Tajriba ishi. Tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligini hisoblash


Download 1.52 Mb.
bet1/39
Sana05.11.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1748787
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
тажриба ишлари


  1. Tajriba ishi.



Tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligini hisoblash.


1. Ishdan maqsad:
1.1. Tajriba o‘tkazish yo‘li orqali tog‘ jinsining hajmiy og‘irligini aniqlash.
1.2. Tajriba jixozlaridan foydalanishning yangi usullarini o‘rganish.


2. Nazariy qism:
Hajmiy og‘irlik deb tog‘ jinslarining tabiiy sharoitda hajm birligidagi og‘irligiga aytiladi.
Tog‘ jinslari tabiiy sharoitda qattiq jins (tog‘ jinsi skleti), g‘ovaklik va darzliklarida suv (suyuqlik) va gaz (havo) lardan tashkil topgan bo‘ladi.
Hajmiy og‘irlik tog‘ jinslarining massivdagi hajm birligidagi og‘irligi bo‘lib, kon massivining yoki ruda tanasining umumiy og‘irligini hisoblashda, kon bosimini hisoblashda, bundan kelib chiqqan holda kon massivining kuchlanganlik holatlarini hisoblashda kerak bo‘ladi.

Hajmiy og‘irlik umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:





bu yerda: xaj hajmiy og‘irlik, Gk, Gc, Gg – tog‘ jinsining qattiq, suyuq va gazsimon fazalari og‘irligi, g, kg, t; Vk, Vc, Vg – tog‘ jinsining qattiq, suyuq va gazsimon fazalari hajmi sm3, m3.

Hajmiy og‘irlik tajriba sharoitida uch xil usulda aniqlanadi:


1. To‘g‘ri geometrik shakldagi namunalarni o‘lchash usuli;
2. Hajm o‘lchagich yordamida aniqlash usuli;
3. Gidrostatik tortish usuli.
Hajm o‘lchagich yordamida aniqlash usuli va gidrostatik tortish usuli aniq usullar bo‘lib ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.


3. Tajribani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va materiallar:

  • Tog‘ jinsi namunasi (namunaning o‘lchami 1 sm3 dan kichik va 4 sm3 dan katta bo‘lmasligi lozim);

  • shtangesirkul;

  • parafin (200 g);

  • parafinni eritish uchun idish va eritish pechkasi;

  • Namunani quritish uchun elektr pechka (2200 Vt);

  • Hajm o‘lchagich (300 ml);

  • stakan-menzurka (200 ml);

  • distillangan suv (1 l);

  • filtrlash qog‘ozi (0,25 m2);

  • 2-3 dona igna (50x1,2 mm)



4. Ishni bajarish tartibi:


4.1 To‘g‘ri geometrik shakldagi namunalarni o‘lchash usuli yordamida hajmiy og‘irlikni aniqlash.

To‘g‘ri geometrik shakldagi namunalarni o‘lchash usuli yordamida hajmiy og‘irlikni aniqlashda namunaning o‘lchamlari shtangesirkul yordamida o‘lchab olinadi. Har bir o‘lchamlarni aniqlash 4 marotaba takrorlanadi. So‘ngra har bir o‘lchamlarning o‘rtacha qiymati aniqlanadi. Hajmiy og‘irlikni aniq hisoblash uchun 0.01 g aniqlikdagi texnologik tarozi zarur bo‘ladi.


Namunaning hajmiy og‘irligi quyidagi formuladan aniqlanadi:


, g/sm3;
Har bir namuna uchun 5 marotaba tajriba o‘tkazilib, natijalar 1-jadvalga to‘ldiriladi


4.2 Namunaning hajmiy og‘irligini hajm o‘lchagich yordamida aniqlash.

Hajm o‘lchagich yordamida aniqlash usuli va gidrostatik tortish usuli aniq usullar bo‘lib ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.


Hajm o‘lchagich yordamida aniqlashda namuna og‘irligi o‘lchab olinib G bilan belgilanadi. Namuna ingichka shoyi ipga bog‘lanib 70-80°S da erigan parafinga botirib olinadi, igna yordamida pufakchalar teshilib havo chiqarib yuboriladi va qayta tarozida tortiladi G1. So‘ngra parafinlangan namuna disterlangan suvga hajm o‘lchagichga botiriladi va suvning hajmi Vsuv aniqlanadi.

Namuna quruq holatda bo‘lganda uning hajmiy og‘irligi quyidagi formuladan aniqlanadi:




, g/sm3;

bu yerda Vn – namunaning hajmi bo‘lib quyidagicha aniqlanadi.




, sm3;
bu yerda Vpar – parafin hajmi bo‘lib quyidagi formuladan aniqlanadi:



Tajriba natijalari quyidagi 2-jadvalga to‘ldiriladi:

1-jadval




t/r

Namunaning shakli

Namunaning geometrik parametrlari

Namunaning hajmi, sm3

Namuna og‘irligi, g

Namunaning hajmiy og‘irligi, g/sm3

izox

Uzun-ligi

Eni

Baland-ligi

Diametri

1




























2




























3




























Namunaning hajmiy og‘irligi


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling