Talim nazariyasi


Download 0.7 Mb.
Sana31.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1736273
Bog'liq
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT ” FAKULTETI 3-BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASI SHERXONOV SHERDORNING “ TALIM NAZARIYASI” FANIDAN 1-AMALIY ISHI BAJARDI : SHERXONOV.SH QABUL QILDI : ILMURADOVA.D

MAVZU:Rivojlantiruvchi talimning asosiy tamoillari


Kontseptsiyaning ta'rifi: "Rivojlantiruvchi ta'lim" atamasi V.V.Davidov tomonidan pedagogik nazariya va amaliyotga kiritilgan. Rivojlantiruvchi ta'lim tushuntirish-illyustrativ usul o'rnini bosadigan yangi, faol va faol o'qitish usuli sifatida tushuniladi. Ya'ni, bu xotira ekspluatatsiyasiga emas, balki fikrlash mexanizmlarini shakllantirishga asoslangan. O`quvchilar bilimlar assimilyatsiya qilinadigan va boshqariladigan fikrlash operatsiyalarini o'zlashtirishi kerak. Rivojlantiruvchi ta'lim - bu o'qitish, uning mazmuni, usullari va shakllari bola rivojlanish qonuniyatlariga asoslanadi. Bolaning ta'lim olishdagi pozitsiyasi: bola atrof-muhit bilan o'zaro aloqada bo'lgan mustaqil sub'ektdir. Ushbu o'zaro faoliyat faoliyatning barcha bosqichlarini o'z ichiga oladi: maqsadlarni belgilash, rejalashtirish va tashkil etish, maqsadlarni amalga oshirish va natijalar tahlili. Shunday qilib, talaba pedagogik ta'sir ob'ektidan bilish faoliyati sub'ektiga aylanadi. Ta'lim jarayoni shunday tuzilganki, uning davomida o`quvchi butun bilim siklini go'yo "boshdan kechirdi", uni empirik va nazariy bilimlar birligida o'zlashtirdi.
Ushbu maksaddarning ijobiy natijaga ega bulishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta urgatish, ularda keng dunyokarash xamda tafakkur kulamini xosil kilish, ma’naviy —axlokiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy — tarbiyaviy ishlarni samaralya tashkil etishga boglikdir. Zero, yurtning porlok istikbolini yaratish, uning nomini jaxonga keng yoyish, ulug ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy — madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustakil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar katoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson xamda malakali mutaxassis kilib tarbiyalashga boglikdir.
Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun-qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq. O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shu sababli shaxsni o’qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib etishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. O’qituvchi qachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor bo’lgandagina uni samarali boshqarish, o’qitishning samarali usullarini tug’ri tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun hamo’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holdabir sistemani tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi-talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqilfikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq etish muhim muammolardan biridir.
Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko’tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli ta’lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir. O’qitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro’si, o’qituvchi obro’si, avvalo darsda shakllanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko’rabilish, tarbiya usullaridan foydalanish lozim. O’quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, imon-e’tiqodi va qobiliyati hamo’sib rivojlanib boradi. Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o’qituvchi avvalo ta’limni uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishga, o’quv materiallarining mazmuni bilan bog’liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining o’quvchilar oldidagi obro’-e’tibori hammuhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar http://www.genderi.org https://kompy.info


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling