Табиий ва аниқ фанлар таълими кафедраси ўқитувчиси У


Download 39.5 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1088817
Bog'liq
Ochiq dars bayonnomasi Ulashev A


“Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi o‘qituvchisi Ulashev Asror Nasriddinovichning 10.11.2022 yil 130-20 guruhda
“DES algoritmining kriptografik almashtirishlari” mavzusidagi
ochiq darsi muhokamasi yig‘ilishining

B A YO N I


10. 11. 2022 yil Jizzax shahari

K U N T A R T I B I:


1. 10.11.2022 yil o‘tkazilgan “DES algoritmining kriptografik almashtirishlari” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi.
Qatnashdilar: “Amaliy matematika” fakulteti dekani Aliboyev S.X., “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedras katta o`qituvchisi O.A.Kayumov, katta.o‘qituvchisi., X.A.Umarov, katta.o‘qituvchisi., D.M.Jomurodov, Stajyor-o‘qituvchi., A.X.Tojiev,.
Ushbu masala yuzasidan so‘zni kafedra mudiri A.Abdumalikovga berildi. Dars unga qo‘yilgan talablarga ko‘ra metodik va didaktik nuqtai nazaridan to‘g‘ri boshlandi. Darsning tashkiliy qismi o‘tkazildi, o‘tgan mavzuni mustahkamlash maqsadida tarqatma materiallar asosida qisqacha savol-javob mashqi o‘tkazildi va o‘rganiladigan yangi mavzu rejasi slaydlar orqali elektron variantda ko‘rsatildi.
A.N. Ulashev tomonidan dars jarayonida DES algoritmining kriptografik almashtirishlari haqida ma’lumotlar berildi va mavzuga oid masalalar ishlab ko‘rsatildi. Mazkur fanga talabalarni qiziqtirishda yangi pedagogik texnologiyalar, jumladan, mashg‘ulotlarda dasturlardan foydalanishning afzalliklari namoyish etildi hamda elektron dars ishlanmasining qulayliklari namoyish etildi, slaydlar orqali mavzuning asosiy qismlari ekranda va doskada talabalarlarga tushuntirildi. Bundan tashqari interfaol usulni qo‘llash orqali talabalarga tarqatma materiallar yordamida nazariy bilimlar va qator tushinchasini boshqa fanlardagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Nazariy bilimlar bir qancha misollarda mustahkamlab borildi. Darsda faol qatnashgan talabalar baholanib borildi.
Tahlilda keyingi so‘zlar “Amaliy matematika” fakulteti dekani S.X. Aliboyev,“Kompyuter ilmlar va dasturlashtilish” kafedrasi katta o`qituvchisi X.A.Umarov, Stajyor-o‘qituvchi., A.X.Tojievlarga berildi. Ular tomonidan ham o‘tilgan dars bo‘yicha mulohazalar aytildi va ijobiy munosabatlarini bildirildi hamda darsni tashkil qilinishi hozirgi zamon talablariga to‘liq mos kelishini ta’kidlashdi.
Shularni hisobga olgan holda kafedra yig‘ilishi
QAROR QILADI:
1. Kafedra o‘qituvchisi A. N. Ulashevning “DES algoritmining kriptografik almashtirishlari” mavzusidagi “Ochiq darsi” yaxshi o‘tildi deb topilsin.

Yig‘ilish raisi: A.A.Abdumalikov


E ‘ L O N!

2022 YIL 10 - OKTABR KUNI 130-20 AX GURUHIDA KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH KAFEDRASI O‘QITUVCHISI ULASHEV ASROR NASRIDDINOVICHNING “DES ALGORITMINING KRIPTOGRAFIK ALMASHTIRISHLARI” MAVZUSIDAGI OCHIQ DARSI BO‘LIB O‘TADI.


DARSGA BARCHA QIZIQUVCHI PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR VA TALABALAR TAKLIF ETILADI.


Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling