Tarix fakulteti Maktab mnejmenti ta`lim yo‘nalishi “Iqtisodiyot” fanidan mm 201 guruh talabasi Farruxov Abdulatif Baxtiyo’r o’gli “Bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlatning moliyaviy siyosati


Download 17.89 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi17.89 Kb.
#1141113
Bog'liq
такриз


Tarix fakulteti Maktab mnejmenti ta`lim yo‘nalishi “Iqtisodiyot”
fanidan MM 201 guruh talabasi Farruxov Abdulatif Baxtiyo’r o’gli “Bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlatning moliyaviy siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vazifalari” mavzusida yozilgan kurs ishiga
TAQRIZ
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o’tgan davr mobaynida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriybuyruqbozlik tizimidan mеros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirib, rivojlantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2022-yildagi PQ-90 sonli ‘’Kapital bozorni qo’llab quvvatlashning samarali mexanizmlarni joriy etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida’’gi qarorlarida Iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilish qonun va qonuniyatlarini chuqur va har tomonlama o’rganishda eng avvalo «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli bеqiyosdir. U mazkur vazifani o’zining yuksak ma’naviyatli shaxsda iqtisodiy bilim va madaniyatni shakllantirish, nazariy bilim va qoidalarni amaliyotga joriy etish, g’oyaviy-tarbiyaviy, mеtodologik funktsiyalari orqali amalga oshiradi.
Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne`matlari ishlb chiqarishni ob`ektiv zarur qilib qo`yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Jamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne`matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog`liq holda yuz beradi.
“Iqtisodiyot har bir kishining, har bir oilaning, jamoa va umuman jamiyatning hayotida muhim o`rin tutadi. Iqtisodiy ahvolga qarab ijtimoiy hayot shakllanadi. Xalqimizda avvalo iqtisod, keyinsiyosat degan iboraning ishlatilishi bejiz emas, albatta. Iqtisodiyot – bizning nafaqat bugungi, balki ertangi hayotimiz, hozirgi va kelajakdagi farovonligimiz,
Kurs ishi kirish 2 bob, 4 paragraf xulosa va foydalanilgan adabiyotlarro‘yxatidan iborat. Albatta kurs ishini bajarishda texnik xarakterga ega bo‘lgan bir qator kamchiliklar jumladan kurs ishini bajarishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan ham foydalanish kabi masalalar mavjud edi. Ular talaba tomonidan bartaraf etildi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda kurs ishini komissiya oldida himoya etishga tavsiya etish mumkin.


Ilmiy rahbar: B.S.Berdiyorov
Download 17.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling