqlab chiqildi, «inson-ta-biat» munosabatlarida metodologik pozitsiya vazifasini o’tadi. Boz ustiga, bugungi kunda ham inson bilan tabiat orasidagi munosabatlarning xarateri qanday bo’lishi darkorligi xususi-da gap ketganda ushbu pozitsiyalarning aks-sadosi eshitilib turadi.
Qadimgi dunyo kishisining tafakkurida tabiat doimiy harakatda va o’zgarishda bo’lgan yaxlitlik tarzida o’z aksini topgandi. Shu munosabat bilan inson tabiatga qarshi turgan kuch emas, uning ajralmas qismi bo’lgan qudrat sifatida ang-lanardi. Antik davr faylasuflari, bizga ma‘lumi, koinot de-ganda tabiatning inson aqliga sig’adigan, inson tomonidan anglash imkoni bo’lgan qismini tushunardilar. Bunda koinot xaosga qarshi qo’yilar, mukammal reallik deb baholanar edi. Asl donishmand, antik davr mutafakkirlarining fikricha, ta-biat bilan murosada, bahamjihat yashashga intilmog’i lozim. Ta-biatni ilmiy bilishning asosiy vazifasi esa tabiat bilan murosada yashash idealini shakllantirishdan iborat. Antik za-mon faylasuflari o’z naturfilasofik ta‘limotlarida ana shunday masalani hal qilishga intildilar.
O’rta asrlar falsafasida tabiatni mutlaqo o’zgacha tushu-nish ildiz otdi. Sham musulmon, ham xristian falsafasida ta-biat Xudo tomonidan yaratilgan mo’‘jiza sifatida talqin etildi. Biroq tabiat insondan quyiroq bo’lgan reallikdir. Chunki Xudo faqat insongagina ilohiy ibtido – jon ato etgan, tabiat esa bunday ibtidodan mahrumdir. Shu bois ayrim hollarda tabiat yovuzlik manbai bo’lishi mumkin. Insonning vazifasi ana shunday yovuzlikning kengayishiga yo’l qo’ymaslik-dan iborat. Binobarin, inson hayoti ilohiy qudrat bo’lmish jonning tabiiy ibtido hisoblangan jism bilan kurashi jarayonidir. Bunday yondashuv ba‘zi hollarda tabiatga salbiy munosabatning yuzaga kelishiga ham sabab bo’lardi.
Mazkur qarashlar sistemasi, tabiiyki, tabiatni ilmiy bilishga bo’lgan qiziqishning cheklanishiga, so’nishiga olib kel-di. Lekin o’rta asrlardagi diniy falsafa negizida tabiatga bo’lgan mutlaqo yangicha munosabat ham shakllana bordi. Tabi-atni Xudo yaratgan mo’‘jiza sifatida tushunish undagi ratsio-nal ibtidoni topishga qaratilgan tadqiqotlarga zamin yaratdi. Tabiatni o’rganish Xudoning qudratini anglab yetish imkonini beradi. Ushbu mulohaza mualliflarining fikriga ko’ra, Xudo odamlarga ikki kitob taqdim etgan. Ulardan biri Muqaddas kitob bo’lsa, ikkinchisi tabiatdir. Birinchi kitobda Xudoning qudrati bevosita talqin etilgan, ikkinchi kitobda esa Xudo-ning qudrati amalda namoyish qilingan. Mazkur qarashlar tabiat haqidagi fan - tabiatshunoslikning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Renessans davrida tabiatga bo’lgan munosabat tubdan o’zga-ra boshladi. Inson tabiatning tarorlanmas go’zalligini o’zi uchun qayta kashf etdi, uni zavq-shavq, osoyishtalik va xotir-jamlik manbai hisoblaydigan bo’ldi. rta asrlarga xos bo’lgan asketizm chekina boshladi. Romantizm falsafasi va estetikasi-da tabiat tsivilizatsiya ta‘qibidan qutqaradigan qudrat sifa-tida ta‘riflandi. Romantizm asoschilaridan biri J.-J. Russo insonning barcha kulfatlarini tabiiylikdan ijtimoiylikka o’tish bilan bog’ladi. (20)
Industrial sanoatning shakllanishi jarayonida insonning tabiatga yangicha munosabati vujudga keldi. Ushbu munosabat F. Bekon ijodida ayniqsa yorqin ifodasini topdi.(10) Tabiat in-sonning o’zgaruvchanlik faoliyati obekti sifatida talqin qi-lina boshlandi. Tabiat – buyuk xazinadir, inson undan ista-gan boyligini olishi mumkin deb ta‘kidlanardi F.Bekon ijodida. Ushbu yondashuv rus yozuvchisi I.Turgenev qahramoni Bazarov tilidan ayniqsa obrazli ifodalandi: «Tabiat – ibo-datxona emas, ustaxonadir, inson esa undagi ishchiga o’xshaydi» (23, 61).
Tabiiy-ilmiy bilishda tabiatni sinovdan o’tkazish, ya‘ni uning sir-sinoatini aniqlash g’oyasi ustivor ahamiyat kasb etdi. Shu ko’yi tabiatga oddiy iste‘molchi sifatida munosabatda bo’-lish odati shakllana bordi. Albatta, ushbu qarashlari o’sha za-monning barcha mutafakkirlari tomonidan tan olindi, deyish xato bo’lur edi. Ushbu fikr-mulohazalar turli falsafiy ta‘-limotlarning tarafdorlari tomonidan keskin tanqid qilindi. Shunga qaramasdan, ushbu qarashlar XX asrning o’rtalariga qa-dar «inson-tabiat» munosabatlarining leytmotivini tashkil etdi.
Biroq XX asrning o’rtalariga kelib tabiatga bo’lgan munosabat tubdan o’zgara boshladi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti na-tijasida inson imkoniyatlari kengaya bordi, uning qudratli ta‘siri oqibatida tabiatning qiyofasi o’zgarib ketdi. Inson ilk bor tabiat uchun mas‘ul ekanligini his eta boshladi. «Tabiat-inson munosabatlaridagi tasodifiylik elementlarining oldini olish zaruriyati yuzaga keldi.
Bu vazifani hal qilish uchun tabiiy va sun‘iy muhit ha-qida mustahkam bilimlarga ega bo’lish zarur. Tabiiy muhit de-ganda geosfera va biosferani nazarda tutadilar. U insondan qat‘iy nazar majud bo’lgan, lekin kelajakda uning faoliyati ob‘ektga aylanadigan moddiy sestemalarni o’z ichiga oladi. In-son koinotni o’zlashtira borgani sari bunday moddiy tizim-larga +uyosh sistemasining ayrim hududlari ham kira boshladi. Binobarin, tabiiy muhit rivojlanuvchan sistemadir. Uni fa-qat geosfera bilangina qiyoslash noto’g’ri ilmiy xulosalarga sabab bo’ladi.
Tabiiy muhitda ikki guruhdagi hodisalar mavjud: hayot uchun zarur bo’lgan tabiiy manbalar (o’simliklar, mevalar, hay-vonlar va hoqazolar) va tabiiy boyliklar (ko’mir, neft, suv, shamol energiyasi va hokazolar). Kishilik jamiyati taraqqiy et-gani sayin nafaqat birinchi guruhdagi hodisalar, balki ik-kinchi guruhdagi hodisalar ham uning e‘tiborini jalb eta bordi. Ushbu hodisalar ishlab chiqarishni rivojlantirishga samarali xizmat qildi.
Bunday ishlab chiqarishning sharofati o’laroq sun‘iy mu-hit shakllandi. Sun‘iy muhit nafaqat inson qo’li bilan yaratilgan narsalarni, balki inson faoliyati davomida sun‘iy tanlov yoki gen injeneriyasi asosida vujudga keltirilgan o’simliklar va hayvonlarni ham o’z ichiga oladi.
Kishilik jamiyati taraqqiy etgani sayin sun‘iy muhit-ning roli osha boradi. Birgina misolga murojaat etaylik. In-son tomonidan sun‘iy tarzda yaratilgan narsalar va tirik or-ganizmlar massasi texnomassa deyiladi. Tabiiy muhitda mav-jud bo’lgan tirik organizmlar massasini esa biomassa deb nomlash odat bo’lgan. Shisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi za-monda inson sa‘y-harakatlari bilan bir yil mobaynida yara-tilgan texnomassa 1013-1014 tonnani, quruqlikda shakllanayotgan biomassa esa 1012 tonnani tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, bugungi kunda insoniyat tabiiy muhitdan bir necha o’n barobar mahsuldorroq bo’lgan sun‘iy muhitni yaratishning uddasidan chiqdi.
Sun‘iy muhit tabiiy muhitni asta-sekinlik bilan siqib chiqarmoqda. Ushbu jarayon kelajada faqat ijobiy natijalarga olib keladi, deb o’ylash soddadillikdan o’zga narsa emas. Shu bois tabiat muammolari xususida falsafiy mushohada yurit-ganda, tabiat va ishlab chiqarish, tabiiy va sun‘iy muhit ora-sidagi aloqadorlikni ham tahlil etmoq shart. Buning uchun esa dinamik sistemalar bo’lmish tabiat va jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorlikning mantig’ini aniqlash kerak bo’ladi.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan xulosa chiqaradigan bo’l-sak, tabiat - inson va insoniyatning hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan ob‘ektiv shart-sharoitlar yig’indisidir. Inson va tabiat o’rtasida murakkab munosabatlar mohiyatini anglab yetish uchun «tabiat» tushunchasi «madaniyat» kategoriyasi bilan qiyosiy tahlil etilmog’i shart. Ushbu munosabatlar tarixiy ta-raqqiyot davomida o’zgarib bordi. Tabiiy va sun‘iy muhit o’rta-sidagi muvozanatning buzilishi insonni tabiatga bo’lgan yangicha munosabatlari shakllanishiga poydevor yaratdi.


2. TABIAT VA JAMIYATNING OZARO
ALOQADORLIGI
Insonning tabiatga munosabati xarakteridan qat‘iy nazar u tabiiy shart-sharoitlarga tobeligicha qolaverdi. Biroq za-monlar o’tishi bilan u tabiatga moslashibgina qolmasdan,uni o’z oqilona va nooqilona ehtiyoj va manfaatlariga moslashtirish imkoniga ega bo’ldi. Bu hol, tabiiyki, tabiat va jamiyat orasi-dagi o’zaro aloqadorlik mohiyatini tubdan o’zgartirib yubordi. Ushbu jarayon mantig’ini chuqurroq anglab yetish uchun hozirgi zamon falsafasining «tabiat-jamiyat» sistemasidagi muno-sabatlarga doir qarashlarini umumlashtirish zarur bo’ladi.
Oz-o’zidan tashkil topuvchi va o’z-o’zidan rivojlanuvchi universum bo’lmish borliq bir necha ochiq, ya‘ni tashqi omillar ta‘siridan xoli bo’lmagan sistemalarni o’z ichiga oladi. Sho-zirgi zamon falsafasida, bizga ma‘lumki, bu sistemalarni borliqning asosiy shakllari deb nomlash odat bo’lgan. Tabiat va jamiyat ana shunday sistemalar turkumiga kiradi. Xar ikka-la dinamik sistemalarning shakllanishi jarayoni «o’zgaruvchan-lik-vorisiylik-tanlash» tarzidagi Ch.Darvin triadasi vosi-tasida talqin etilishi mumkin.(19, 3-4)
Shuning bilan bir qatorda, biz yuqorida ta‘kidlab o’tgani-mizdek, na tabiat, na jamiyat tashqi ta‘sirdan xoli bo’la oladi. Xususan, tabiat jamiyat uchun turli turdagi energiyalarning manbai sifatida kerak. Ular o’rtasidagi o’zaro ta‘sir shu qadar zaruriy va izchil tus olganki, hozirgi zamon mutaxassislari tabiat va jamiyatni bir sistema sifatida tahlil qilishni ma‘qul topdilar. A.K.Berdimurodova ushbu o’zaro ta‘sir va o’zaro aloqadorlikning bir necha o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tadi. (9, 14-19) Ular orasida eng muhimi ijtimoiy pod-sistemaning tabiiy muhitni o’ziga moslashtirish maqsadidagi ta‘siridir.
Darhaqiqat, geterotrofik mavjudot sifatida shakllangan inson tabiatda tayyor holda mavjud bo’lgan va jismoniy kuch-quvvat yordamida o’zlashtiriladigan tabiiy resurslardan foy-dalanishning uddasidan chiqardi, xolos. z taraqqiyotining bu bosqichida u biosferadagi trofik zanjirlarning bor-yo’g’i bir bo’g’ini bo’lgan. Shu boisda materiya harakatining biologik shakllaridan ajralib chiqmagan va tabiiy biogeoximik alma-shinishlarga ta‘sir ko’rsata olmagan edi. Shaqiqatan ham, inson tomonidan suv va shamol energiyasidan ibtidoiy shaklda foyda-lanilishi biogeoximik almashinishga qanday ham ta‘sir etsin?
Biroq tez orada insoniyat tabiatda tayyor holda mavjud bo’lmagan tabiiy resurslardan foydalana boshladi. Dastavval u olov yordamida +uyosh energiyasini o’zida mujassamlashtirgan biogen manbalardan (daraxt, ko’mir, neft va shu kabilar) foydalanishni o’zlashtirdi. Ustiga ustak, insoniyatning ener-giyaga bo’lgan ehtiyoji o’sa bordi. Natijada inson va jamiyatning cheksiz ehtiyojini qondirish uchun yangi energiya manbalarini topish, buning uchun esa tabiatdagi bioximik ja-rayonlarga ta‘sir ko’rsatish zarur bo’ldi. Yigirmanchi asr inso-niyatga ana shunday imkoniyatni ham ato etdi. Inson ongi va il-miy faoliyatining rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning yuksalishi odam bolasini umumsayyoraviy geologik kuchga aylantirdi. Biosferaning yangi evolyutsion holati, tabiat va jami-yatning o’zaro aloqadorlikdagi sohasi - noosfera vujudga kel-diki, unda inson faoliyati taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylandi.
Tabiatdagi bioximik jarayonlarga ta‘sir ko’rsatilishi faqat ijobiy xarakterga ega emas. Dinamik sistemalar rivo-jining mantig’i shundan dalolat beradiki, ochiq sistemalarda tashqi ta‘sir ikki xil xarakterga ega bo’lishi mumkin.(28, 141) Ularning biri sistema elementlari orasidagi bog’lanishni mustahkamlashga xizmat qilsa, ikkinchisi stoxastik xususiyatga ega. Tabiat va jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorlik ham ushbu mantiqdan xoli emas. Ijtimoiy podsistemaning tabiiy muhit-ni o’ziga moslashtira borishi ham jamiyat, ham tabiat uchun ijobiy ahamiyat kasb etdi. Jamiyat tabiat yordamida o’zining resurslarga bo’lgan ehtiyojini qondirgan bo’lsa, tabiat jamiyat sharofati bilan o’z qiyofasini o’zgartira bordi. Lekin, ikkinchi tomondan, inson va jamiyatning tabiatdagi bioximik jara-yonlarga ta‘siri bifurkatsiya holatining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Bifurkatsiya - sistemaning tashqi ta‘sir oqibatida o’z xo-tirasini yo’qotishi, ya‘ni sistemadagi vorisiylikning buzili-shini ifodalovchi termindir. Shar qanday sistema o’z taraqqiyo-tining zamondagi traektoriyalariga ega bo’ladi. Ushbu sistema-lar holatining o’zgarishi o’ziga xos bir xususiyatga egaki, buni ilk bor XVSH asr intihosida Eyler anglab yetgan, ikki asr o’tib, Puankare batafsil tadqiq etgan edi. Ularning fikriga ko’ra, sistemalar traektoriyasining nisbatan barqaror davri mavjud bo’lib, bu davr davomida ular evolyutsion jarayonni boshdan kechiradilar. Mazkur barqaror davrda sistema tashqi va ichki sabablar ta‘siri ostida o’z holatini asta-sekinlik bilan o’zgartirib boradi. Biroq barqarorlik davri tugagach, sistema yangi davrga qadam qo’yadiki, bu davrni bifurkatsiya holati deb ataydilar (terminni R.Tom muomalaga kiritgan). Bifurkatsiya davrida sistema o’z muvozanatini yo’qotadi va kardinal o’zga-rishlarni boshidan kechira boshlaydi. Sistema o’z taraqqiyoti-ning bir yo’nalishidan boshqasiga o’tadi. Bunday holatlar tabi-atda bir necha bor sodir bo’lgan. Prokariotlarning (hujayra yadrolariga ega bo’lmagan organizmlar) fotosintez reaktsiyasini o’zlashtirishlari, Yerdagi iqlimning keskin sovib ketishi, neolitik revolyutsiya va hokazolar shular jumlasidandir.((19, №-10)
Insonning qudratli geologik kuchga aylanishi, bir tomon-dan, insoniyat uchun bugunga qadar ma‘lum bo’lmagan istiqbol-larni ochib berdi. Biroq, ikkinchi tomondan, vujudga kelayotgan muammolarning xarakteri xam o’zgardi. Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarning keskinlashishi natijasida hosil bo’lgan muammolar endilikda umumbashariy xarakter kasb etmoqda. Ekologik inqirozning oldini olish, demografik o’sish-ni muvofiqlashtirish, yadro urushini bartaraf qilish, jahon aholisini oziq-ovqat bilan ta‘minlash kabi muammolar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda yuzaga kelgan SPID, terro-rizm, ta‘lim va aql tanqisligi bilan bog’liq muammolar ham umumbashariy tus olmoqda.
Darvoqe, ushbu muammolarning vujudga kelishi mumkinligi, «tabiat-jamiyat» sistemasidagi aloqalarning keskinlashuvi to’g’risida olimu-fuzalolar bir necha bor ogohlantirgan edilar. Biroq ogohlantiruvchi bashoratlarga e‘tibor bermaslik XX asrning ikkinchi yarmida tendentsiya darajasiga ko’tirilgan edi. Darhaqiqat, X1X asrdayoq buyuk nemis faylasufi G.F.G.Gegel shunday deb yozgan edi: «Umumjahon tarixida insonlarning hatti-harakatlari o’laroq ular intilgan va ular erishgan na-tijalardan, ular bevosita bilgan va ular istagan natija-lardan bir muncha yiroq oqibatlar ham sodir bo’ladi: insonlar o’z manfaatlarini qondirishga intiladilar, biroq buning sha-rofati bilan ana shu manfaatlar zaminida yashiringan va ular-ning xohish–istaklariga zid bo’lgan mutlaqo boshqa bir holat ro’y beradi».(11,27) Lekin rivojlanishni faqat progressdan iborat deb tushunilgan davrda bunday fikrlarga kim ham quloq tutardi.
Xo’sh, jamiyat va tabiat orasidagi o’zaro aloqadorlikning keskinlashuviga chek qo’yish mumkinmi?
Bifurkatsiya holatida dinamik sistema nafaqat o’z xotira-sini yo’qotadi va vorisiyligi buziladi, balki tubdan yangi-lanadi ham. Prokariotlarning fotosintez reaktsiyasini o’zlash-tirganlari oqibatida sodir bo’lgan bifurkatsiya holatiga nazar solaylik. Ular o’z rivojining ma‘lum bosqichida (yana o’sha fo-tosintez reaktsiyasining sharofati bilan) o’zlari uchun o’lim keltiradigan kislorod ishlab chiqara boshladilar. Biosferada kislorod hajmining muntazam ko’payib borishi oxir-oqibatda prokariotlarning o’limiga va bundan 1,2 milliard yil muqad-dam «ajdodlarimiz» bo’lmish eukariotlarning (hujayra yadro-lariga ega bo’lgan organizmlar) shakllanishiga sabab bo’ldi. Yer-dagi iqlimning keskin sovib ketishi avstralopiteklarni sa-vannalarga (tropik cho’l-biyobonlarga) haydab chiqardi. Lekin buning oqibatida ular orqa oyoqlarida yurishni o’rgandilar, osoyishta hayot kechiruvchi o’simlikxo’r mavjudotdan tajovuzkor vahshiylarga aylandilar. Bundan tashqari, hayotning qiyinlash-gani avstralopiteklarni fikrlashga undadi, oqibatda bor-yo’g’i 2 million yil ichida ular miyasining hajmi qariyb ikki baro-barga kengaydi. Neolitik revolyutsiya toshga ishlov berish tex-nologiyasining o’zlashtirilishi bilan bog’liq. Buning natija-sida odam bolasi tosh otuvchi asboblar yasadi va hayvonot ola-mining mutlaq hukmdoriga aylandi, tez orada yirik tuyoqli hayvonlarni qirib bitkazdi. Biroq o’zini ovqat bilan ta‘minlash maqsadida u dehkonchilik va chorvachilikni kashf etdi.(19, 6-7) Alqissa, tabiat necha bora o’z barqarorligini yo’-qotgan, bifurkatsiya holatiga tushgan bo’lmasin, har safar o’z holatini yangilash imkonini topa olgan, inson esa unga moslashishning uddasidan chiqa olgan. Shu boisdan tabiat va jamiyat orasidagi keskin va salbiy munosabatlarga che qo’yish mumkinligiga umid bog’lash mumkin.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan xulosa chiqarsak, tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar o’z mantig’iga ega. Ushbu mantiq «o’zgaruvchanlik-vorisiylik-tanlash» tarzida ifodalanishi mumkin. Jamiyatning ta‘siri ostida tabiatda sodir bo’lgan bi-furkatsiya holati, bir tomondan, tabiatdagi vorisiylikning buzilishiga, ikkinchi tomondan esa uning holatining yangi-lanishiga sabab bo’ladi.


3.FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI VA EKOLOGIK
VAZIYATNING KESKINLASHUVI


Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlardagi ziddiyat-larning keskinlasha borishi ekologik muammoni ham yuzaga keltirdi. Ushbu jarayon tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunini bilish asosida ishlab chiqaruvchi kuchlarning, ularni tashkil etish uslublarining rivojlantirilishi bilan bevosita bog’liq va aloqadordir. Chuqurroq o’ylab ko’rsak, gap fan va texnika yutuqlarini xalq xo’jaligiga tatbiq etish xususida bora-yotganiga amin bo’lamiz.Darhaqiqat, fan va texnika taraqqiyoti, bir tomondan, in-son qo’lini uzun qilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, tabiatdagi muvozanatning buzilishiga sabab bo’lmoqda.
Fan ijtimoiy ongning mustaqil shakli sifatida ikki ming yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Biroq u vujudga ke-lishi bilanoq moddiy ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir ko’r-sata boshlagani yo’q, albatta. Ibtidoda fanning yutuqlari em-pirik xarakterga ega bo’lgani, o’rta asrlar davomida ijtimoiy ishlab chiqarish bo’g’inlari, bosqichlarining bir-biridan aj-ralganligi fanning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini cheklab qo’ygan edi. Industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishigina fanning ishlab chiqarish jarayonidagi rolini va o’rnini mustahkamladi. Bundan ko’rinib turibdiki, fan va tex-nika yutuqlarini xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga tatbiq etilishi jarayoni XVII-XVIII asrlardan boshlandi.
Tabiat haqidagi bilimlarning asta-sekinlik bilan orta borishi ilmiy qarashlar, g’oyalar dunyosining tubdan o’zgarishiga sabab bo’ldi. Natijada mutlaqo yangi ilmiy sistema yuzaga kel-di. Ushbu o’zgarishlar ikki bosqichda ro’y berdi. Birinchi bos-qichda mehnat vositalari asta-sekinlik bilan o’sib bordi. Bunda texnik vositalar va ularning tabiiy-ilmiy asoslari tubdan o’zgarmagani bois, fan va texnika yutuqla-rining xalq xo’jaligiga tatbiq etilishi sistemaviy xarakterga ega bo’lmadi. Shu sababdan ham ushbu bosqichda energiya zahiralarining kamaya borishi tashvishli vaziyatni yuzaga keltirmadi.
Yigirmanchi asrda ushbu o’zgarishlar ikkinchi bosqichga qadam qo’ydi. Bu bosqichda ilmiy bilimlar hajmi va diapazoni shu qadar kengaydiki, endilikda fan ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi, ilmiy bilimning yuqori darajasiga asoslangan meh-nat vositalari shakllana boshladi. Fan va texnika inson ama-liy faoliyatida qo’llanadigan quvvatning diapazonini kengay-tirib yubordi. Chunonchi, u 0,1x10-18 vatt quvvatga ega bo’lgan eng zaif signalni ilg’ashga qodir asboblarni yaratishning uddasi-dan chiqdi. Ikkinchi tomondan esa kosmik qudratga ega vodorod bombasini barpo etdi.
Bunday mislsiz kashfiyotlarning qilinishiga eng avvalo ilmiy informatsiyalar hajmining kengayib borishi zamin tayyorladi. D.Praysning hisob-kitoblariga qaraganda, 1665 yilda jahonda atigi 1ta ilmiy jurnal chop etilgan bo’lsa, 1750 yilda 10 ta, 1800 yilda 100 ta, 1850 yilda 1000 ta, 1900 yilda 10 mingta, 1960 yilda 100 mingta jurnal nashr qilingan.(30,95) Bugungi kunda ularning soni millionga yaqinlashib qoldi.
Faqatgina 1860-1960 yillarda tabiatshunoslik fanlariga doir 6 milliondan ortiq ilmiy publikatsiyalar yaratildi. E‘-tiborli joyi shundaki, ana shu publikatsiyalarning teng yarmi 1946-1960 yillarda dunyoga kelgan.(26,41) Ko’rinib turibdiki, XIX asrning oxiri – XX asrning birinchi yarmida ilmiy in-formatsiyalar hajmi geometrik progressiya asosida ko’payib bordi. XX asrning birinchi yarmi ilmiy informatsiyalar hajmi har 13,5 yilda ikki barobar oshib borgan bo’lsa, XXI asr ara-fasiga kelib har 2-3 yilda 100 foizga ko’paya boshladi.
Ilmiy bilimlarning kommulyativ taraqqiyoti fan va tex-nikani qudratli ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirdi. Buning natijasida ilmiy-tadqiqotlarga jalb etilgan kishilar soni ortib bordi. Ushbu tendentsiyaning ijtimoiy voqelikka ta‘siri o’sib borishini o’ttizinchi yillardayoq Dj. Bernal bashorat qil-gan edi.(29,242) XX asrning 60-yillariga kelib, uning basho-rati to’liq ruyobga chiqdi. Bugungi kunda birgina zbekistonda «ilmiy-tadqiqot majmui akademiya, oliy o’quv yurtlari va tarmoq yo’nalishidagi 362 muassasani, shu jumladan 101 ilmiy-tadqiqot institutini, oliy o’quv yurtlaridagi 55 ilmiy-tadqi-qot bo’linmalarini, 65 loyiha-konstruktorlik tashkilotini, 32 ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va tajriba korxonalarini, 30 axborot-hisoblash markazini o’z ichiga oladi.» (14, 260-261) Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi band bo’lib, shulardan 2,8 minggi fan doktorlari va taxminan 16,1 minggi fan nomzodlaridir.(14,261) Mamlakatimizda qariyb 4 ming aspi-rant ilmiy-tadqiqot ishlari bilan band.(8,36)
Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ajratilgan mablag’lar miq-dori ham orta bordi. Masalan, 1971 yilda A+SHda ilmiy-tad-qiqotlarga 27,3 mlrd. dollar ajratilgan bo’lsa, GFRda 4 mlrd. dollar, Angliyada 2,6 mlrd. dollar, Frantsiyada 2,8 mlrd. dollar, Yaponiyada 4,8 mlrd. dollar sarflandi.(31,102; 32,812) Yigirma birinchi asr arafasida bu raqamlar bir necha foizga oshib ket-di. Xuddi shunday tendentsiya zbekistonda ham kuzatilmoqda. Chunonchi, zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining ma‘-lumotlariga qaraganda, davlat byudjetining 34,2 foizi ijti-moiy sohaga, xususan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlan-tirishga sarflanadi.(27,18-19) Ayni paytda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini joriy etish uchun davlat byudjetidan 65 mlrd. so’m ajratildi.(15,326) Ana shu mablag’ning salmoqli qis-mi tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yan-gi fundamental va amaliy bilimlarni shakllantirish, zamona-viy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun mo’ljallangan.(8, 51-52)
Bunday sa‘y-harakatlarning pirovard natijasi o’laroq ixtiro va kashfiyotlar miqdori ham orta bordi. Shar yili jahonda uch mingdan ortiq kashfiyotlar qilib borildi. zbe-kistonda qilingan ixtiro va kashfiyotlar besh yo’nalishda ja-hon darajasidagi ilmiy maktablarning shakllanishiga olib keldi: a) matematika, ehtimollar nazariyasi va ijtimoiy jarayonlarni modellash, informatika va hisoblash texnikasi; b) geologik jarayonlarning qonuniyatlari; v) molekulyar gene-tika, gen-hujayra injeneriyasi, biotexnologiya; g) moddalar-ning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarini o’rganish; d) jahon va mamlakatimiz tarixi, zbekistonning madaniy va ma‘naviy merosini, o’zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixiy va hozirgi rivojlanishini o’rganish.(14, 262-266)
Boz ustiga, ixtiro va kashfiyotlarning xalq xo’jaligining turli sohalariga tatbiq etilishi muddati ham keskin qisqarib bordi. Masalan, elektr toki kashf etilgan vaqtdan ilk elek-trostantsiya barpo qilinguniga qadar qariyb yuz yil o’tdi. Mi-neral o’g’itlarning ahamiyati aniqlangan vaqtdan ularning ama-liy faoliyatda qo’llana boshlanguniga qadar 70 yil o’tdi. Yi-girmanchi asr ikkinchi yarmida esa uran yadrosining bo’linishi ixtiro etilganidan so’ng 15 yil o’tar-o’tmas ilk atom elek-trostantsiyasi tashkil qilindi.(16,11) Bizning davrimizga kelib, tranzistorlarning kashf etilishi bilan uni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishi orasidagi interval 3 yilni, Kuyosh ba-tareyasiniki 2 yilni tashkil etdi. Ko’rinib turibdiki, kashfiyotning yaratilishi bilan undan foydalanish boshlangan vaqt orasidagi interval keyingi ikki yarim asr davomida 30 barobarga kamaygan.
Fan va texnikaning bunday taraqqiyoti, uning yutuqlarining xalq ho’jaligi tarmoqlariga zudlik bilan kirib borishi ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishiga olib keldi. Avtomatlashtirish deganda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayo-nining samaradorligi darajasini oshirish, turli xom ashyolar va materiallardan unumli foydalanish imkonini beradigan texnika vositalarini joriy etish jarayoni tushu-niladi. Avtomatlashtirishning rivojlanishi insonning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini batamom tugatmaydi, u xalq xo’jaligining turli sohalaridagi mehnat jarayonini o’zgartiradi, mehnat faoliyatini intellektualizatsiyalashtiradi, xolos.
Avtomatlashtirish jarayoni birinchi navbatda xalq xo’jali-gidagi turli tipdagi mashinalarning ko’payishida namoyon bo’ldi. Bunda bilimlarning differentsia-tsiyasi va integratsiyasi ayniqsa yorqin ifodasini topdi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, bir tomondan, alohida-alohida funktsiyalarni bajaradigan mashinalar soni ko’payib bordi. tgan asrning 1990-yiliga ke-lib birgina zbekistonda 3594 mexanizatsiyalashtirilgan potok liniyalaridan, 496 avtomatlashtirilgan liniyalardan, 2658 kompleksli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan tsexlardan, 262 kompleksli mexanizatsiyalashtirilgan va avto-matlashtirilgan korxonalardan foydalanildi.(18,172) Musta-qillik yillarida ushbu tendentsiya yanada yaqqolroq namoyon bo’la boshladi. Yangi va yangi texnika vositalari ishlab chiqarishga joriy eta borildi. Masalan, zbekiston qishloq va suv xo’jaligi Vazirligi birgina 1999 yilda jami 21,7 milliard so’mlik turli rusumdagi texnika vositalari sotib oldi.(21,12)
Ikkinchi tomondan esa, bir necha funktsiyalarni mustaqil bajaradigan mashinalar yuzaga kela boshladi. Mustaqillik yillarida bozor infrastrukturasining shakllanishi, og’ir sanoatning rivojlanishi, ayniqsa avtomobilsozlikning taraq-qiy etishi ishlab chiqarishda mashg’ul bo’lgan ko’p funktsiyali mashinalar miqdorini oshirib yubordi.
Fan va texnikaning bunday taraqqiyoti insonni butun say-yoraning qiyofasiga ta‘sir eta oladigan geologik qudratga ay-lantirdi. Buning natijasida inson va jamiyatning tabiatga ta‘siri umumbashariy tus oldi, qator umumbashariy, xususan ekologik muammolar yuzaga keldi. Bizning fikrimizcha, ekologik muammoning shakllanishi tabiatda yangi bifurkatsiya holati yuzaga kelayotganidan dalolat beradi. Uning mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: bugungi kunga kelib inson va jamiyat faoliyati tabiatdagi muvozanatning buzilishiga sabab bo’lmoqda. Ekologik muammo quyidagilarda o’z ifodasini top-moqda:
- jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Bu bosqichda insoniyat tomonidan qo’llaniladigan texnika vositalari miqdori shu qadar ko’pay-diki, buning natijasida tabiatning ifloslanishi me‘eri ham behad oshib ketdi. Shu boisdan insoniyatning atrof-muhitni muhofaza qilishga bo’lgan ehtiyoji yil sayin o’sib bormoqda;
-turmush tarzi va halq xo’jaligining turli sohalarida turli texnika vositalari qanchalik ko’p ishlatilgani sari atrof-muhitning ifloslanishi shuncha orta borayotir.
-yaqin kelajakda sodir bo’ladigan «demografik portlash» ekologik muammolarning yanada keskinlashishiga sabab bo’ladi. Demograflarning bashorat qilishlaricha, XXI asr o’rtalariga borib Yerdagi aholi soni 9,4 milliard kishiga yetadi. zbekis-tonda esa aholi 2015 yildayoq 30 millionga yetishi kutil-moqda.(7,49) Sholbuki, sayyoramizda 5,7 milliard kishi, ya‘ni har 1km2 da 57 kishi yashaganidagina uning imkoniyatlaridan maq-sadga muvofiq foydalansa bo’ladi.
-an‘anaviy energetik resurslardan foydalanish kislo-rodning haddan ziyod sarflanishiga va tabiiy muhitning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, ko’mir, gaz va neftning yoqilishi oqibatida atmosferadan 20 tonna kislorod sarf etilayapti, uning o’rniga esa millionlab tonna karbonat angidrid gazi va boshqa zaharli moddalar chiqarilmoqda;
ekologlar ishlab chiqqan tavsiyalar o’zini oqlamayotir.
XXI asrda insoniyatning taraqqiyoti ko’p jihatdan biz yuqorida tilga olgan vazifalarning bajarilishiga borib taqa-ladi.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan xulosa qilsak, XX asr fan va texnika taraqqiyoti asri bo’ldi. Uning kommulyativ taraqqi-yoti insonni qudratli geologik kuchga aylantirdi. Buning oqi-batida insonning tabiatga ta‘siri kuchayib bordi va ekologik muammolarning yuzaga keldi.


4. EKOLOGIK MUAMMONI BARTARAF
ETISH YLLARI


XXI asrda tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirishning muhim omili ekologik muammoni har to-monlama bilish bilan bog’liq bo’ladi. Biroq buning uchun eng avvalo XX asr intihosida «tabiat-jamiyat» tizimidagi munosabatlar tubdan o’zgarganini anglab yetishimiz zarur. tmishda jamiyat va insonning tabiatga ta‘siri lokal xarak-terga ega bo’lgan bo’lsa, ushbu ta‘sir XX asr 90-yillariga kelib global xarakter kasb etdi. Gap shundaki, XX asrning oxirgi o’n yilligiga kelib, mamlakatlar va xalqlar o’rtasidagi ijti-moiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy-madaniy munosabatlar nihoyatda tezlashib ketdi. Fan va texnika taraqqiyoti nati-jasida hosil bo’lgan vositalar insonlararo o’zaro munosabat-lar sifati va chastotasini mutlaqo o’zgartirib yubordi. Buning pirovard natijasi o’laroq umumsayyoraviy tsivilizatsiya shakl-lana boradiki, ushbu tendeniyaning asosini xozirgi zamon ki-shilik jamiyatini birlashtirib turgan iqtisodiy, siyosiy, ma-daniy va kommunikatsion aloqalar tashkil etadi. Zero, aynan ana shu aloqalar umumsayyoraviy tsivilizatsiyaga sistemaviylik va yaxlitlik ato qildi.
Shu sababdan ham har qanday umumbashariy xarakterga ega bo’lgan muammoni, jumladan energetik muammoni bartaraf et-moqchi ekanmiz, masalaga umumashariy tsivilizatsiya nuqtai-na-zaridan yondashmog’imiz zarur. Alqissa, ekologik muammo umum-bashar ahamiyatiga molik muammo ekan, uni faqat umumbashariy tsivilizatsiya ato etgan imkoniyatlar yordamida, umumsayyoraviy jamiyatni shakllantirish yordamidagina bartaraf qilish mumkin.
Ekologik muammoning bartaraf qilinishi fan va texnika taraqqiyoti sharofati bilan yuzaga kelgan universalizatsiya, ma-tematizatsiya, informatizatsiya tendentsiyalariga borib taqaladi. Zero, aynan ana shu tendentsiyalar an‘anaviy ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish uchun shart-sharoit yaratmoqda.
Atrof-muhitga chiqarilayotgan chiqindilar miqdorini ka-maytirish uchun texnika vositalarini universallashtirish zarur. Ma‘lumki, hozirgi zamon tabiatshu-nosligida bilimlar differentsiyasi bilan integratsiyasi orasidagi o’zaro aloqadorlikka alohida e‘tibor beriladi. Shozirgi zamon texni-kasida ham qariyb shunga o’xshash jarayonlar sodir bo’lmoqda. Mashinalar ixtisoslashuvining rivojlanishi turli ko’ri-nishdagi, turli vazifalarni bajarishga moslashtirilgan vositalar miqdorining oshi-shiga olib keldi. Ushbu jarayon mehnatni ijtimoiy taqsimlashning texnik analogi bo’ldi.
Texnika vositalarining universallashtirilishi jamiyat va tabiat orasidagi ziddiyatning oldini olish uchun shart-sharoit yaratadi. Ushbu tendentsiya intihosida turli ko’rinishdagi va turdagi mashinalar o’rnini bir necha vazifani bajaradigan, turli agregatlarni o’zida mujassamlashtirgan universal tex-nika vositalari egallaydi. Oqibatda texnika vositalari miq-dori kamaya, atrof-muhit ifloslanishi me‘eri esa pasaya boradi.
XXI asrda texnikani universallashtirish tendentsiyasi shu paytga qadar mavjud bo’lmagan xususiyatlarni ham qamrab olmog’i lozim. Xususan, texnika vositalarini universallash-tirish jarayonida nafaqat alohida agregatlar yaxlit sistema-larga birlashib boradilar, balki mashinalarni avtomatik boshqarish va muvofiqlashtirish ham konstruktsiyaning o’zidayoq nazarda tutilgan bo’ladi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, o’tgan asrlardagi konstruktsiyalarda alohida agregalarni yagona bir sistemaga birlashtirish nazarda tutilgan, ularni boshqarish masalalari esa keyin hal qilingan bo’lsa, XXI asrda ushbu har ikkala masala mashinani konstruktsiyalash paytida ko’rib chi-qiladi. Buning natijasida, birinchidan, mashinani yaratishda ketadigan material tejaladi, ikkinchidan esa, shu mashinaning atrof-muhitni ifloslantirishi me‘erini aniqlash imkoni tug’iladi.
Albatta, bunday universallashtirishning ob‘ektiv xa-rakterga egaligini e‘tirof etgan holda masalaning sub‘ektiv jihatlariga ham e‘tibor bermoq shart. Universal mashinalarni loyihalashtirish, ularning tejamkorligini ta‘minlash uchun eng avvalo amaliy xarakterga ega ilmiy tadqiqotlarning moliyaviy asoslarini mustahkamlash zarur. Bunda nafaqat dav-lat byudjetidan ilmiy-tadqiqot institutlariga ajratila-digan mablag’lar, balki universal mashinalarning ishlab chiqa-rishga joriy etilishidan ham moddiy, ham ma‘naviy manfa-atdor korxonalar ajratadigan mablag’lar, turli umumbashariy, jumladan ekologik muammolarning yechimi ustida bosh qotiri-shi zarur bo’lgan xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomo-nidan belgilanadigan grantlar nazarda tutilayotir. Shu tarz-dagi moddiy baza negizida sodir bo’lgan universallashtirish tabiat va jamiyat o’rtasidagi ziddiyatning bartaraf qilini-shiga zamin tayyorlaydi.
Biroq o’sha ziddiyatning bartaraf etilishi hali ekologik muammoning yechimi degan gap emas. Bugungi kundagi fan va tex-nika taraqqiyotining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, yi-rik iqtisodiy samara nafaqat kashfiyotlarga, balki texnologik sxemalar hamda xisob-kitob texnikasining takomillashtiri-lishiga bog’liq. Universal mashinalarni kashf etishning o’zi kifoya emas, ularning tabiatni ifloslantirishi me‘eri ham turli matematik uslublar yordamida dasturilavvaldan hisoblab chiqilishi lozim. Shu sababdan XXI asrda ekologik muammoning bartaraf etilishi nafaqat universalizatsiya, balki matemati-zatsiya tendentsiyasiga ham borib taqaladi.
Hozirgi zamonda loyihalashtirish masalalari qanchalik muhim bo’lsa, ularning parametrlarini hisob-kitob qilish metodikasi ham shunchalik muhim ahamiyat kasb etayotir. Texnika vositalarining parametrlarini hisoblash metodikasini atigi 10 foizga takomillashtirsak, tabiatning ifloslanishi me‘e-rini 12-15 foizga kamaytirgan bo’lamiz. Demak, bugungi kunda texnika vositalarining parametrlarini hisoblash metodikasi ekologik muammoni bartaraf etish manbaiga aylanmoqda.
Matematizatsiya tendentsiyasining ekologik muammoni hal etishdagi muhim ahamiyatini e‘tirof etar ekanmiz, matematika imkoniyatlarini to’g’ri, xolis baholay bilishimiz darkor. Albatta, gap ekologik muammoni faqat matematika va hisoblash texnikasi yordamida hal qilish haqida ketayotgani yo’q. Gap texnika vositalarining turli xususiyatlarini hisob-kitob qilgan holda atrof-muhitning ifloslanishi me‘erini kamaytirish imkonini beradigan matematik nazariyalar, uslub va usullar ishlab chiqish xaqida borayotir.
Bugungi matematika bunday samarali uslublardan bir nechtasini taklif etmoqda. Masalan, R.A.Zohidov tomonidan ilgari surilgan elektrostantsiyalar foydali ish koeffitsien-tini aniqlash uslubini olaylik.(13, 30-33) Ushbu uslub yorda-mida universal mashinalarning barqaror faoliyat ko’rsatishi darajasini aniqlasa bo’ladi. Barqaror faoliyat ko’rsatadigan texnika vositasining tabiatni ifloslantirishi darajasini hisoblab chiqish esa mushkuli kushod emas. Natijada universal mashinalarning turli parametrlarini takomillashtirish orqa-li atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyati yuzaga keladi.
Ekologik muammoning bartaraf etilishi uchinchi tendentsiya, informati-zatsiya bilan ham bevosita bog’liq. Bugungi kunda in-soniyat hayotini saqlab qolish imperativi agroneolitik va in-dustrial taraqqiyotdan ijtimoiy rivojlanishning noan‘ana-viy strategiyasiga o’tishni talab qilmoqda. Ushbu strategiya yangi informatsiyalar ishlab chiqarish va tarqatish bilan bog’liq. Bu-ning natijasida yangi ijtimoiy tartib yuzaga keladiki, uni iqtisodchi olim F.Mashlup «informatsion jamiyat» deb ataydi.
Informatizatsiya tendentsiyasi xaqida fikr yuritganda nafaqat informatsiyalarga bo’lgan ehtiyojning o’sib borayotgani, balki informatsiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ortayotgani ham nazarda tutiladi. Darxaqiqat, informatsiya o’zga ne‘mat va qadriyatlardan-da qadrliroq bo’lib borayotir. Kompyuterlashtirish tendentsiyasi, yangi informatsion texnolo-giyalarning vujudga kelishi informatsiyalarning qadrini yanada oshirmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ish bilan mashg’ul aholining 80 foizi turli informatsiyalarni o’zlashtirish bilan mashg’ul.(25,6) Ko’rinib turibdiki, informatsiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati mutassil oshib borayotir.
Bunday sharoitda ekologik muammoni bartaraf etish uchun zudlik bilan jamiyatni ekologik vaziyatga doir informatsiyalar bilan ta‘minlash, ya‘ni ekologik informatsiyalar bankini vu-judga keltirish zarur. Buning uchun esa oshkoralik printsip-lariga rioya qilmoq, uni ekologiya sohasiga tatbiq etmoq kerak. Oshkoralik bo’lmas ekan, ekologik muammoning asl tabiati, uni bartaraf etish yo’llari, uslublari va usullari xususida sama-rali mulohaza yuritib bo’lmaydi. Vujudga kelgan vaziyatdan qu-tulishning yagona yo’li terroristik informatsiya va dezinfor-matsiyadan foydalanishning, informatsiyaning soxtalashtirish-ning oldini olgan holda gumanistik va progressiv xarakterga ega bo’lgan informatsiyalarning erkin va oshkora tarqatilishi uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Bunday imkoniyatning yuzaga kelishi turli mintaqalardagi ekologik vaziyat to’g’risida, ekologiyaga doir ilmiy-tadqiqot ishlari haqida haqqoniy va xolis tasavvur hosil qilishda qo’l keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ekologik muammoning bartaraf etilishi insoniyatning XXI asrdagi muhim vazifala-ridan biriga aylanmoqda. Chunki kishilik jamiyatining kel-gusidagi taraqqiyoti aynan ana shu muammoning hal qilinishi bilan bog’liq. Buning uchun fan va texnika taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan universalizatsiya, metematizatsiya, informatizatsiya tendentsiyalari yaratayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz zarur.


Adabiyotlar:
1.Falsafa. Q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2005, 160-168-betlar.
2.Filosofiya. Pod red. V. P. Koxanovskogo. Rostov-na-Donu, 1999, s. 240-262.
3.Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999, 235-246-betlar.
4.Osnovo’ filosofii. Pod red. M. Axmedovoy i V. Xana. Toshkent,1998, s.248-252.
5.Rahimov I. Falsafa. Qiskacha konspekt. Toshkent, 1998, 79-82-betlar.
6.To’lenov J.T., G’afurov Z.G’. Falsafa. Toshkent, 1997, 130-175-betlar.
Download 29.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling