Taqdimot mavzu: Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo’llaniladigan usullar


Download 91.33 Kb.
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi91.33 Kb.
#1411531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ишимова Юлдуз - Молиявий таҳлил

TAQDIMOT

Mavzu: Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo’llaniladigan usullar

MRB-84 talabasi Ishimova Yulduzoy


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

Reja:

Moliyaviy tahlil fanining metodi

Metod juda keng ma’no va tushunchaga ega. Fanning metodi obyektni o‘rganish usullari, vositalari, yo‘llarini ifodalaydi. Metod grekcha “metodos” so‘zidan olingan va “o‘rganish yo‘li, usuli” degan ma’noni anglatadi.

Metod deganda voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga yondashish usuli tushuniladi. Tahlil va sintez umum dialektik o‘rganishning, ilmiy usuli sifatida qaraladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shuki, ushbu usul o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlikda o‘rganishni ifodalaydi.

Tahlil fanining (uning mikro ko‘lamdagi barcha turlariga nisbatan) metodini aniqlash ham uning predmetini belgilashdagi kabi juda tortishuvli masalaga aylangan va bu borada hozirgacha yagona fikrga kelingani yo‘q


Moliyaviy tahlil fanining metodi – xo‘jalik subyektlarining xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishga dialektik yondashgan holda, turli axborot manbalarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan ularning o‘zgarish tendensiyalarini, sabablarini aniqlash, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tizimli, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, tahlilning har bir turiga o‘zining uslubi to‘g‘ri keladi. Uslub deganda u yoki bu ishni bajarishning usullari, maqsadga muvofiq qoidalari majmui tushuniladi.
Moliyaviy tahlil uslubi deganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni analitik tadqiq qilishning usullari va tartiblari tushuniladi.
Tahlil uslubini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va xususiy uslublarga.
Umumiy uslub – barcha tahlil turlari va turli fanlar doirasida qo‘llaniladigan, fan obyektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan usullar va tartiblar tizimidir. Xususiy uslub – faqat shu fanning o‘ziga tegishli bo‘lgan, tadqiqot obyektiga qarab tanlanadigan usullar va tartiblar tizimidir.
Moliyaviy tahlilni o‘tkazish, albatta uning tartibini aniqlab olishni taqozo qiladi. Mazkur tartiblarni quyidagi bosqichlarda tasniflash mumkin.

Download 91.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling