Ta'lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mav-zu bo‘lib kelgan
Download 16.19 Kb.
|
MUTAXASSISLIKKA KIRISH 2 MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga ta’limning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal o‘lchov birligini olib kiradi.
- Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi: — oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
Ta'lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mav-zu bo‘lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezoniari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhda-gi ta'lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasigatayangan holda belgilanadi. Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug‘i bilan tasdiq-langan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi muvaqqat Nizom»iga oid nazorat turlari quyidagicha: Joriy nazorat (JN);Oraliq nazorat (ON);Yakuniy nazorat (YaN). Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazo-ratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e'lon qilinadi. Joriy nazorat - talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat - semestr davomida o‘quv dasturining tegish-li (fanning bir necha mavzularini ichiga olgan) bo‘limi tugullangan-dan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat, asosan, tayanch tushun-cha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiy oliy ta'lim muassa-salari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o‘tkaziladi. 1. Kredit-modul tizimi nima? 2. Tarix va sabab. 3. Bolonya deklaratsiyasi: ortga nazar. Tayanch so‘z va iboralar: boshlang‘ich ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat, “kredit soati”. Ta’limning kredit-modul tizimi o‘zi nima? Bizga ma’lumki, hayotda ko‘p narsalarni o‘lchov birligi mavjud. Masalan, vaqt o‘lchov birligi — soniya, soat, uzunlik o‘lchovi — metr, og‘irlik — kilogramm, suyuqlik — litr, elektr kuchlanishi o‘lchovi — volt.Savol tug‘iladi: ta’limning, xususan oliy ta’limning ham o‘lchov birligi bormi? Siz «ha, bor, oliy ta’limning o‘lchov birliklari bu bakalavr, magistr va doktor» deb aytasiz. Lekin bular ta’limning o‘lchov birliklari emas, balki uning darajalari hisoblanadi. Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga ta’limning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal o‘lchov birligini olib kiradi. Unga ko‘ra, universitetda o‘tiladigan har bir fan endilikda undagi o‘qish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Kredit-modul tizimi, bu - taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi: — oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish; — bitta fan, kurs (kredit)ningqiymatini aniqlash; — talabalar bilimini reyting bali asosida baholash; — talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish; — taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish; — taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi. Download 16.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling