Ta`lim pardigmalari


Download 17.85 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.85 Kb.
#1017897
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Ta`lim pardigmalari.
Shaxsning har tomonlama kamol toptirishdagi tayanch qadriyatlarni belgilab olish o’z navbatida ta’limiy paradigmalarni tanlab olishga ham imkon beradi. Paradigma (grekcha, paradeigma) so’zining o’zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o’ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
Pedagogikada paradigma atamasining ikki xil ma’nosini ajratib ko’rsatish mumkin.
- Faylasuf Tomos Semeyul Kun, Valentin Mixaylovich Berejkov, pedagog Kreaevskiy Valador Viktorovich, Nataliya Korshunovalar paradigmalar ilmiy faoliyat modeli, tadqiqot me’yorlari, mezonlari, standartlari yig’indisi, paradigma – ilmiy jamiyatdagi aniq fanlar yoki qator fanlarda umumiy tarzda qabul qilingan dunyoni tushuntirishga yetakchi yondashuv, bir butun g’oyalar, qadriyatlar yig’indisi
-I.A.Kolesnikov, G.B.Kornetov, S.V.Kulnevich, V.Ya.Pilipovskiy, I.A.Solovtsova, Yu.G.Fokinlar ta’lim tizimini loyihalashning asosi, g’oya, yondashuv, tayanch modeli yoki ta’lim strategiyasi sifatida izohlaydilar.
Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari.
Paradigma – (yunoncha. Paradigma – namuna – o‘rnak ma’nolarini anglatadi) – ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan, tug‘ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differensial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali hal qilinadi yoki talaba – yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash milliy g‘oyalar asosida hal etiladi va hakoza.
Barchamizga ma’lumki, shaxs tarbiyasi xilma-xil qadriyatlarga tayanib, amalga oshiriladi:
- transtsendental (tarbiyalanuvchini mutlaq qadriyatlar – haqiqat, yaratguvchiga yaqinlashtirish);
- sotsiotsentrik (erkinlik, tenglik, mehnat, tinchlik, ijod, insonparvarlik va boshqalar);
- antropotsentrik (individuallik, foydalilik, o’z-o’zini namoyon etish va boshqalar).
Shaxsning har tomonlama kamol toptirishdagi tayanch qadriyatlarni belgilab olish o’z navbatida ta’limiy paradigmalarni tanlab olishga ham imkon beradi.
Paradigma (grekcha, paradeigma) so’zining o’zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o’ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
SHunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonining asosiy tavsifi uning boshqa maqsadga yo’nalganligi va ishtirokchilarga boshkacha yondashuvni ifoda etishidadir: talabalarni o’z hayotiy faoliyat usullari, o’z individualligini talabga javob beradigan tarzda amalga oshiruvchi o’quv jarayonining haqiqiy sub’ektiga, o’qituvchini esa, talaba faoliyati tashkilotchisi, boshqaruvchisi, talabalar va madaniyat orasidagi bog’lovchi bo’g’in, talabani madaniyatga olib kirish va undagi o’z o’rnini belgilab olishni ta’minlovchisiga aylantirishdir.
Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo’lishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi (E.Fromm, J.P.Sartr, V.Frankl, N.Berdyaev, A.Maslou, K.Rodjers va boshqalar) asosiy o’rin egallaydi. Mazkur kontseptsiyaning asosiy nuqtai nazari – har bir alohida inson hayotining o’ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e’tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o’z-o’zini realizatsiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o’z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o’zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo’yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko’radi. SHuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni o’rnatish jarayonida sodir bo’ladi.
Download 17.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling