Talabaning F. I. Sh tayanch iboralarga asoslangan holda yozgan


Download 23.09 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi23.09 Kb.
#166128
Bog'liq
17-variant.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Sirtqi bo‘lim

Buxgalteriya hisobi va audit

ta’lim yo‘nalishi

HBA-60-2

guruh talabasi

2019-2020o‘quv yilining

IV-

semestrida

Pul va banklar fanidan
Sharipov Farrux Farhod o’g’li

(talabaning F.I.SH)

tayanch iboralarga asoslangan holda yozgan

(oraliq nazorat, yakuniy nazorat)

tegishligini tagiga chizib qo‘ying
YOZMA ISHI
Yozma ish o‘tkazilgan sana _______________

Shifr:_______________

Yozma ish natijasi _____________________

_________________________________________'>KOMISSIYA TARKIBI:
Rais: ________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

A’zolari:_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)

_________________________________________

(Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi)
Toshkent – 2020 y.

17-variant


  1. K.Marksning pul miqdorini aniqlash formulasi.

  2. Inflatsiyaga qarshi kurashish va pulning barqarorligini ta’minlash yo’llari.

Javoblar

1. Kiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo‘lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori aniklanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o‘tishi kuzatilgan va aksincha. SHunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo‘lishini inkor etadi.

Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz xar (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga oshadi.

Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. YUqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z kuchiga ega.

Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.

SHunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘lik bo‘lgan turli xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga tug‘ri proporsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.

Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim omillarga aloxida e’tibor berilishi zarur.

2. Iqtisodiy islohotlar avj pallasiga chiqdi. Valyuta bozori liberallashuvi jarayoni kechmoqda, erta-indin almashinuv kurslari tenglashadi, aholi va biznes valyutani banklarda va almashinuv shoxobchalarida bemalol sotish-xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eksport uchun baryerlar qisqaradi. Biznesni yuritish uchun ma’muriy xarajatlarni qisqartirish, tadbirkorlarning moddiy resurslardan foydalanishini yengillatish bo‘yicha choralar rejalashtirilmoqda. Soliq islohoti muhokama etilmoqda. Bank islohoti eshik qoqmoqda. Raqobatni rivojlantirish va biznes yuritish uchun teng sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilmoqda. Ma’muriy islohotlarni o‘tkazish rejalari chop etilmoqda.

Ushbu choralarning amalga oshishi bozor mexanizmlarining ishlashi uchun sharoitlarni anchayin yaxshilaydi, demakki, mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni, sotuv va bandlikni kengaytirish uchun asos va rag‘bat paydo bo‘ladi.

Bularning bari iste’mol tovarlari va xizmat ko‘rsatish, xom ashyo va butlovchi qismlar, ishchi kuchi, moliya, valyuta bozorlarining samarali va birgalikda ishlashini nazarda tutadi. Shuningdek, hukumatning iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish uchun turli xildagi pul va budjet siyosati vositalaridan foydalanishini taqozo etadi. Lekin, bu bozorlar yaxshi, beto‘xtov ishlashi, hukumat esa, bozor iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatish vositalaridan samarali foydalana olishi uchun, bir o‘ta muhim shartni bajarish – kuchli inflyatsiyani yo‘qotish kerak.



Ba’zida inflyatsiyani devalvatsiya – boshqa milliy valyutalar (asosan yetakchi jahon valyutalari)ga nisbatan milliy valyuta qiymatining pasayishi bilan adashtiradilar. inflyatsiya va devalvatsiya bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatsa-da (qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida quyiroqda so‘z yuritamiz), baribir, boshqa-boshqa hodisalardir.

Inflyatsiya – bu mamlakat ichida milliy valyuta xarid qobiliyatining pasayishi jarayoni bo‘lib, avvalo narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishida ifodalanadi.
Download 23.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling