Tajriba xonalarida darslar 12 tadan ortiq bo‘lmagan guruhlarda amalgam oshiriladi


Download 22 Kb.
bet1/3
Sana22.12.2021
Hajmi22 Kb.
#182455
  1   2   3
Bog'liq
таж
6 маъруза, 6 маъруза, pdf, Musobaqalar dasturi, musobaqalar nizomi, musobaqaga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish, 4.18, 1 topshiriq javoblar, 1 topshiriq javoblar, payment 0142583703 3.8.2020 19 44, Занятие №3- Терминальные состояния и основы реанимации., Maruza (10), Ma'lumotlar ba'zasining arxitekturasi, Ma'lumotlar ba'zasining arxitekturasi, 2 5400215007218632781, Saljuqiylar davlati



Tajriba xonalarida darslar 12 tadan ortiq bo‘lmagan guruhlarda amalgam oshiriladi. Tajriba ishlarni mustaqil bajarishdan oldin talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan puxta tanishishlari va keyinchalik ham ularga qat'iy amal qilishlari lozim. Quyidagilarni esda tuting:

1. Birinchi tajriba mashg‘ulotdayoq har bir talabaga butun uquv yarim yilligi (semestri) davomida bajariladigan ishllarning aniq muddati belgilangan jadval beriladi.

2. Tajriba xonasiga talabalar navbatdagi mashrg‘ulotga tajriba ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda kelishlari, ya'ni qilinadigan ishning mazmuni va maqsadi, bajarish yusinlarini mushohadalab, sxemalarini tuzish va ko‘zatuv natijalarini jadvalga kiritish uchun ham oldindan hozirlik ko‘rib quyishlari kerak.

3. O‘qituvchi yoki mas’ul lobarant har bir tajriba ishi oldidan tajriba ishini mazmuni va bajarish tartibi bo‘yicha talabalarning tayyorgarlik darajasini birma-bir so‘rab-surishtirib chiqishi kerak. Mashg‘ulotga tayyorlanmagan yoki darsga kechikkan talabalar mashgulotga quyilmaydi.

4. Tajriba xonasida tajriba ish mashg‘ulotlari belgilangan maxsus joylarda, alohida ajratilgan asbob va qo‘rilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ish joyidagi asbob uskunalar o‘rnini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish qat'iyan man etiladi.

5. Talabalar bajariladigan amaliy ishining sxemalarini yig‘ishdan oldin qo‘llaniladigan asbob va qo‘rilmalarni ishlatish tartibini ko‘rsatuvchi qo‘llanmalar bilan tanishishlari kerak. Tajriba ishlarini bajarishda qo‘llanilgan asbob-uskunalarning texnik tavsifini maxsus daftarga qayd etishlari lozim. Bulardan tashqari ular daftariga amaliy ishini bajarish uchun kerak bulgan asosiy sxemalarni chizib, o‘lchash natijalarini yozish va hisoblash uchun zarur bo‘lgan jadvallarni ham hozirlab qo‘yishlari kerak. Talabalar tajriba ishlarini bajarish uchun zarur hisob-kitoblarni tavsiya qilingan adabiyotlardan, shuningdek o‘qituvchidan olingan ma'lumotlar asosida hisoblaydilar.

6. Sxemalar o‘qituvchi yoki mas’ul lobarant tomonidan tekshirilib, uni to‘g‘ri ekanligi tasdiqlangandan keyingina, ularni yig‘ishga kirishish kerak. Sxemalarni yig‘ish yoki yig‘ilgan sxemalardan asbob-uskunalarni qayta ajratib joy-joyiga qo‘yish kabi ishlar kuchlanish manbaidan o‘zilgan holdagina bajarilishi kerak. Kuchlanish ostida bo‘lgan sxemalarga biror o‘zgartirish kiritish mutlaqo man etiladi. Sxemalarni kuchlanish manbaiga o‘qituvchining ruxsati bilangina ulash mumkin. Kuchlanish manbaiga o‘langan, ya'ni kuchlanishga ega bo‘lgan sxemalarni qarovsiz qoldirish mutlaqo mumkin emas.

7. Bordi-yu, biror asbob-uskunaning bo‘zilganligi aniqlansa, har qanday sharoitda ham mustaqil ravishda ish tutilmasdan, ya'ni asbob-uskunani tuzatishga kirishmasdan, bu haqda o‘qituvchi yoki mas’ul lobarant darhol xabardor qilinishi kerak.



8. Talaba tajriba ishini tugatgach, bajargan ish natijalari-yozilgan daftarni o‘qituvchiga ko‘rsatishi va qayd etilgan ma'lumotlarning to‘g‘ri ekanligi haqida tasdiq olgandan keyingina yig‘ilgan sxemadan asbob uskunalarni ajratishga kirishishi kerak. Bu ish nihoyasiga yetkazilgach, hamma ish jihozlarini laboratoriya texnik xodimiga topshirish kerak.

9. Har bir talaba navbatdagi mashg‘ulotga kelganda o‘tgan tajriba ishi buyicha yozma ravishda hisobot tuzib, uni qoidasi bilan rasmiylashtiradi, so‘ngra uni o‘qituvchisiga ko‘rsatadi. Hisobot to‘g‘ri bajarilganligi tasdiqlangandan keyin talaba sinov savollari bo‘yicha o‘qituvchiga topshiradi.

10. Talabalarning tajriba ishlari bo‘yicha tayyorlagan hisobotlarida ishning qisqacha bajarilish tartibi, asbob-uskunalarni o‘lash sxemalari ish natijalari yozilgan jadvallar, har xil o‘lchovshunoslik tavsiflarni aks ettiruvchi chizmalar, vektor diagrammalar, qullanilgan ulchash asboblari hamda uskunalarining qo‘llanma ko‘rsatkichlari kabi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.

11. O‘qituvchining ruxsatisiz o‘lchash asboblari va boshqa jihozlarning o‘rnini almashtiritsh qat'iyan man etiladi.

12. Ish uchun ajratilgan joyda faqat hozir bajariladigan tajriba ishigagina kerak bo‘lgan asbob va jihozlargina bo‘lishi kerak.

13. Amaliy ishlarini bajarayotganda ish joyini qarovsiz qoldirib ketish mutlaqo mumkin emas.

14. Ish vaqtida asbob millarining shu asbob darajasi chegarasidan tashqariga og‘ishi, reostatlarning qizib ketishi, ba'zi o‘lchash asboblari millarining joyidan mutlaqo qo‘zg‘almasligi kabi mexanik kamchiliklarga oid har qanday kamchilik aniqlanganda sxema avtomat yoki uzib-ulagichlar yordamida tokdan darhol uzulishi va bu haqda o‘qituvchi darhol ogoh etilishi lozim.

15. Yuqoridagi qoidalarni bo‘zgan talabalar ma'muriy javobgarlikka tortiladi, bordi-yu buning oqibatida o‘lchash asbob va jihozlari bo‘zilsa, yoki ishdan chiqib qolsa, u holda talabalar moddiy jihatdan ham javobgar hisoblanadilar.

Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling