Tafakkurli tizimlar qurilmaviy asoslari fanidan


Download 186.4 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi186.4 Kb.
#1271416
  1   2   3   4   5
Bog'liq
korrektor.uz 1678524015 DISK YURUTIUVCHILAR




SHAROF RASHIDOV SAMARQAND DAVLAT
UNIVERSITETI MATEMATIKA FAKULTETI
4-14-GURUH TALABASI QAXXAROV MIRJAXONNING
TAFAKKURLI TIZIMLAR QURILMAVIY ASOSLARI FANIDAN


MUSTAQIL ISH


Mavzu: DISK YURUTIUVCHILAR.


Tekshirdi: ___________________
SAMARQAND 2022

Mavzu: DISK YURUTIUVCHILAR
Reja:

  1. Kompakt disklar uchun disk yurituvchilar

  2. Kompakt-disklar formatlari

  3. CD – RW jamlovchisi

  4. Tasma tortuvchi qurilmalar



Kompakt disklar uchun disk yurituvchilar
CD-ROM (Compact Disk Read-Only Memory – kompakt diskda faqat oʻqish uchun xotira) – bu axborotni optik tashuvchi boʻlib, u faqat maʻlumotlarni oʻqish uchun moʻljallangan. Boshqa CD-R va Cd-RW formatlar maʻlumotlarni kompakt-diskka yozish imkonini beradi, yangi DVD texnologiyasi esa odatdagi optik diskning sigʻimini tubdan orttirishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda CD-ROM jamlovchisi amalda istalgan kompyuterning ajralmas qismidir.
CD-ROMda 650 Mbaytgacha maʻlumot saqlanishi mumkin boʻlib, bu taxminan 333 ming sahifa matn.74 minutli yoʻqori sifatli tovushli eshittirishga yoki ularning kombinatsiyasiga mos keladi. CD-ROM odatdagi tovushli kompakt-disklarga oʻxshash va uni hatto oddiy proigrivatelda ishlatishga urinib koʻrish ham mumkin. Toʻgʻri, bunda siz faqat shovqinni eshitasiz. CD-ROMda saqlanayotgan maʻlumotlarga kirish disketalarga yozilgan maʻlumotlarga kirishga qaraganda tezroq amalga oshadi, lekin baribir bu zamonaviy qattiq disklarga nisbatan sekinroq sodir boʻladi. CD-ROM atamasi kompakt-disklarning oʻziga ham, axborot shu kompakt-disklardan oʻqiladigan qurilmalarga (jamlovchilarga) ham taalluqlidir.
CD-ROM disk yurituvchilarining tuzilishi.
CD-ROM jamlovchilari musiqali disklar proigrivatellaridan asosan elektr signallar kodlarini ochadigan mikroprotsessori bilan farq qiladi. Tovushli proigrivatellarda kompakt-diskka yozilgan raqamli maʻlumotlar stereokuchaytirgichga keladigan anomanli elektr signallarga almashtiriladi. Bunda unchalik katta boʻlmagan xatoliklarga yoʻl qoʻyiladi – asosiysi, ular odam qumanʻi sezgirlik chegaralaridan tashqarida yotsa boʻldi. CD-ROM jamlovchisidan oʻqishda esa xatoliklar boʻlishi mumkin emas. Har bir bit mutlaqo aniq oʻqilishi lozim, shuning uchun CD-ROM diski butun hajmining ancha qismini xatoliklar korrektsiyasi kodlari ( Error Correcting Code -ECC) egallaydi. Ular yordamida koʻpchilik hollarda notoʻgʻri oʻqilgan maʻlumotlarni topish va toʻgʻrilash mumkin, bu esa adashishlar ehtimolligini qoniqarli miqdorgacha pasaytirish imkonini beradi.
Quyida CD-ROM jamlovchisi ishlash algoritmi keltirilgan:

  1. Yarim- oʻtkazgichli lazer (1.1-rasm) kam quvvatli infraqizil nurli generatsiyalaydi, u akslantiruvchi oynaga tushadi.

  2. Servodvigatel oʻrnatma mikroprotsessordan kelayotgan buyruqlar boʻyicha akslantiruvchi oynali harakatlanuvchi karetkani kompakt-diskdagi kerakli yoʻlkaga keltiradi.

  3. Diskdan qaytgan nur disk ostida joylashgan linzada fokuslanadi, oynadan akslanadi va ajratuvchi prizmaga tushadi.

  4. Ajratuvchi prizma akslangan (qattiq) nurni boshqa fokuslovchi linzaga yoʻnaltiradi.

  5. Bu linza qaytgan nurni fotodatchikka yoʻnaltiradi, u yorugʻlik energiyasini elektr impulslariga aylantiradi.

  6. Fotodatchikdagi kelgan signallar oʻrnatma mikroprotsessorda kodi ochiladi va kompyuterga maʻlumotlar shaklida uzatiladi

1.1.CD-ROM jamlovchining tuzilmasi.


Disk sirtiga belgilangan (tushirilgan) shtrixlar turli uzunlikka ega. Qaytgan nur intensivligi oʻzgarib boradi va shu bilan u mos ravishda fotodatchikka kelayotgan elektr signalini oʻzgartiradi. Maʻlumotlar bitlari signallarning yoʻqori va quyi chegaralari orasidagi oʻtishlar kabi oʻqiladi, ular har bir shtrixning boshi va oxiri sifatida yoziladi. Dastur fayllari va maʻlumotlar fayllari uchun har bir bit muhim boʻlganligi sababli CD-ROM jamlovchilarida xatoliklarni topish va korreksiyalashning ancha murakkab algoritmlaridan foydalaniladi. Bunday algoritmlar tufayli maʻlumotlarni notoʻgʻri oʻqish ehtimolligi 11025 ga teng. Boshqacha aytganda, ikki kvadrillion disk bexato oʻqiladi, bu esa balandligi ikki milliard kilometr atrofida boʻlgan kompakt-disklar taxlamiga mos keladi. Bu xatoliklarni korrektsiyalash usullarini amalga oshirish uchun har bir 2048 ta foydali baytga 288ta nazorat baytlar qoʻshiladi. Bu esa haddan tashqari zararlangan maʻlumotlar ketma-ketligini uzunligi 1000 bitgacha xatolik telash imkonini beradi. Xatoliklarni topish va korrektsiyalashning bunday murakkab usullaridan foydalanish, birinchidan, kompakt-disklar tashqi taʻsirlarga ancha sezgirligi bilan, ikkinchidan esa bu kabi tashuvchilar boshidan boshlab aniqligiga talablar yoʻqori boʻlmagan tovush signallarini yozish uchungina yaratilganligi bilan bogʻliqdir.
Kompakt-disklar formatlari.
0 va 1 ikkilik bitlar kompakt-disklarda shtrixlar bilan kodlanadi. Biroq, agar maʻlumotlarni kerakli tarzda tashkil qilinmas ekan, kompakt-diskda saqlanayotgan axborotni tasvirlaydigan ikkilik sonlar majmuasida biror-bir maʻnoni jamlovchi va kompyuter topa olmaydi. Shu sababli maʻlumotlar diskka maʻlum formatga muvofiq yoziladi. Maʻlumotlarni oʻqish jarayonida ular oqimida bitlar kombinatsiyalarining u yoki bu kombinatsiyasi uchraganda, jamlovchi (va kompyuter) diskda axborotning joylashish formati va tuzilmasini taniydi. Agar oʻz vaqtida maʻlumotlarni tasvirlash formatlariga oid standartlar qabul qilinmaganida edi, hozirgi kompakt-disklar sanoati mavjud boʻla olmas edi. Har bir ishlab chiqaruvchi firma oʻzining jamlovchilarini va ularga oid disklarni ishlab chiqaraverar edi, ularning bir-biriga muvofiq kelishi haqida soʻz ham boʻlishi mumkin emas edi, demak, bunday “noyob” buyumlarga talab unchalik yoʻqori boʻlmas ham edi.

Download 186.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling