Tahlil usullari


Download 1.55 Mb.
Sana16.04.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1358415
Bog'liq
Презентация14


Kulometrik
tahlil usullari
Kulonometrik analiz usuli elektrod sirtida oksidlanadigan yoki qaytariladigan elektr aktiv moddaning massasi bilan elektr miqdori orasidagi bog’lanishni ifodalovchi Faradeyning birlashgan qonunlariga asoslangan. Shunga ko’ra kulonometrik tahlil usullari potensiostatik yoki amperostatik (galvanostatik) usullarga bo’linadi. Potensiostatik kulonometriyada ishchi elektrodining potensiali tahlil jarayonida nazorat qilinadi (doimiy saqlanadi yoki biror qonuniyat bo’yicha o’zgartirib turiladi). Galvanostatik kulonometriyada elektroliz davrida ishchi elektrodi va eritmadan o’tuvchi tok kuchi o’zgarmas saqlanadi.
Galvanostatik kulonometriya usuli bevosita galvanostatik kulonometriya, inversion (substexiometrik) kulonometriya, galvanostatik kulonometrik titrlash va elektr gravimetriya usullariga bo’linadi
Potensiostatik kulonometriya bevosita potensiostatik kulonometriya, elektr gravimetriya, ichki elektroliz va potensiostatik kulonometrik titrlash usullariga bo’linadi. Potensiostatik kulonometriya qurilmasining sxemasi quyida keltirilgan:
Kulonometrik asbob va qurilmalar
Kulonometriyada ikkita indikator elektrodi ishlatilib, zaruriy elektr kimyoviy reaksiya sodir bo’lgan elektrod generator elektrodi, ikkinchisi esa yordamchi elektrod deb yuritiladi. Potensiostatik kulonometriyada taqqoslash elektrodi ham ishlatiladi. Generator elektrodi uchun asosiy material sifatida platina, oltin, kumush, simob, grafitdan foydalaniladi. Har bir elektrodni tanlash kuzatiladigan asosiy hodisalar, tahlilning maqsadi, ishlash sharoiti va boshqalarga bog’liq. Elektrodlarning shakli yaproq, tayoqcha, burama si, to’r va boshqa ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin. Grafit elektrodining shakli ko’pincha silindrsimon bo’ladi.
Radiokimyoviy tahlil usullari orasida radioaktivlik tahlil usuli, izotopik suyuqlik usuli, radiometrik titrlash usullari va boshqalar keltirilgan.
Radioaktivatsiya usuli moddalar tarkibidagi aralashmalarning eng kam miqdorlarini aniqlashda yaxshi natijalar beradi. Bu usul aniqlanadigan aralashmalarni yadro reaksiyalari yordamida radioaktiv nuklidlarga aylantirish va ularning aktivligini o’lchashga asoslangan. Bu usulning sezuvchanligi nihoyatda yuqori, selektivligi katta, u bir vaqtning o’zida namunadagi 30-35 elementni aniqlashga yordam beradi. Tahlill uchun ko’p namuna talab etilmaydi. Tahlildan keyin namuna yana ilgarigiday ishlatilishi mumkin.
Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling