Ta’lim sotsiologiyasida inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari Jumanazarova Asal Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 3-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti


Download 16.89 Kb.
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi16.89 Kb.
#1751507
  1   2
Bog'liq
inklyuziv


Ta’lim sotsiologiyasida inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari
Jumanazarova Asal
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 3-bosqich talabasi Ilmiy rahbar:
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti, PhD
Tursunov Lochin Erkinovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ta’lim to‘g‘risida yangi qarashlar, xususan, inklyuziv ta’lim haqida tushuncha beriladi. Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko‘zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda emas, balki sog‘lom bolalar o‘qiydigan umumta’lim maktablarida ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi.
Kalit so‘zlar Inklyuziv ta’lim, inklyuziv ta’limning tarixiy bosqichlari, nogironligi bo’lgan yoshlar, inklyuziv ta’limning huquqiy asosi, maxsus ta’lim, umumta’lim, integratsiya.
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan ta’lim tizimini yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob beradigan barkamol inson etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muhim vazifalarni qo‘ymoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, maktablar sharoitini yaxshilash, o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bolalarning dars jarayonini to‘gri tashkillashtirish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasinig ta’lim to‘g‘risidagi (qonunning 20-moddasida – Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.) ta’kidlanishi imkoniyati cheklangan bolalarning ta’limini tashkil etishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.1
Jamiyatning har bir bo’gini bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Insonlarning ong-u tafakkuri o'sha jamiyatdagi ta'lim-tarbiya ishlariga bog‘liq hisoblanadi. Ta'lim sohasida alohida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan ayrim toifalar bor. Bular imkoniyati cheklangan bolalar. Keyingi yillarda xalqaro tashkilotlar va respublikamizda inklyuziv ta'lim qo'llab-quvvatlanmoqda. Ya'ni sog'lom bolalar va imkoniyati cheklanganlarning uyg‘unlikda, bir xil auditoriyada dars olishi tushuniladi. Imkoniyati cheklangan shaxslarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga o‘rgatish, haqiqiy hayotga tayyorlash, sog‘lom insonlar bilan raqobatbardoshlikka o‘rgatish, ularni ham ma’lum maqsad asosida yashashga chorlash inklyuziv ta’limning asosiy maqsadidir.
“Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqlligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir”.2
O‘zbek xalqi azaldan bolajon bag‘rikeng xalq. Mentalitet jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak ham, uyg‘unlikda ta’lim berish chin insoniylikka xos xususiyat. Inklyuziv ta’lim o‘zining huquqiy asoslariga ega hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 50-moddasida “Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi,” – deb ko‘rsatilganligida imkoniyati cheklangan bolalarni huquqqiy jihatdan yana bir bor himoya qilinganini ko‘rish mumkin.
Sog'lom insonlar va imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida farq bo'ladi. Bunda ba’zi mashg’ulotlarda ularning imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratish kerak . Bunda ta’lim muassasasi , tibbiyot xodimlari, ota-ona hamkorlikda ish olib borishi lozim. Masalan, bolalarda musiqaga yoki tasviriy san’atga alohida qiziqishlar kuzatilsa, barcha mas’ullar uning qiziqishlarini yanada rivojlantirishi, kasbga yo‘naltirishga yordamlashishi kerak. Jamoa bilan ishlash, jamoa bilan bahslashish inson tafakkurini kengaytiradi, fikrlarini asoslab berish ko‘nikmasini paydo qiladi. Inson ijtimoiy mavjudot. Shunday ekan , imkoniyati cheklanganlar jamiyatdan uzilib qolish xavfini sezmay, tengqurlari bilan fikr almashib , o'z qarashlarini bemalol bayon eta olishi darkor. Insonda sotsializatsiya jarayoni aynan bolalikdan boshlab ta’lim jarayonida shakllanadi. Keyingi faoliyatlarida rivojlanadi. Inklyuziv ta’lim barcha ta’lim oluvchilarda adolat tuyg'usini shakllantiradi. Barchaga bir xil munosabat, birga ta’lim olish va teng huquqligini ko‘rib o‘sgan bola kelajakda ham tenglik tamoyiliga asoslanib ish qiladi. Sog‘lom insonlarda imkoniyati cheklanganlarga g‘amxo'rlik ko‘rsatish, ularga qanday munosabatda bo‘lish ko‘nikmasi shakllanadi. Sog‘lom bolalar boshqa do‘stlarining jamiyatda ma’lum bir o‘ringa ega ekanligini tushunib yetadi. Ta’lim muassasalari o‘rtasida turli darajalar, turlar va ko‘rinishlarning paydo bo‘lishi tanlash imkonini beradi va shaxsning mustaqilligini, shaxsiy qarashlarining inobatga olinishini, bola uchun nogironligidan qat‘iy nazar o‘zi xohlagan muhitda ta‘lim olish sharoitiga ega bo‘ladi. Psixologik va pedagogik tizim bolaning ta’limini qo'llab-quvvatlash va oilada va ta‘limda birday bo‘lishi kerak.3 Jamiyat qaysidir qatlam insonlari bilan rivojlanmaydi. Agar Spenser jamiyatni yaxlit organizm sifatida bilgan bo‘lsa, o'sha organizmning barcha organlari bir xil rivojlanishi kerak. Demak, ma’lum bir imkoniyati cheklanganlar ham shu jamiyat a’zosi. Ularning taqdiri ham biz qurayotgan jamiyatga bevosita bog‘liq. Inklyuziv ta’limda o‘qituvchi katta mas’uliyat bilan e’tibor beradigan jihatlari bor.
Ispaniya davlatining Salamanka shahrida 1994-yilda 92 davlat va 25 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan butunjahon konferensiyasi ishtirokchilari maxsus ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar, yoshlar va yoshi kattalarga oddiy ta’lim tizimi doirasida ta’lim berish zarur va kerak ekanligini tan olgan holda, barcha uchun maxsus ta’limning tamoyillari, islohotlari bo‘yicha “Salamanka bayonoti” qabul qilingan. Unda hammaga: “Biz barcha davlatlarni chorlaymiz va murojaat qilamiz: inklyuziv ta’lim tamoyilini qonun yoki islohot deb qabul qiling”- deb davat qilingan.4
O‘qituvchi bolalarga topshiriqlar berayotganida ularning imkoniyatlari va bilimiga mos keladigan topshiriqlar berishi kerak va quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

  • Ta’lim jarayonida kimningdir boshqalar tomonidan kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi

  • Bolalarning shaxsiy qiziqishlarini inobatga olib, maxsus to‘garaklarga yo‘naltirishi

  • Ota-ona bilan bevosita aloqada bo‘lib, bolalarning ta’lim jarayonini ikki tomonlama kuzatishi , ya’ni ta’lim muassasasidagi holati va uyga vazifalarni qay darajada bajarishini nazorat qilishi

  • Guruhda o'zaro do‘stona aloqalarni o‘rnatishi

  • Kasbga yo‘naltirishda , kasbiy tayyorgarlikni olib borishda maktab psixologi bilan hamkorlikda ish olib borishi

Imkoniyati cheklangan insonlar bilan intervyu usulidan foydalanib so‘rovnoma o‘tkazib ko‘radigan bo‘lsak, ular inklyuziv ta’lim uy ta’limidan ko‘ra ancha samaraliroq va qiziqarli ekanligini ta’kidlashadi. Jamoadagi do‘stona munosabat ularning darsga bo‘lgan qiziqishini orttirshi o‘zlarining nutqida ham ko‘rish mumkin. Inklyuziv taʼlimning oʻziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va oʻqituvchi bir birlaridan oʻrganishadi hamda muammolarni birgalikda hal etishadi.

Download 16.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling