Talabalarni yakuniy baholash va reyting nazoratiga tayyorlash usullari Oliy oʻquv yurtlarida yangicha baholash tizimi


Download 98.24 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2023
Hajmi98.24 Kb.
#1309873
  1   2   3
Bog'liq
Buxgalteriya

Talabalarni yakuniy baholash va reyting nazoratiga tayyorlash usullari

Oliy oʻquv yurtlarida yangicha baholash tizimi

Ilgari oliy oʻquv yurtlarida talabalar bilimini baholashda 100 balli tizimdan foydalanilgan. Bunda talaba “5” ga 85 dan, “4” ga 70 dan yuqori yoki “3” baho olish uchun 56-70 ball toʻplashi kerak boʻlgan. Koʻrib turganingizdek, oʻrtadagi 14 balli tafovut aslida bitta baho degani. Lekin bu qanday mezon bilan oʻlchanishi toʻgʻrisi, biroz tushunarsiz. Qolaversa, ball tizimining boshqa yana bir qancha noqulay tomonlari bor. Buning oldini olish, talaba bilimini baholashni soddalashtirish, shaffoflik asosida va oʻqituvchilarning baholash tizimiga ajratadigan vaqtini kamaytirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholash tizimiga oid maxsus nizom ishlab chiqdi.

Endilikda talabalarning fanlarni oʻzlashtirishini yanada xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoni yaratildi, — deydi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Oyatullo HAMIDOV. — Ayni paytda baholash tizimi xalqaro tajribaga uygʻunlashtiriladi, talaba bilimi davlat taʼlim standartlariga asoslangan aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, shaffoflik asosida baholanadi. Bu tizimda baholash birinchi kursga va undan keyin oʻqishga qabul qilingan talabalarga qoʻllaniladi

Endilikda talabalarning fanlarni oʻzlashtirishini yanada xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoni yaratildi, — deydi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Oyatullo HAMIDOV. — Ayni paytda baholash tizimi xalqaro tajribaga uygʻunlashtiriladi, talaba bilimi davlat taʼlim standartlariga asoslangan aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, shaffoflik asosida baholanadi. Bu tizimda baholash birinchi kursga va undan keyin oʻqishga qabul qilingan talabalarga qoʻllaniladi

Talabalarning fan boʻyicha oʻzlashtirgan joriy, oraliq va yakuniy nazoratini baholash qanday boʻladi?

Endi joriy nazorat tushunchasi yoʻqoladi. Oraliq va yakuniy nazorat esa saqlab qolinadi. Oraliq nazoratni baholashga toʻxtalsak, unda fan mazmunini oʻzlashtirish darajasi, talabaning adabiyotlar bilan ishlash amaliy koʻnikmasi, muammoli vaziyatlarni hal etish, tahlil, mantiqiy fikrlash, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini aniqlashga qaratiladi. Oraliq baholashdan olgan ijobiy baholari asosida unga yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi. Yakuniy baholashda talaba fan dasturining semestrga moʻljallangan boʻlimlari mazmunini oʻzlashtirish darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, amaliy koʻnikmasi, muammoli vaziyatlarni hal etish, tizimli va tanqidiy tahlil qila olishi, oʻz fikrini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini aniqlashga eʼtibor beriladi. Talaba yakuniy nazorat ishlarini yozma ish, ogʻzaki soʻrov, test, ijodiy ish shaklida topshirishi mumkin. Bu amaliyot kafedra tomonidan belgilab beriladi.


Download 98.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling