Taqriz ilmiy uslub janri sifatida. Taqriz yozish uchun reja tuzish qoidalari


Download 18.27 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi18.27 Kb.
#1257879
Bog'liq
Taqriz ilmiy uslub janri sifatida. Taqriz yozish uchun reja tuzi



Taqriz ilmiy uslub janri sifatida.
Taqriz yozish uchun reja tuzish qoidalari.
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki taqriz ham boʻladi, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq, bu taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi.

Rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U Taqrizni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz tadqiqot ishi, darslik va oquv-metodik qollanmalarga beriladigan taqidiy baho bolib, unda mazkur ishning dolzarbligi va zarurati, ishning mazmuni meyoriy hujjatlar talablariga mosligi, muallif erishgan yutuqlar, qollangan yangi metodlar va texnologiyalar, ishning rasmiylashtirilishi va savodxonlik darajasi tahlil qilinadi, Bunda, albatta, taqrizchi shu soha mutaxassisi bolishi va subektivlikka yol qoymasligi kerak.


Taqrizning xarakteriga koʻra xilma-xilligi
Kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi taqrizda taqrizchi oʻz fikr-tuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
Taqriz rukni
Taqrizlarning aksariyat qismida rukn vazifasini „taqriz“ soʻzining oʻzi bajaradi.
Taqrizning leksik va grammatik xususiyatlari
Taqrizda uning biror soha yoki kitob, spektakl, kino, jurnallarga bagʻishlanganligiga qarab til vositalaridan turlicha foydalaniladi. Bu, albatta, muallifning asarga boʻlgan munosabatidan ham kelib chiqadi. Taqrizning yana bir harakterli xususiyati, unda kirish soʻz va birikmalarining qoʻllanilishidir. Masalan, „Nazarimda, ayrim yosh ijodkorlar mutolaa, adabiy savod masalasida ham gʻaribroqday. Zotan, sirdaryolik yosh ijodkor Dilmurod Doʻst nazarda tutgan — „quyib qoʻygandek oʻziga oʻxshagan“ sheʼr yozish uchun isteʼdodning oʻzi kamlik qiladi („OʻzA sayti“).

Yana bir harakterli holat shuki, taqrizda taʼkid-munozara tarzida soʻroq gaplardan ham foydalaniladi: „Ikkita qushlar“ degani nima? Sonning oʻzi koʻplikni bildirmaydimi?“ („OʻzA sayti“). Taqrizda ishlatilgan bir necha soʻroq va undov gaplar ham uning taʼsirchan yozilishiga maʼlum darajada hissa qoʻshadi. Ular materialning oʻqilishli qilishga yordam beradi, gazetxonni mulohaza yuritishga undaydi: „…baʼzan ishqiy izhor kimga qaratilgani mavhum, qizgami, yigitgami? Hatto Yaratganga ham murojaat bir xil. Shundan ehtiyot boʻlish kerak emas mi?“ („OʻzA sayti“).



Taqrizlarning tili maqola, xabar, reportaj kabilarnikidan deyarli farq qilmaydi. Chunki ularda ham, taqrizda ham neytral til vositalarining qoʻllanilishi koʻproq koʻzga tashlanadi. Lekin farqli tomoni shundaki, taqrizda ifodalilikni oshiruvchi til vositalari juda kam qoʻllaniladi. Maqola, reportaj kabilarda ekspressivlikni ifodalash imkoniyatlari birmuncha kengroq, taqrizda esa iboralar, oʻxshatish, metaforalar, baʼzan soʻroq gaplar, ayrim grammatik shakllar ekspressivlikni ifodalashda maʼlum darajada rol oʻynaydi. Frazeologizmlar, xalq maqollari taqrizlarda deyarli ishlatilmasligini ham qayd etish mumkin. Shu bilan birga, soʻnggi yillar mobaynida taqrizlarning tilida taʼ sirchanlikni oshiruvchi vositalar avvalgiga qaraganda koʻproq uchrayotganini ham inkor etib boʻlmaydi.
Oʻzbek adabiyotida taqrizchilik
Oʻzbek adabiyotida taqriz 20-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.
Download 18.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling