Mavzu: Kompleks-iqtisodiy tahlilning sistemasini yaratishning zaruriy shart-sharoiti
Download 152.95 Kb.
|
iqtisodiy tahlil MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tahlil tushunchasi
Mavzu: Kompleks-iqtisodiy tahlilning sistemasini yaratishning zaruriy shart-sharoiti. Reja:
1.Iqtisodiy tahlil tushunchasi 2. Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari va ularni turlari 3.Kompleks-iqtisodiy tahlil sistemasini yaratish 4.Xulosa Iqtisodiy tahlil tushunchasi Ma’lumki xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning har tamonlama kuchli va raqobatbardoshligini oshirish muxim ahamiyat kasb etadi.Yangi ochilgan korxonaning uzoq davr faoliyat ko’rsatishi va yuqori rentabelikka erishishi uchun albatta uning iqtisodiy holatining tahlilini olib borishimiz zarur bo’ladi.Shunday ekan avvalambor iqtisodiy tahlil tushunchaasiga izoh berib o’tishimiz kerak. Iqtisodiy tahlil xo`jalik jarayonlarida sodir bo`lgan hodisa va jarayonlarni tahlil usullari orqali o`rganib, tegishli xulosalar va takliflarini berishi mumkin bo`ladi. Hisob va iqtisodiy tahlil xo`jalikni boshqarishda asosiy vosita bo`lishi kerak. Binobarin, korxonalar, konsernlar, birlashmalarni mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va natijalari kundalik hisob va hisobotda o`z aksini topadi. Demak, iqtisodiy tahlil korxonalar faoliyatini nazorat qilishda, xo`jalik hisobini mustahkamlashda, iqtisodiy tejamni o`tkazishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, ilg’or tajribalarni tarqatishga, ish faoliyatida mavjud bo`lgan kamchiliklariga barham berishda va ichki xo`jalik rezervlarini aniqlashda muhim vosita sifatida qo`llaniladi. Bozor iqtisodiyoti davrida mulkchilik va xo`jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar korxonalar ishlab chiqarishni samarali tashkil etish eng avvalo tizilmada boshqaruv rolini oshirishdan boshlanadi. Chunki, boshqaruv vositasida korxona o`z oldidagi vazifalarni hal qiladi va qo`yilgan maqsadga erisha boradi. Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida Respublikamizda muxtaram prezidentimiz tomonidan olg’a surilgan “Kichik biznes va xususiy korxonalarni rivojlantirish” fikrlari Respublikamizda korxonalarning ko’payishi va ularni rivojlantirish ta’minlaydi.Bu korxonalarni uzoq va foydali faoliyat yuritishda korxonalrning iqtisodiy tahlilni to’g’ri olib borishimiz zarur bo’ladi.Buning uchun esa iqtisodiy tahlil fanini chuqur o’rganishimiz zarur bo’ladi.Iqtisodiy tahlilni yirik ikkita katta guruhga bo’lib o’rganishimiz mumkin bo’ladi.Bular: 1.Mikrotahlil 2.Makrotahlil Download 152.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling