Tarbiya hayot-mamot masalasi
Download 21.16 Kb.
|
Bayonnoma 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- X.B.Sherboboyev, TT 12-20
- “Tarbiya – hayot-mamot masalasi”
- Qaror qilindi
- Guruh tyutori: X.B.Sherboboyev Guruh sardori: E.Ergashev
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TT 12-20 GURUH TALABALARI BILAN “ TARBIYA – HAYOT-MAMOT MASALASI” MAVZUSI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN DAVRA SUXBATI BAYONNOMASI № __ TATU Qarshi filiali “__”. “_______” .202_ yil QATNASHDILAR: Tyutor X.B.Sherboboyev, TT 12-20 guruh talaba-yoshlari ishtirok etishdi. KUN TARTIBI: “Tarbiya – hayot-mamot masalasi” Turli masalalar : TATU Qarshi filiali “Telekommunikatsiya texnalogiyalari va Kasbiy ta’lim” fakulteti tyutori X.Sherboboyev bilan birgalikda tyutorlik soatida “Tarbiya – hayot-mamot masalasi” deb nomlangan mavzusi ostida dars bo’lib o’tildi. Darsni guruh tyutori X.Sherboboyev kirish so`zini quydagilar bilan boshladi: Inson va jamiyat taraqqiyotida tarbiya o‘ziga xos yetakchi o‘rin tutadi. Har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning dastlabki oyida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida “eng katta boylik – bu aql-zakovat, ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”, deya alohida qayd etdi. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatni sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalash aqlni peshlash demakdir. Bu esa iste’dodlarni yuzaga chiqarishga asos hamdir. Aql ongni saqlaydi, ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Bunga mos tarbiya lozimligi har qanday ongli insonga ma’lum. Tarbiyadan murod – barkamol, komil insonni voyaga yetkazishdir. Komillikning belgisi haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdan iborat. Kishi o‘z so‘zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, u shunchalik komil bo‘ladi. Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon Sharqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal qo‘llanma vazifasini o‘tagan ko‘p pandnomalar, xalq kitoblari mavjud bo‘lgan. Jumladan, Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” kabi asarlari shular jumlasidandir1. Xo‘sh komil inson kim? Komil inson – yetuk, to‘liq, mukammal, bekam-u ko‘st, barkamol, olim-u dono, usta, mohir, qo‘li gul, aqli teran, yaxshi tarbiya ko‘rgan, axloq-odobli kishining qadr-qimmatini uning o‘ziga o‘xshagan kishilar ekanini yaxshi anglagan inson. Xuddi mana shu fazilatlarga ega bo‘lgan yetuk shaxsni tarbiyalash – azaldan butun insoniyatning orzusi bo‘lib kelgan. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.Shuning uchun ham ta’lim-tarbiyaning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligiga va farzandni kamol toptirishda bu ikki narsani uyg‘unlikda olib borishga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’lim-tarbiyaning orasida ochiq-oydin farq bor. Ta’lim tarbiyaning bir juz’i. Tarbiya esa ta’limni о‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya о‘z-о‘zidan ta’limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Tarbiyaning ma’nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni о‘z ichiga oladi. U о‘zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bо‘lishi kerak. Eng asosiysi, inson о‘zining oldiga qо‘yilgan vazifalarni bajarish asnosida doimiy holda harakat qilib turishi tarbiyadir. Darsni guruh sardori E.Ergashev darsni quydagilar bilan davom ettirdi: Tarixga nazar tashlaydigan bо‘lsak ham, jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog‘liq bо‘lib kelganligiga guvoh bо‘lishimiz mumkin bо‘ladi. Keksa avlod erishgan yutuqlarga, ular tо‘plagan tajribaga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada kо‘tarish hamisha yoshlar zimmasiga tushgan. Shu boisdan ham mustaqilligimizning ilk qadamlaridan boshlab, mamlakatimizda yangi zamon avlodini tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish ishi davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Qaror qilindi: Telekommunikatsya texnologiylari va kasbiy ta’lim fakulteti tyutori X.Sherboboyevninig axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. “Tarbiya – hayot-mamot masalasi”mavzusi haqida fakultetdagi barcha talabalarga yetkazilsin. Turli masalalardagi talabalarning dars mashg’ulotiga qatnashishi, kiyinish odobi va xulq atvori qattiq nazoratga olinsin. Qaror ijrosini nazoratini o’z zimmamga qoldiraman. Guruh tyutori: X.B.Sherboboyev Guruh sardori: E.Ergashev 1 Download 21.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling