1. Tabiatda suv va uning ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasida umumiy suv resurslari


Download 55.53 Kb.
bet1/8
Sana13.11.2023
Hajmi55.53 Kb.
#1771765
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-ma`ruza


10.MAVZU. GIDROSFERA. TABIATDA SUVNING ROLI VA AXAMIYATI.

1. Tabiatda suv va uning ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasida umumiy suv resurslari


2. Gidrosfera ifloslanishi
3. Chuchuk suv tanqisligi va muammosi
4. Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo‘layotgan asosiy muammolar
5. Oqava suv tushunchasi
Tayanch so‘z va iboralar – gidrosfea, geologik, biologik, areallar, Golfstrim issiq oqim, tabiiy, antropogen, radiaktiv ifloslanish, evtrofikatsiya, albedo, Lvovich tadqiqoti, konvertatsiya, oqova suv, texnologik suv, energetik suv, fekak, ekstrant, absorbent, kondensator, organaleptik, mexanik, termik, rekuperasion, destruktiv, suspensiya, emulsiya, gidromexanik, markazdan qochma, koagulatsiya, flokulyatsiya, flotatsiya, adsorbsiya, ionalmashish, ekstraksiya, rektiflkatsiya, bugʻlantirish, distillatsiya, kristallizatsiya, desorbsiya.


1. Tabiatda suv va uning ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasida umumiy suv resurslari


“Gidro” (grekcha) – suv, “sfera” - qobiq – Yer sharining suvli qobig‘i. Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig‘i bo‘lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera Dunyo okeanidan tashqari quruqlikdagi daryolar, ko‘llar, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘idan, tuproqdagi namlikdan, va yer osti suvlaridan tashkil topgan. Dunyo okeani yer kurrasi umumiy maydonining (510 mln2 km) 361 mln km2 ni yoki 71% ini egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln2 km, yoki uning 29%ini tashkil etadi. Quriqlik barcha ichki suv havzalarining yig‘indi maydoni uning umumiy maydonining 3% dan kamrog‘ini, muzliklar esa taxminan 10% tashkil etadi. Yer sharining suv zahiralarining 98% dan ko‘pi – okean, dengiz va ko‘llarning sho‘r suvlari. Chuchuk suv zahiralari 28,25 mln km3 ga teng, bu gidrosferaning 2% tashkil qiladi. Chuchuk suvlarning asosiy qismi muzliklarda joylashgan. Bu suvlardan juda kichik miqdorda foydlanadi. Iste’mol uchun yaroqli suvlarning miqdori 4,2 mln km3 yoki umumiy gidrosfera zahiralarning 0,3% ini tashkil qiladi.
Suv qobig‘ining paydo bo‘lishi va shakllanish jarayoni uzoq muddat davom etgan. U Yer mantiyasini degazatsiyasi hisobiga yuz bergan. Bu jarayon hozirgi davrda ham davom etmoqda. Yerda suvning paydo bo‘lishini ta’minlovchi manba ‒ mantiyani suv hajmi 20 mlrd. km3 miqdorda baholangan (Vinogradov,1963 y). U gidrosfera umumiy hajmidan 15 marta katta. Ba’zi bir tasavvurlar bo‘yicha mantiyaning degazatsiyasi hisobiga gidrosfera hajmi yiliga 1 km3 ga yaqin ko‘payarkan. Sayyoramizda suvning kelib chiqishi haqida yagona tan olingan nazariya yo‘q, lekin u haqida bir necha farazlar mavjuddir. Olimlar taxminicha bu jarayonlar deyarli 5 mlrd yil muqaddam tugagan va natijada sayyoramizdagi suv zahiralari quyidagi miqdorda hosil bo‘lgan.
10.1-jadval

Download 55.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling