Tafakkurli tizimlar qurilmaviy asoslari fanidan


Disketning CD-R jamlovchilari


Download 186.4 Kb.
bet2/5
Sana15.03.2023
Hajmi186.4 Kb.
#1271416
1   2   3   4   5
Bog'liq
korrektor.uz 1678524015 DISK YURUTIUVCHILAR

Disketning CD-R jamlovchilari
CD-R (CD-Recordable ) jamlovchilarida (ularni baʻzan CD-WORM (Compact-Disk Write-Once Read-Many deb ataladi) siz oʻzinggizni musiqali kompakt diskingizni yozishinggiz mumkin. Bunday jamlovchilar oʻz maʻlumotlar bazasini kompakt diskda tarqatishdan manfaatdor boʻlgan kichik firmalar uchun juda qulaydir. Yozilgan master diskni koʻpaytirish mumkin. CD-R diski odatdagi diskdan farq qiladi. Uning sirtida oʻyiqliklar kuydirib chiqarilmaydi. Toza CD-R diski odatdagi kompakt diskning alyuminiy qoplamasi kabi qaytaruvchi hossalarga ega boʻlgan boʻyovchi modda qatlami bilan qoplangan va oʻquvchi qurilma undan bitta ham shtrixni topa olishi mumkin emas. Diskka maʻlumotlar yozila boshlanganda lazer nuri oltin qatlami va boʻyovchi modda qatlamini qizdiradi. Qiziganda sirtning baʻzi maydonchalari odatdagi kompakt diskning shisha master diskidagi oʻyiqliklar kabi nur socha boshlaydi. Garchi bu oʻyiqliklar oltin va boʻyovchi modda qiziganda boradigan kimyoviy reaksiya natijasida hosil boʻlgan, kamroq qaytaruvchi “dogʻlar “ boʻlsada, lekin oʻquvchi qurilma bu joylarni oʻyiqliklar kabi qabul qiladi.
CD – RW jamlovchisi.
“Sariq kitobda “ CD – RW standarti aniqlanganidan soʻng bu jamlovchilar CD-R jamlovchilariga ommaviy muqobil boʻlib qoldi. CD-RW diskini bir necha ming marta qaytalab yozish mumkin. CD-RW qurilmalar baxosining doimo pasayib borayotganligi ularni zahira nusxalash, arxivlash va boshqa maʻlumotlarni saqlash vaziyfalari uchun foydalanish imkonini beradi. Yozish sikllari soni CD-RW diskining qaytarish qobilyati bilan cheklanadi. Koʻpchilik standart CD-ROM va CD-R jamlovchilari CD-RW disklarni oʻqib olishmaydi, yangi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar esa oʻz jamlovchilarida istalgan disklar formatidan foydalanishni taʻminlashadi. CD-RW jamlovchilari CD-R disklarni yozishlari va istalgan CD-ROM disklarni oʻqishlari mumkin. CD-RW jamlovchilarning yuqori baxosi ularning beradigan imkoniyatlari bilan toʻla oʻzini oqlaydi.
DVD jamlovchisi.
Kompakt disklarning kelajagi – bu (Digital Versatile disc ) deb ataladigan raqamli universal diskdir. Bu yangi standart boʻlib, u xotira sigʻimini nihoyatda orttiradi, demak, kompakt – disklar uchun foydalaniladigan ilovalar soni ham ortadi. Hozirgi zamon CD-ROM texnologiyasining asosiy muommosi shundaki, u disk xotirasi sigʻimi bilan qatʻiy chegaralangan. CD-ROM diski eng koʻpi bilan 700 Mbayt maʻlumot saqlashi mumkin, garchi bu juda katta hajmli boʻlsa ham, biroq u koʻplab yangi ilovalar uchun yetarli boʻlmas ekan.
Standartga muvofiq DVD disk bir tomonlama, bir qatlamli va 4.7 Gbayt axborotni oʻz ichiga oladi. Yangi disk zamonaviy kompakt disklar kabi diametrga ega, biroq u ikki marta ensizdir (0.6 mm). Yangi diskda, MPEG-2 siqishni qoʻllanib, 135 minutli videoni – uch kanalli sifatli tovushga va toʻrt kanalli subtitrga ega boʻlgan toʻla metrajli filmni joylashtirish mumkin.
DVD jamlovchilarning zamonaviy rusumlari 8.5Gbayt sigʻimli ikki qatlamli DVD disklarni, 9.4 Gbayt sigʻimli ikkitomonli disklarning bir tomonida, va shuningdek, 17 Gbayt sigʻimli ikki qatlamli disklarni qoʻllaydi (muvofiq keladi). DVD- diskning sigʻimini orttirish uchun bunday parametrlarni oʻzgartirish mumkin:


  • Shtrix uzunligini kamaytirish (~2,08x, 0,972 dan 0,4 mkm gacha );

  • Yoʻlkalar orasidagi masofani kamaytirish (~2,16x, 1,6 dan 0,74 mkm gacha );

  • Maʻlumotlar sohasini kengaytirish (~1,02x, 86 dan 87,6 sm2 gacha );

  • Yuqoriroq samarali modulyatsiyani qoʻllanish (~1,06x);

  • Xatoliklar proeksiyasi kodining samaradorligini oshirish (~1,32x);

  • Sektorlarni kamaytirish (~1,06x, 2 048/2 352 dan 2 048/2 060 baytgacha).


DVD-R DVD-R — bu , CD-R kabi bir marta yozish mumkin boʻlgan tashuvchidir. CD-Rga oʻxshash, u maʻlumotlarni arxivlash va distibutivlar yaratish uchun juda yaxshi yechimdir.
Bir tomonlama DVD-R diski 3,95 Gbayt, yaʻni CD-R ga qaraganda olti marta koʻp maʻlumotni saqlash mumkin. Ikki tomonlama DVD-R diski ikki marta koʻp axborotni saqlash mumkin. DVD-R texnologiyasi organik qoplamada foydalaniladi. CD-R dagi kabi, organik qoplama qimmat emas. Pozitsiyalanish aniqligini taʻminlash uchun DVD-R da toʻlqinsimon tarnovli yoʻlkalar usuli qoʻllaniladi, bunga muvofiq, maxsus tarnovli yoʻlkalar diskda zavod sharoyitida gravyura qilinadi (oʻqiladi). Maʻlumotlar faqat tarnovchalarga yoziladi. Tarnovchalar ogʻish chastotasi diskdan axborotni oʻqishda sinxronlovchi boʻladi.Tarnovchalar DVD-RAM ga qaraganda zichroq joylashgan, biroq maʻlumotlar faqat tarnovchalarga yoziladi, maydonchalardan foydalanilmaydi.
DVD-RW DVD-RW standarti DVD Forumga 1998-yilda taqdim etilgan edi. U asosan Pioneer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib fazani oʻzgartirish texnamaniyasiga asoslanadi. U DVD – ROM jamlovchilari bilan DVD-RAM ga qaraganda yaxshiroq moslashuvchandir (birgalikda boʻladi).
DVD-RW jamlovchilari savdoga 1999-yili chiqarildi. DVD jamlovchilarning yangi tiplari CD – R/CD-RW standartlari bilan yaxshiroq moslashuvchan boʻlishiga qaramasdan , DVD qayta yozadigan koʻp sondagi formatlarni muvofiqlashtirish muommosi hozirgacha ochiq qolmoqda.
DVD-RW standarti CD-RW ga oʻxshash, va diskga axborotni yozish va qayta yozish uchun fazani oʻzgartirish texnologiyasiga oʻxshash texnologiyadan foydalaniladi. Bu yozuv usuli koʻp jihatdan DVD- R ga oʻxshash va unda ham toʻlqinsimon tarnovchalarga yozish texnikasidan foydalaniladi. DVD-RW xuddi CD-RW kabi CD-R disklarni oʻqishi va yozishi, shuningdek, DVD-R disklarini oʻqishi va yozishi mumkin. Bundan tashqari DVD-R disklarni modifikatsiyalangan DVD-Video va DVD-ROM jamlovchilarda qayta tiklash mumkin.

Download 186.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling