Tarbiya ijtimoiy hodisa


Download 132.17 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi132.17 Kb.
#1777343
Bog'liq
Toshpo`latova Marjona.3.jpg


Mavzu: Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari.

Tarbiya ijtimoiy hodisa.

  • O`zbek xalqining har qanday vaziyatda ham mehmonni samimiy beminnat qarshi olish odati bor. O`zgalarga mehr-muhabbat, oqilona munosabat, omilkorlik bilan munosabat, iltifot ixtirom kabilar xalqimizning yuksak tuyg‘usi, boy va ma’naviy go`zalligi va ruxiy kiyofasini aks ettiradi.
  • O`zbek xalqining pok qalbli, sofdil diyonatli, vijdonli, irodali ekanligi, uning tanishga ham begonaga ham beg‘araz yordam qo`lini cho`zishda namoyon bo`ladi. Do`stlik uning son­-soniga singib ketgan. Xalqimizning fikricha do`stlik bor joyda mehr-muhabbat, vafo, sadoqat, adolat, haqiqat qaror topadi. Bu esa o`z navbatida insonning ma’naviy va ruxiyatiga, aql-zakovatiga ilxom baxsh etadi, yaxshilik, samimiylik sari yetaqlaydi.
  • O`zbeklarning o`zaro samimiy salomlashishi milliy urf-odatning ibratli ko`rinishlaridan hisoblanadi.

Tarbiya ijtimoiy hodisa.

  • O`zbek xalqining bola tarbiyasi mohiyati, mazmuni, usullari, tarbiyaning kundalik va istiqbol rejasi, farzandlarga tartib o`tkazish vazifasini tanlash va unda unumli foydalanish tajribasi o`ziga xos xususiyaga egadir. Bu xususiyat xalqning ma’naviy boyligi sifatida to`plangan, an’analari zamiridan kelib chiqqan.
  • Milliy maktab vazifalaridan biri ajdodlarimiz merosi milliy ana’nalarini o`rganib ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarni tarbiyalashda unumli foydalanishdir.
  • «An’ana» /arabcha/-/o`zbek/ uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o`tib davom etib kelgan urf-odatlar, axloq normalari, qarashlar va x.k. dir. A’ananalar-ijtimoiy va ma’naviy merosimdir.

Tarbiya jarayonini rag`batlantiruvchi kuchlari.

  • Xozirgi kunda ayniqsa vatanparvarlik, millatlararo do`stlik, ekologik, iqtisodiy, xususiy, madaniyat, ta’lim-tarbiya soxasidagi an’analarni qo`llash o`zbek xalqining urf-odatlar, turmush-tarzi, oilaviy marosimlarini milliy maktab, oilaviy tarbiyada qo`llash komil insonni shakllantirish vositalaridan biridir.
  • “Barg ildizdan quvvat oladi “deganlaridek xozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilimi, ma’naviyatimizning mag‘zi yetukligi omilidir. Kaykovusning «Qobusnomasi»dan tortib Al Xorazmiy, Forobiy,Beruniy, Ibn Sino asarlarida, Y.X.Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Xibatul xaqoyiq», A.Avloniyning «Turqiy Guliston yoxud axloq» asarlarida Sharq xalqlari, xususan o`zbek xalqining xarakteriga xos bo`lgan ota-onalarni hurmatlash insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, mehmondo`stlik, ma’rifatparvarliligi, onani ulug‘lash, bolalarga mehru muhabbat kabi fazilatlar bilan dunyoga taralgan.

TARBIYADA MILLIY UDUM VA ODATLAR

  • Mehnatsevarlik, yerga mehr qo`yish, dehqonchilik, kasbga ixlos, mehmondo`stlik, mehr-shafqatlilik, odamgarchilik, ota-onaga hurmat, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug‘lar o`rtasidagi mehr oqibatlilik, peshona terisi evaziga topilgan rizq-nasibaga qanoat qilib yashash, oila, bola-chaqaga vafo sadoqatlilik, lafz xalollik, xojatbarorlik, yetim-yesir, beva-bechoralarga muruvvatlilik xalqimizga xos odatdir.
  • Ajdodlarimiz xalolu-pok, kishi haqidan xazar qiluvchi, vujudlari xalollik bilan yo`g‘rilgan kishilar bo`lgan. Ular bu odatlarimiz farzandlari, nabirilari yon-atrofdagi yosh yalanglarga ham ustalik bilan singdira olganliklarini bilamiz. O`zbek xalqi o`zining ruxiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xulq-atvori, milliy tuyg‘usi, mijozi, didi, ta’bi bilan boshqa millatlardan ajralib turadi. O`zbekm millatining sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri saloxiyatning ma’lum yo`nalishiga qaratilganligi, extiyoji va qiziqishi, milliy ongi o`ziga xos betakror xususiyatga ega. Milliy ruxiyatning tarkibiy qismlari nimalardan iborat milliy xususiyat-muayyan millat fazilatlarining o`ziga xos xislarlari majmuasidan iborat.
  • Milliy xususiyat o`z ichiga irodaviy sifatlar (Mustaqillik, intizomlilik, samimiylik, xaqqoniylik. insonparvarlik va x.k.) qamrab oladi.

Tarbiya o`z o`zini tarbiyalash va qayta tarbiyalsh.

  • Bolada o`z-o`zini tarbiyalashga ehtiyoj, ya’ni kishida o`z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo`lgandagina tarbiya jarayoni samarali bo`lishi mumkin. Bu ish shaxsning jamiyat talablariga va shaxsiy rivojlanish rejasi talablariga javob beradigan xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan.
  • Bolalarda o`z-o`zini tarbiyalash jarayoni maktab va oiladagi butun tarbiyaviy ishning ta`siri ostida ro`y beradi. Bola tarbiya jarayonining ham ob’yektiv ham sub’yektivdir. Shu kababli o`zini o`zi tarbiyalash, o`z ustida faol ish olib borayotgan bir paytda o`z kamchiliklarni anglash, ularni o`z shaxsidagi afzalliklari va kamchiliklar bilan kiyoslash, Axloqidagi xarakteridagi nuksonlarni tuzatish istagi, shaxs kamolotidagi zarur bosqichdir.

Tarbiya o`z o`zini tarbiyalash va qayta tarbiyalsh.

  • Olimlarning ta’kidlashicha (V.G.Dragunova, A.I.Kavalev, A.N.Kochetov, L.I.Ruvinskiy) o`z-o`zini tarbiyalash elementlari bog‘cha yoshidayoq ko`rinadi (to`g‘ri so`zlash, gigiyena qoidalariga rioya qilish, kun tartibini saqlash...)
  • O`quvchilar o`z-o`zini tarbiyalash rejsini tuzishdan avval o`z xulq atvori va xarakterining qaysi tomonlarini qaysi tomonlari ustida ishlash lozim bo`lsa, anna shu tomonlarini o`qituvchi yordamida aniqlab olishi lozim.
  • O`z-o`zini tarbiyalash metodlari: shaxsiy majburiyatlar, o`z ishi haqida hisobot, o`z xatti-xarakatlarini taxlil qilish, o`z-o`zini nazorat qilish, o`z-o`ziga baho berish.

Tarbiya o`z o`zini tarbiyalash va qayta tarbiyalsh.

  • Tarbiya metodlaridan unumli foydalanish shuningdek o`qituvchilarning pedagogik maxoratiga, o`quvchilar psixologiyasini yahshi bilishiga, bola yashayotgan qonqret pedagogik vaziyatning tabiati bilan qanchalik hisoblashishiga ham bog‘liq.

Download 132.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling