Tarozi toshlari kalibrovkalashdan o‘tkazish bo‘yicha xujjatga binoan, tarozi


Download 33.63 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1798576
Bog'liq
Ezoza




Tarozi toshlari kalibrovkalashdan o‘tkazish bo‘yicha xujjatga binoan, tarozi
toshlarining shartli massasi qiymati aniqlanadi va tarozi toshlari dastlabki,
shuningdek davriy kalibrovkalashda quyidagi operatsiyalar bajarilishi va
quyidagi ketma – ketlikda ko‘rsatilgan xarakteristikali kalibrovkalash vositalari
qo‘llanilishi kerak:
Tashqi ko‘rik.Tashqi ko‘rik davridatarozi toshlariniquyidagi talablarga mos
kelishi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak:
- tarozi toshlarining tashqi qoplamasi sifati, shakli, markirovkasi, komplektligi
va tarozi toshlari yig‘indisini tarkibi GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak;
- g‘iloflar sifati GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak;
- pinset ustida o‘tkir qirralar, tirnalgan joylar va to‘rlanganliklar bo‘lmasligi
kerak;
- tarozi toshlarining yuzasida yoriq joylar, yorilgan joylari, korroziya izlari,
bukilgan joylari, tirnalgan joylar, dog‘lar bo‘masligi kerak.
Tarozi toshlari o‘lchamlarini aniqlash:
- Ishlab chiqarishda chtqarilgan tarozi toshlarining asosiy o‘lchamlari kalibrovka
qilinayotgan partiyaning umumiy sonining 5% ichidan tanlov asosida amalga
oshiriladi.
- Tarozi toshlarining asosiy o‘lchamlari GOST 7328 talablariga mos kelishi
kerak.
Tarozi toshlari yuzasini g‘adir budirligini aniqlash:
- Tarozi toshlarining g‘adir budirligi kalibrovkalanayotgan tarozi toshlari
partiyasidagi umumiy sonining 5% gacha bo‘lgan sonidan tanlov asosida amalga
oshiriladi.
- Tarozi toshlarining g‘adir budirligi GOST 9378 bo‘yicha namuna g‘adir
bo‘dirliligi bilan solishtirish yoki qurollanmagan ko‘z bilan aniqlanadi.
- Tarozi toshlarining g‘adir budirligi GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak.
Tarozi toshi materialining zichligini aniqlash:
- Tarozi toshlari zichligini aniqlash faqatgina E2 aniqlik sinfidagi toshlar ishlab
chiqarishdan chiqarilgandan so‘ng qalibrovkalanayotgan tarozi toshlarining
umumiy sonini 5%da o‘rnatilgan tartib bo‘yicha, tasdiqlangan va
attestatsiyalangan o‘lchashlarni bajarish uslubiyotiga binoan amalga oshiriladi.
- Tarozi toshlarining zichligi GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak.
Tarozi toshlari materiallarini nisbiy magnit singdiruvchanlikka tekshirish:
- Tarozi toshlari materiallarini nisbiy magnit singdiruvchanlikka tekshirishlar
faqat E, F va M aniqlik sinfidagi tarozi toshlari ishlab chiqarishdan chiqgandan
so‘ng o‘rnatilgan tartib bo‘yicha, tasdiqlangan va attestatsiyalangan
o‘lchashlarni bajarish bo‘yicha uslubiyotiga binoan amalga oshiriladi.
141
- Tarozi toshlari materiallarini nisbiy magnit singdiruvchanligi GOST 7328
talablariga mos kelishi kerak.
Kalibrovkalashdagi tarozi toshlarini massasini aniqlash komporator
yordamida solishtirish usuli bilan aniqlanadi. Bunda sxemalar bo‘yicha
almashtirish usuli qo‘llaniladi: AVVA (A – namunaviy, V –
kalibrovkalanayotgan tarozi toshlari yoki kalibrovkalanayotgan tarozi
toshlarining yig‘indisi), AVA va “AVAVA…”, AV1 ..… VnA modifikatsiyalar.
AVVA: A11 - V11 - V21 - A21 - A12 - V12 - V22 - A22 -. . .- A1n - V1n - V2n - A2n
sxemasi
bu erda n– solishtirish sikllarining soni.
AVA: A11 - V11 - A21 – A12 - V12 - A22 - . . .- A1n - V1n - A2n sxemasi
bu erda n– solishtirish sikllarining soni.
AVAVA: A11 - V11 - A21 - V12 - A22 - . . .- A2 n-1 - V1n - A2n sxemasi
bu erda n– solishtirish sikllarining soni.
YUqorida keltirilgan solishtirish sxemalarining qaysi biri qo‘llanilganda ham
komporatorni yuklash vaqt oralig‘i doimo bir xil bo‘lishi kerak bo‘ladi. Taralash
va natijalarni fiksatsiyalashni ko‘rsatkichlarni stabilizatsiyalanishidan so‘ng bir
xil vaqt ichida amalga oshirish tavsiya qilinadi.
AVVA sxemasi bo‘yicha elektron komporatorlar uchun almashtirish usuli:
a)Komporator chashkasiga mos nominaldagi A namuna tarozi toshini
o‘rnatamiz, va komporator stabilizatsiyalanishdan so‘ng displeyni nollaymiz. A
tarozi toshi komporator chashkasidan olinadi, va tarozi toshi komporator
vitrinasi tashqarisiga olib chiqiladi. So‘ngra yana tarozi toshi komporator
chashkaga o‘rnatiladi va A11 ko‘rsatkich qiymati yozib olinadi;
b)A namuna tarozi toshi o‘rniga komporatorning chashkasiga
kalibrovkalanayotgan V tarozi toshi o‘rnatiladi, B11 ko‘rsatkichi qiymati yozib
olinadi;
v) Kalibrovkalanayotgan V tarozi toshi komporator chashkasidan olinadi,
va uni komporator vitrisina tashqarisiga olib chiqiladi va yana takror tarozi toshi
komporator chashkasiga o‘rnatiladi va V21 ko‘rsatkich qiymati yozib olinadi;
g)Kalibrovkalanayotgan V tarozi toshi komporator chashkasidan echib olinadi
va komporator chashkasiga namunaviy A tarozi toshi qo‘yiladi. A21 ko‘rsatkich
qiymati yozib olinadi;
Download 33.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling