Tadbirkorlik shakllari va tadbirkorlik faoliyati


Download 257.26 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi257.26 Kb.
#1127859
Bog'liq
Innavatsion tadbirkorlikning mohiyati va shakllari

Innavatsion tadbirkorlikning mohiyati va shakllari

Reja:

  • 1.Tadbirkorlik turlari va shakllari
  • 2.. Tijorat tadbirkorligi
  • 4. Moliyaviy tadbirkorlik
  • 5.Imtensib tadbirkorlik ,

Tadbirkorlik turlari va shakllari

  • Barcha ko‘rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo‘yicha. Bulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Turi yoki qo‘llanilishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo‘linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
  • Bu borada, odatda, muhim tadbirkorlikka oid qarorlar (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish) har doim oliy boshqaruvchilar tomonidan qabul qilinsada, bu quyi guruhlar albatta, ishtirok etadi.

Tijorat tadbirkorligi

  • Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanuvchi-larning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog‘liqdir.
  • Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko‘rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan bo‘ladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar.

INNOVATSION TADBIRKORLIKNING MOHIYATI

  • Innovatsion tadbirkorlik - bu tijorat faoliyati turi bo'lib, maqsadi - milliy iqtisodiyotning barcha jabhalarida texnik va texnologik innovatsiyalarni yaratish va innovatsiyalarni tarqatish orqali daromad olishdir.
  • Oddiy tadbirkorlikdan farqli o‘laroq, yangi texnologiyalarni yaratish, boshqaruvning yangi shakllarini qo‘llash, yangi mahsulotlarni yaratish kabi yangi usullarni qo‘llash innovatsion tadbirkorlikka xosdir.
  • Tadbirkor va innovatorning vazifasi ishlab chiqarishning yangi texnologik imkoniyatlarini o‘zlashtirib, boshqalardan farqli mahsulotni ishlab chiqishdir.
  • Tovar birjalari Korxonaning innovatsion loyihasi uchun moliyalashtirishning umumiy hajmi quyidagi manbalardan iborat : - Korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar; - Modernizatsiyalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ilg‘or texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish xarajatlarini moliyalashtirish mablag‘lari; - Rivojlanish davrida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni qoplash vositasi; - Banklarning uzoq muddatli kreditlarini qaytarish, shuningdek, ularga foizlar berish. quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi

Taklif qilinayotgan biznes-reja bilan amalga oshiriladigan ichki xo‘jalik mexanizmi quyidagilardan iborat:

  • 1. Bozorni tahlil qilish. Agrosanoat majmui korxonalarining rivojlanish tendensiyalari, potensial raqobatbardoshlar, potensial isge’molchilar.
  • 2. Tadbirkorlik loyihasining mohiyati. qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xizmat turlari, ma’muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari haqida ma’lumotlar.
  • 3. Ishlab chiqarish rejasi. qishloq xo‘jalik ekinlari agro texnikasi, pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo‘jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar.
  • 4. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi mahsulot prognozi, maqsadli ko‘rsatkichlar.
  • 5. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash shakli, ichki xo‘jalik bo‘linmalari va ularning o‘zaro munosabatlari.
  • 6. Xavf-xatarni baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil strategiyalar. :
  • 7. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar, balans, o‘z-o‘zini qoplash nuqtasi, mablag‘lar manbalari va ulardan foydalanish.

Innovatsiyalarni tizimli

  • Innovatsiyalarni tizimli ravishda rag‘batlantirish bo‘yicha bir qancha takliflarni keltirish mumkin. Masalan: yuqori texnologiyali sohalardagi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini (kam stavkalar va soliq ta’tillari) berish, turli soha korxonalarida innovatsiyalarni rivojlantirish uchun intellektual resurslarni shakllantirishga qaratilgan maxsus o‘quv dasturlari va o‘quv muassasalarini yaratish, innovatsiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish uchun vositalarni joriy etish (grant, reyting va boshqalar), korxonalar uchun innovatsiyalarning moliyaviy ta’minot vositalarini shakllantirish (kreditlar, subsidiyalar), oliy o‘quv yurtlari va ta’lim muassasalari negizida ilmiy maktablarni yaratish.

Konsalting xizmati bir marotabalik og‘zaki maslahatlar ko‘rinishida berilishi mumkin. Lekin ko‘p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari ko‘rinishida berilib, o‘zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:


muammolarni aniqlash (diagnostika);
qaror va loyihalar ishlab chiqish;
qaror va loyihalarni amalga oshirish.

Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari

  • Konsalting xizmati bozorining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug‘ullanuvchi firma «o‘z tovarining namunasini», «xizmat namunasini» ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o‘ta muhimdir.
  • Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga: o‘z imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlarni vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan foydalanish kabilar kirishi mumkin.

Download 257.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling