Tafakkur operatsiyalari va shakllari 403 tna o'rinova parizoda mustaqil ish


Download 4.83 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi4.83 Kb.
#1717061
Bog'liq
tafakkur operatsiyalari


Tafakkur operatsiyalari va shakllari
403 TNA
O'RINOVA PARIZODA
Mustaqil ish

Tafakkur ...

– Inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta’minlovchi umumlashgan hamda mavhumlashgan aks ettirish shaklidir.

Tafakkur turlari...

Hayot mobaynida o’qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g’oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir.

Tafakkur turlari...

Ko’rgazmali-harakat tafakkuri amaliy tafakkurga mohiyatan yaqin bo’lib, uning xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar xususiyatlarini o’rganish, ko’z bilan ko’rib, bevosita his qilish paytidagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi.

Ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.

Tafakkur turlari...

Mantiqiy tafakkur – bu mavhum tafakkur bo’lib, so’zlar, so’zda ifodalangan bilim, g’oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo’lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo’la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o’rganish faqat mavhum, abstrakt tafakkur yordamida mumkin bo’ladi.

Tafakkur turlari...

Fikrlashimizning yana bir turi reproduktiv bo’lib, uning mohiyati – ko’rgan-bilgan narsamizni aynan qanday bo’lsa, shundayligicha, o’zgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi.

Undan farqli produktiv yoki ijodiy tafakkur – fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik, qaytarilmaslik qo’shilgandagi tafakkurni nazarda tutadi.


Tafakkur qilish - operativ jarayondir
Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki birbiri
bilan almashinishi tarzida voqe bo'lmasdan, balki alohida aqliy operatsiyalar
- biz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar (obyektlar)
ustida, biz umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bo'lgan
obyektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo'ladi
Fikrlash operatsiyalari
analiz
sintez
mavhumlash-tirish
taqqoslash
umumlash-tirish
Fikrlash jarayonini ta’minlovchi
operatsiyalar klassifikatsiyasi
Fikrlash jarayonini ta’minlovchi
operatsiyalar klassifikatsiyasi
analiz (fikran narsa va hodisalarga taalluqli sifat va
xususiyatlarni alohida qilib ajratish, tahlil qilish)
1
2
sintez (analiz jarayonida ajratilgan qismlarni yana fikran
birlashtirish, qo’shish)
3
mavhumlashtirish (alohida biror xususiyatni ajratib, boshqa-
laridan fikrni chalg’itish, ayrim xossani mavhumlashtirish)
4
taqqoslash (predmetlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni
fikran bir-biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarini
topish)
umumlashtirish (umumiy va muhim sifatlariga ko’ra
predmetlarni guruhlashtirish, umumiylashtirish)
5
Download 4.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling