Taqdimot nutqi tayyorlash
Download 6.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqTaqdimot nutqi tayyorlash-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari: 1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi
- Radio va televideniye nutqi (tili).
Taqdimot nutqi tayyorlash Taqdimot nutqi tayyorlashTaqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,:Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,: - og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir; - og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b. - og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi; - og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq; - kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b. Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari: 1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi). 2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik xarakterdagi nutq). 3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi). 4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega). Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi: 1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali egallanadi. 2. Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi. 3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish. 1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali, 2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, televideniye eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali. 4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi. Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim: jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); - keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi); havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik); ixchamlik, harakatchanlik; chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish); moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi); qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning o‘zgarib turishi); - suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati). Download 6.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling