Tabiiy geografik jarayonlar mavzu: Materik muzliklari bilan bog’liq holda shakllanadigan tabiiy geografik jarayonlar


Download 372.41 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi372.41 Kb.
#1497808
Bog'liq
Tabiiy geog Quysinov Mehrojbek 201-g

TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR MAVZU: Materik muzliklari bilan bog’liq holda shakllanadigan tabiiy geografik jarayonlar.

Quysinov Mehrojbek 201-guruh

REJA: 1. Muzliklar haqida ma’lumot 2. Muzliklarda suv resurslari

Muzlik yillab, asrlab qor yigʻilishi uning ablatsiyasidan (erish va sublimatsiya) oshib ketgan yerlarda shakllanadigan doimiy katta muz jismidir. Muzlik yuzasi kamida 0.1 km², qalinligi esa 50 m boʻladi, u bunday vazn ostida asta-sekin deformatsiyalanadi va oqadi, unda darz va teshiklar paydo boʻladi. Muzlik oqishi natijasida kar va morenalar yuzaga keladi. Muzliklar quruqlikda vujudga keladi, suv havzalaridagi katta muz boʻlaklari esa dengiz muzi deyiladi. Muzliklarni oʻrganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzliklar global kriosfera uchun muhimdir.

  • Muzlik yillab, asrlab qor yigʻilishi uning ablatsiyasidan (erish va sublimatsiya) oshib ketgan yerlarda shakllanadigan doimiy katta muz jismidir. Muzlik yuzasi kamida 0.1 km², qalinligi esa 50 m boʻladi, u bunday vazn ostida asta-sekin deformatsiyalanadi va oqadi, unda darz va teshiklar paydo boʻladi. Muzlik oqishi natijasida kar va morenalar yuzaga keladi. Muzliklar quruqlikda vujudga keladi, suv havzalaridagi katta muz boʻlaklari esa dengiz muzi deyiladi. Muzliklarni oʻrganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzliklar global kriosfera uchun muhimdir.

Muzliklarni o'rganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzlik — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hozirgi vaqgdagi M.lar maydoni 16,1 mln. km² dan ortiq (qarang Muzliklar). M.lar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ M. va tekislik M.ga boʻlinadi. M. ni-shab tomonga surilib turadi. 1 ° qiyalikda yerda M. siljishi uchun kalinligi 55–60 m boʻlishi kerak. 45° qiyalikda 1,5–2 m kalinlikdagi muz siljiydi.
Muzliklar Yerdagi eng katta chuchuk suv zahiralaridir, ulardagi suv dunyo aholisining uchdan bir qismiga yetadi.[3] Aksariyat muzliklar suvni bir fasl davomida saqlab, boshqa faslda erib chiqaradi, bu erigan suv oʻsimlik va hayvon dunyosi uchun kerakli suv manbaidir. Muzliklar yogʻin, harorat va bulut qatlami kabi uzoq vaqtli iqlim oʻzgarishlariga sezgir boʻlib, iqlim oʻzgarishidan xabardor etadi va dengiz sathi oʻzgarishiga hissa qoʻshadi.
Muzlik morfologik jihatdan 3 turga: yer usti muzligi, togʻ muzligi va qirgʻokdagi dengizga tomon yastanib yotgan shelf turidagi muzlikka boʻlinadi. Togʻ muzligining yiriklari: Alyaskadagi Bering (170 km), Pomirdagi Fedchenko (77 km), Qoraqurumdagi Siachen (75 km) va boshqa Eng yirik togʻ muzligi Oʻrta Osiyo togʻlarida. Yer yuzidagi M.ning umumiy maydoni 16,1 mln. km² dan koʻproq (quruklikning taxminan 11%), hajmi taxminan 30 mln. km3. Shundan 15 mln. km² kugb muzligi hisoblanadi.
M. chuchuk suv manbai hisoblanib, ayniqsa, qurgʻoqchil rayonlarda (mas, Oʻrta Osiyoda) katta ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo togʻlarida 7000 gayaqin kattakichik M. bor. Ularda taxminan 2000 km3 suv boʻlib, u Oʻrta Osiyo daryolaridan deyarli 12 yil davomida oqadigan suv miqdoriga teng. Oʻzbekistondagi koʻpgina yirik daryolar, mas, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Soʻx va boshqa M.dan boshlanadi va respublika xalq xoʻjaligidagi shirkat va dehqon fermer xoʻjaliklari yerlarini.suv bilan taʼminlashda katta ahamiyatga ega.
Tyanshanda 8622 km², Pomirda 8400 km², Kata Kavkazda 1430 km², Frans-Iosif yerida 13735 km², Novaya Zemlyada 22423 km². Severnaya Zemlyada 12472 km², Kamchatkada 866 km², Oltoyda 800 km² dan koʻproq muzlik bor. Muzliklar chuchik suv manbai hisoblanib,ayniqsa qurg'oqchil rayonlarda (mas,O'rta Osiyoda) katta ahamiyatga ega
M.dagi suv resurelaridan toʻgʻri va ratsional foydalanish uchun muzlik rejimini, tashki va ichki jarayonlarini bilish lozim. Bu ishlar bilan asosan, glyasiologiya fani shugʻullanadi. Oʻrta Osiyodagi M., asosan, Oʻzbekiston FA, Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya instituti va qoʻshni mamlakatlar ilmiy markazlari tomonidan oʻrganilmoqda.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 372.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling