Ta’lim texnologiyasida bola shaxsi obyekt va subyekt sifatida
Download 182.18 Kb. Pdf ko'rish
|
ta-lim-texnologiyasida-bola-shaxsi-obyekt-va-subyekt-sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ta’lim texnologiyasida bola shaxsi obyekt va subyekt sifatida Shahloxon Ibodullayevna Boynazarova Nargiza Xaliljonovna Xolboyeva Komila Maxamadjonovna Rasulova Farg’ona viloyati, Bog’dod tumani, 38-maktab Annotatsiya: Ta’lim texnologiyasi, shaxsning rivojlanishi, bola shaxsiga ta’sir etuvchi omillar, shaxsga yo’naltirilgan ta’limning pedagogik texnologiyasi haqida ma’lumot berish Kalit so’zlar: ta’lim texnologiyasi, bola shaxsi, omillar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim In educational technology, the child as an individual object and subject Shahlokhon Ibodullayevna Boynazarova Nargiza Khaliljonovna Kholboyeva Komila Makhamadjonovna Rasulova Fergana region, Baghdad district, School №38 Abstract: Information about educational technology, personal development, factors influencing the child's personality, pedagogical technology of person-centered education. Keywords: Educational technology, child personality, factors, person-centered education. Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan- “texnos” (techne) - san’at, mahorat, hunar va “logos”(logos) - fan so’zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma- ketlikda bajarilishini ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon-bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 922 mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Kadrlar tayyorlash Milliy modelida shaxsning funksiyasi quyidagicha belgilanadi: “Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi”. Demak, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining bosh maqsadi bo’lgan ta’lim tizimini isloh qilishdan asosiy maqsad ham kadrlarni, ya’ni shaxsni tarbiyalash masalasidir. Shunday ekan, ta’lim tizimida bola shaxsining rivojlanishi masalasini o’rganish muhim muammolardan biridir. Ta’lim-tarbiyadagi mohirlik uning subyektini yaxshi bilish bilan bog’liq. Shaxs yoki ma’lumot subyekti biologik, ijtimoiy va ruhiy komillikni o’z ichiga olgan, o’zaro bog’liq, o’zaro ta’sir qiladigan butun bir tuzilma. Bu tuzilma, avvalo, individ - tabiatning bir bo’lagi sifatida shakllanadi va tashqi olam bilan aloqaga kirishadi, natijada ijtimoiy mavjudot, ya’ni shaxsga aylanadi. U atrofdagilarni, tabiatni, olamni, insonni tushuna boshlaydi, keyin u rivojlanib, ta’lim-tarbiya natijasida insonga aylanadi. Shaxsning rivojlanishi - obyektiv tabiiy jarayon. Bu jarayon asosini inson tabiatining biopsixik rivojlanishi tashkil etadi. Ijtimoiy muhit inson tabiati rivojlanishining psixologik- pedagogik mexanizmini shakllantiradi. Psixologiya nuqtai-nazaridan inson shaxs sifatida quyidagicha tavsiflanadi: 1-faollik: o’z imkoniyatlaridan o’laroq yuqori ko’rsatkichlarga erishish, o’z faoliyatini kengaytirish; 2-xarakteri: insonning mustahkam individual xususiyatlari jamlanmasi. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda bu xususiyatlar e’tiborga olsagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Buning uchun shaxsni mukammal o’rganish, uning shakllanish jarayonini bilish zarur. Bola shaxsining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar: Avloddan avlodga o’tuvchi qobiliyat, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi tufayli vujudga keladigan faolligi. Makromuhit (keng ijtimoiy ma’nodagi tarbiya). Mezomuhit, tabiiy va ijtimoiy(keng pedagogik ma’nodagi tarbiya). Mikromuhit, tabiiy va ijtimoiy( tor pedagogik ma’nodagi tarbiya). Ta’lim jarayoni shaxsiy insonparvar yondoshuv asosida tashkil etilsa o’quvchi faolligi yanada oshadi. Insonparvar g’oyalarga asoslangan ta’lim birinchi navbatda o’quvchilarning ma’naviy tuyg’ularining uyg’onish faolligiga e’tibor qaratadi. Shaxsiy insonparvar yondoshuv, bu pedagogik texnologiyaning shaxsga yo’naltiruvchi kommunikativ asosi. U quyidagilarni o’z ichiga jamlaydi: - ta’lim maqsadiga qarash kabi, shaxsga yangicha qarash; - pedagogik munosabatlarning insonparvarligi va demokratligi; - natija bermayotgan majburiy uslubdan voz kechish. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 923 Shaxsga yangicha qarash pozitsiyalari quyidagilar: - shaxs sifatida shakllanish erta yoshdan boshlanadi, maktabdan bolani to’la shakllangan shaxs sifatida yetishtirish lozim; - pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas subyekt sifatida e’tirof etiladi; - shaxs - ta’lim tizimining maqsadi; - har bir bolada o’ziga xos qobiliyat mavjud, ko’p bolalar iqtidorli bo’lishadi. Shaxsning sifatli fazilatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mehribonlik, muhabbat, mehnatsevarlik, insof, g’urur, sodiq fuqarolik va hokazo. Bolalarga insonparvar ezgu yondashish deyilganda quyidagilar tushuniladi: - pedagogik muhabbat; - bolada kelajakka ishonch bilan qarash ruhini shakllantirish; - hamkorlik, mahoratli muloqot; - ijobiy omillarning ustuvorligi; - bola kamchiliklariga bardoshlilik. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limda pedagogik jarayon shaxsda belgiangan sifatlarning shakllanishiga qaratiladi. Pedagogik jarayon bu belgilangan maqsadga erishish hamda shaxsning xususiyat va sifatlarini ijobiy tomonga o’zgartirishga qaratilgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi aniq bir muddat va ma’lum tarbiyaviy tizimda maxsus tashkil etilgan o’zaro munosabat. Jarayon (lot. Protsessis - oldinga intilish) holat davomiyligi, insonning rivojlanishi, biror bir natijaga erishish yo’lidan uzviy davom etayotgan harakatlar jamlanmasi. Pedagogik jarayon - tarbiya jarayonining asosiy tizim birligi. Uning xususiyati shundan iboratki, u o’qituvchi va o’quvchining pedagogik munosabat tizimini belgilaydi. Agar tarbiya jarayoni tushunchasi maqsadga yo’naltirilgan, shaxsga ma’lum sifatlarni shakllanish ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan harakat bo’lsa, pedagogik jarayon tushunchasi oldindan tashkil etilgan tarbiyaning o’zaro ta’sir tizimini bildiradi. Bunday ish turida ta’lim jarayoni vazifalari: - o’quvchilarning bilim olish faoliyatini kuchaytirish; - bilim olish faoliyatini takomillashtirish; - fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish; - dialektik-materialistik dunyoqarash va insonparvar- estetik madaniyatni shakllantirish; - ta’lim-tarbiya malakalarini takomillashtirish. Pedagogik jarayonning asosiy vazifalari: talim beruvchi - ilmiy bilim asoslarini o’zlashtirish, amaliy faoliyat va o’quv tarbiyaviy tajribaning motivatsion shakllanishi; tarbiyaviy - odamlar munosatidagi ma’lum bir sifat, xususiyatning shakllanishi; "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 924 rivojlanuvchi -shaxsning psixik jarayoni, xususiyati va sifatining shakllanishi hamda rivojlanishi. Ta’lim jarayonida shaxs imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish yo’lida tinimsiz izlanish zarur. Shaxsning ongiga ta’sir etish yo’llarini belgilashdan oldin uning ichki aloqa elementlarini aniqlash zarur. Bular uning layoqati, imkoniyatlari, ehtiyoji, mavjud bilimlari va qobiliyatidir. Insondagi qobiliyat, layoqat o’rganilib, undagi bor bilim yoki bilim o’zlashtirish uchun mavjud bo’lgan imkoniyatlar aniqlanib, uning ehtiyojiga e’tibor qaratiladi. Ma’lum maqsad asosida ta’sir choralarini belgilash bu elementlarda o’zgarish bo’lishiga olib keladi. Ta’lim texnologiyasi bolaning komil inson bo’lib yetishishida dasturil amal bo’lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar T. G’offorova . ”Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” “Tafakkur nashriyoti”- 2011. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-tom N. A. Muslimov va boshqalar. ”Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”. Toshkent-2016, 147 bet J. Yo’ldoshev, S. Usmonov, ”Pedagogik texnologiya asoslari”, T., 2004. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 925 Download 182.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling