Tahlil uchun kerakli manbaalarni to`g`riligini tekshirish.
Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbaalarni ishonchliligini, aniqliligini va to`g`riligini tekshirish natijalarni samarali bo`lishiga zamin yaratadi. Kerakli manbalarning turli- tumanligi, sermazmunliligi va ko`pligi ularning sifatli shakllanishiga e’tiborni qaratilishni taqozo etadi. Barcha yig`ma ma’lumotlarni har tomonlama to`g`riligini tekshirish:
Texnik
Mazmunan turlariga ajratiladi.
Texnik tekshirish, axborot manbaalarini arifmetik jihatidan to`g`riligini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko`rsatkichlarning bir- biriga mosligini e’tiborga olgan holda o`rganishdir.
Mazmun jihatidan tekshirish, ma’lumotlarning haqoniy ekanligi, unda aks ettirilgan raqamlarning haqiqatda borligi aniqlashni o`z ichiga oladi. Bunday tekshirish o`z ichiga buxgalteriya hisobi boshlang`ich hujjatlaridagi keltirilgan raqamlarni inventarizatsiya o`tkazish orqali taqqoslash, sanab ko`rish va o`lchash yo`li bilan to`g`riligiga ishonch hosil qilishdir.
Ayniqsa yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarini mazmunan tekshirish tahlil ishlarini samarali o`tishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy hisobotning turli shakllaridagi ma’lumotlarni bir- biriga mosligini o`rganish quyidagi jadvalda keltirilgan.
Moliyaviy hisobot ma’lumotlarini bir- biriga mosligini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |