Tadbir bayonnomasi


Download 16.83 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi16.83 Kb.
#1456512
Bog'liq
Tadbir bayonnomasi


Tadbir bayonnomasi
Quva tumani XTB ga qarashli DIAMOND VALLEY xususiy maktabi 2022-yil 26-Dekabr kuni o’tkazilgan "Besh tashabbus – Besh imkoniyat" mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda maktabning barcha O’quvchilari hamda barcha fan o’qitivchilari qatnashdilar.
Tadbir tashkilotchisi: O. Xakimov
Yordamchilar: H.Nazirov, I. Karimov, O. A’zamov
Kun tartibida:
1. DIAMOND VALLEY xususiy maktabi hamda o’qituvchilari bilan hamkorlikda “Besh tashabbus – Besh imkoniyat” mavzusida o’tkazilgan tadbirning muhokamasi.
Eshitildi.
Kun tartibidagi tadbir yuzasidan maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Mavlonov ustoz so’z oldi:” Tadbirni o’quvchilar juda yaxshi she’rlar, qo’shiqlar ijro etishdi, maroqli dam oldik. Kelajakda mana shu o’quvchilarimiz ichidan buyuk olim-u ulamolar yetishib chiqishiga tilakdoshmiz. Tadbir juda yaxshi o’tdi.
Maktabning biologiya fani o’qituvchisi I. Karimov so’zga chiqdi:
”Mana bugun "Besh tashabbus – Besh imkoniyat" bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik, tadbirga o’quvchilar rosa tayyorgarlik ko’ribdilar, mehnat qilibdilar, ayniqsa 10-“B” va 8-“A” sinflardagi Xayitova Guli va Ibragimov Jamshid , O’razmetova Yaqutjon sahna ko’rinishdagi ustozlik rollarini juda maromiga yetkazib o’ynaganlari juda menga yoqdi. Tadbir juda yaxshi o’tdi. ”Tadbirda yana boshqa fan o’qituvchilar ham o’zlarining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar. Yuqoridagi masala yuzasidan tadbir qaror qiladi:
1.Maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’ycha direktor o’rinbosari B.Mavlonov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 10-“B”va 8-“A”-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan "Besh tashabbus – Besh imkoniyat" mavzusida o’tkazilgan tadbir “a’lo” deb topilsin.

Tadbir tashkilotchilari: H.Nazirov, I.Karimov, O.A’zamov va O.Xakimov
Download 16.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling