R e j a: Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish. O’rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo’ljalga olishga o’rgatish. Katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish


Download 151 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi151 Kb.
#242516
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-seminar Egamberdiyeva Maftuna


5-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirishga doir ijodiy mashg’ulotlarni tashkil etish.

R E J A:

1.Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish.

2.O’rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo’ljalga olishga o’rgatish.

3.Katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish.

4.Tayyorlov guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish.

1.Kichik guruhda bolalarni fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish



Tevarak-atrofda mo’ljal olish. O’ng va chap qo’lni farqlay olish va aytishni, predmet (o’yinchoq) larni o’ng qo’l bilan chapdan o’ng ga qo’yishni o’rgatish.

Bolalarni predmetlarning o’ziga nisbatan joylashishini aniqlashga, “yaqin-uzoq”, “tepada-pastda”, “orqada-oldinda” so’zlarni aytishga va nutqda to’g’ri qo’llashga o’rgatish.



Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda “o’ziga” nisbatan o’ng, chap, yuqori tomonlarni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “o’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng-chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik to’ldiradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi. Bolaning o’ziga nisbatan mo’ljal olishi dasturning yangi vazifasiga - boshqa odamga, buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish vazifasiga - o’tish uchun zarur asos bo’ladi. Ammo boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish faqat o’z gavdasi sxemasiga bilgandagina mumkin bo’ladi. Bola xayolan bu sxemani boshqa ob’ektlarga nisbatan ko’chiradi va o’xshashlik bo’yicha uni boshqa odamdan va buyumlardan ajratadi. Masalan, bolalar o’yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol xarakat qilishadi. Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e’tiborini xarakterli detallarga qaratadi. Masalan, mashina qaralayotgan bo’lsin; oldinda kabina, orqada quzov, pastda oldingi va keyingi g’ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil ravishda detallardan (qismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya’ni ob’ektning fazoviy buyumlarini (ustida-ostida, tagida-yukorisida, oldidan-orkasidan, bir tomoni - yon tomonidan va ikkinchi tomonidan) uzlashtirish imkonini beradi. Bolalar xali ob’ektning o’ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi; bu murakkab malaka maktabgacha katta yoshda o’zlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy xarakteristikasini tushunish qisman o’zlashtiriladi. U xolda, deb suraladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish zarurmi? “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishning uzi yetarli bulishi mumkinmi?

Gap shundaki, tevarak-atrofimiz, ya’ni atrofimizdagi fazo, odamlar, xar xil buyumlar to’plami to’lib-toshib yotibdi. Mana shu fazoda mo’ljal olish ularning xar xil parametrlarini, jumladan, “oldidan”, “orqasidan”, “yonidan”,

“ustidan”, “ostidan”, keyinroq buyumning “chap” yoki “o’ng” tomoni kabi parametrlarini xisobga olish majburiyatini yuklaydi. Oldin o’ziga, so’ngra boshqa odamga, buyumlarga nisbatan qarama qarshi tomonlarini ajratish, birinchidan, istiqbolda bolaning faqat “o’ziga” nisbatangina emas, balki boshqa ob’ektlarga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish malakasini egallashni ta’minlaydi.

Kichik guruhda bolalarni vaqt bo’yicha mo’ljalga olishga o’rgatish


Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling