Tadjibaev baxtiyorning


Download 19.88 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi19.88 Kb.
#1416553
  1   2   3   4
Bog'liq
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARII . мустакил иш. Таджибаев Б


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI SIRTQ BO’LIM TJICHAB YO’NALISHI 5-KURS 311-18-GURUH TALABASI
TADJIBAEV BAXTIYORNING
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI” FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Andijon 2023
ASINXRON VA SINXRON DVIGATELLAR
MAVZU:
REJA
1. Aylanuvchi magnit maydon xosil qilish.
2. Asinxron dvigatelning tuzilishi, ishlash printsipi.
3. Sinxron mashinalarning tuzilishi va vazifalari.
4. Sinxron dvigatellar va ularning tavsiflari.
1. Aylanuvchi magnit maydon hosil qilish
Amalda ishlatiluvchi elektr dvigatellarning asosiy qismini asinxron dvigatellar tashkil etadi. Asinxron dvigatelning ishlashi esa uch fazali o‘zgaruvchan tok sistemasi yordamida aylanuvchi magnit maydon hosil qilishga asoslangan. Shuning uchun ham asinxron dvigatellarni ishlashini o‘rganishni, aylanuvchi magnit maydonni o‘rganishdan boshlash, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ko‘p fazali sistemalarda aylanuvchi magnit maydonni hosil qilish italyan olimi G. Ferraris va serbiyalik mashxur elektrotexnik olim N.Tesla tomonidan yaratilgan. Ular bir-birlaridan bexabar, mustaqil ravishda, 1888 yilda ko‘p fazali o‘zgaruvchan tokda yig‘indi magnit maydon aylanuvchan bo‘lishini amalda isbotlab, xozirgi elektr dvigatellarining yaratilishiga asos solishgan.
Uch fazali o‘zgaruvchan tok sistemasida aylanuvchi magnit maydon hosil qilish uchun uchta chulg‘amni fazoda o‘zaro 120° burchak hosil qilib joylashtiriladi va chulg‘amlar uch fazali tokning A, V, S fazalariga ulanadi. Bunda uch fazali tok sistemasidagi kabi fazalar o‘zaro uchburchak yoki yulduz sxemada ulanishi mumkin.
С А В
а b
Asinxron dvigatel statorining uch fazali chulg‘amlari. a-uchta chulg‘am statorda o‘zaro 120° burchak ostida joylashgan, chulg‘amlar yulduz sxemada ulangan, N-chulg‘amning boshlanishi, K-chulg‘am oxirlari; b-stator chulg‘amining umumiy ko‘rinishi
Yig‘indi maydon bitta fazaning maydonidan 3/2 marta katta bo‘lib vaqt bo‘yicha son qimati o‘zgarmas, yo‘nalishi aylanuvchan bo‘lib qoladi.
(1)
(2)
bu yerda p- juft qutblar soni, ya'ni aylanuvchi magnit maydoni hosil qiluvchi uch fazali chulg‘amlarning soni. Agar chulg‘amlar soni 6 ta, ya'ni har bir faza ikkitadan chulg‘amga ega bo‘lsa r = 2, agar chulg‘amlar soni 9 ta, ya'ni har bir faza uchtadan chulg‘amga ega bo‘lsa r = 3 va hokazo. Odatda asinxron dvigatellarda quvvatiga qarab chulg‘amlar 24 tagacha (r = 8) va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Download 19.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling