Tadbir bayonnomasi


Download 37.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1596736
Bog'liq
Tadbir bayonnomasi


Tadbir bayonnomasi
­­­­­­­­­­­­­­­Shahrixon tumani XTB ga qarashli 34 - maktabda 2023-yil 7-mart kuni o’tkazilgan 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan "Ayol borki millat uning naqshidir mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda maktabning barcha pedagog a’zolari hamda barcha fan o’qitivchilari qatnashdilar.


Tadbir tashkilotchisi: F. Xolmatova
Yordamchilar: M. G’aniyeva, E. Abdusalomov. M. Mamajonova


Kun tartibida:

  1. 8-“A”, va 8-“B”-sinf o’quvchilari hamda maktab o’qituvchilari bilan hamkorlikda “Ayol borki millat uning naqshidir!” mavzusida o’tkazilgan tadbirning muhokamasi.



Eshitildi
Kun tartibidagi tadbir yuzasidan maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O. Akmaljonov ustoz so’z oldi:” Hurmatli ayollar! Ayollarimizni qanchalik qadrlasak ham oz,ularga bo’lgan e’tibor bugungi kunda shunday kuchayganki,hatto mana 8-mart kuni ham butun dunyo tomonidan “Xalqaro xotin-qizlar bayrami" deb e’lon qilingan. Mana bugun ayollarimizga bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik. Tadbirni o’quvchilar juda yaxshi she’rlar, qo’shiqlar ijro etishdi, maroqli dam oldik. Kelajakda mana shu o’quvchilarimiz ichidan buyuk olim-u ulamolar yetishib chiqishiga tilakdoshmiz. Tadbir juda yaxshi o’tdi. Maktabning bosh yetakchisi M. G’aniyeva so’zga chiqdi:
“Bugungi tadbirni ko’rib ayollarga berilgan tariflarni eshitib,o’zimiz ham ayol bo’lganimizga yana bir bor zavqlanib quvondim. Ayniqsa o’quvchilarning tayyorlagan sahna ko’rinishlari,ularning rollariga kirishib gaplashishlari menda juda katta ta’surot qoldirdi.”
Maktabning Ingliz tili fani o’qituvchisi SH. Xayitov ustoz so’zga chiqdi:
“Mana bugun ayollarga bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik, tadbirga o’quvchilar rosa tayyorgarlik ko’ribdilar, mehnat qilibdilar, ayniqsa 8-“A” va 8-“B” sinflardagi Qo’chqorboyeva Muxlisa va Mavlonov Diyorbek, Xusanboyeva Ro’zixonlarning sahna ko’rinishdagi ustozlik rollarini juda maromiga yetkazib o’ynaganlari juda menga yoqdi. Tadbir juda yaxshi o’tdi. “Tadbirda yana boshqa fan o’qituvchilar ham o’zlarining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar. Yuqoridagi masala yuzasidan tadbir qaror qiladi:

  1. Maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’ycha direktor o’rinbosari

O. Akmaljonov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 8-“A” va 8-“B”-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Ayol borki millat uning naqshidur” mavzusida o’tkazilgan tadbir “a’lo” deb topilsin.


Tadbir tashkilotchilari: F. Xolmatova
Yordamchilar: M. G’aniyeva, E. Abdusalomov. M. Mamajonova
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling