Ta'lim halq ma'naviyatiga yaratuvchilik kayfiyatini bahsh etadi. O'sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yahshi imkoniyatlari unda namoyon bo'ladi
Download 1.4 Mb.
|
4 Razyadli Shifratorni Loyihalash VA-EMAS
KIRISH «Ta'lim halq ma'naviyatiga yaratuvchilik kayfiyatini bahsh etadi. O'sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yahshi imkoniyatlari unda namoyon bo'ladi. Kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o'tadi» deya, ta'kidlagan erdilar birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Bugungi kunda oldimizda jahon fani va madaniyatining eng ilgor yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgan, inson aql-zakovati yaratgan boyliklardan bahramand bo'lgan yangi avlodni shakllantirish vazifasi turibdi. Faqat shu asosdagina millatning taraqqiyot sari intilishini ta'minlovchi intellektual kuchini vujudga keltirish mumkin. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida» ta'kidlab o'tilganidek bugungi kun ta'lim tizimidagi eng asosiy muammolardan biri yangi pedagogik tehnologiyalarni ta'lim jarayoniga kengroq tatbiq etish sanaladi. Bu esa o'z navbatida pedagoglardan tinimsiz izlanishni, o'z ustida ishlashni, fanni puhta egallashni, kasb mahoratiga ega bo'lishni, fan va tehnikaning bugungi kundagi yutuqlaridan habardor bo'lib borishni talab etadi. Respublikamizda «Ta'lim to'g’risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Davlat ta'lim standart»lari talablariga mos keladigan yangi ta'lim tehnologiyalarini yaratish dolzarb muammoga aylandi. Ta'limda hozir yangi pedagogik tehnologiyalarni qo'llashda: a) an'anaviy o'qitish metodikasini inkor etib, ta'limga bevosita ilg’or davlatlardagi pedagogik tehnologiyalarni joriy qilish b) an'anaviy o'qitish metodikasini takomillashtirishni davom ettirish lozim, chunki pedagogic tehnologiyalarni qo'llashning istiqboli yo'qdegan ikki hil qarash mavjud. Bizda ilg’or pedagogik tehnologiyalarni o'rganish bilan biroq an'anaviy o'qitish metodikasini ham inkor qilmaslik, balki uning muammolarini tadqiqot qilish orqali Respublikamizga mos yangi pedagogik tehnologiyalar yaratish kabi yangi g’oyalari tug’ildi. An'anaviy metodikadan farqi o'laroq pedagogik tehnologiyalar ta'limdagi boshqa ko'rinishdagi innovaciyalar bilan kirishib va rivojlanib keta olishi ilg’or davlatlardagi ta'lim tajribasida allaqachon o'z isbotini topgan. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish texnika taraqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, ishlab chiqarish samaradorligini mutassil oshirish va mahsulot sifatini yuqori darajada ko’tarish ucun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Avtomatlashtirish borasidagi eng ma’slyatli ishlar esa shubasiz, injiner-texnik kadrlar zimmasiga tushadi. Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi muhandis – biotexnolog hodimlarning nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo’lshini talab qilmoqda. Bu esa oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bunda muhandis - biotexnologlar uchun o’qitiladigan metrologiya fanining ahamiyati juda katta. O’lchash, usul vositalar birligi ta’minoti va kerakli aniqlikka yetkazish imkoniyatini belgilovchi fan bo’lib, zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13- noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling