Mavzu: Kompleks-iqtisodiy tahlilning sistemasini yaratishning zaruriy shart-sharoiti
Download 152.95 Kb.
|
iqtisodiy tahlil MI
Kompleks tahlil – bu xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlarini makon va zamon nuqtai nazardan barcha tuzulmalar bilan birga batafsil tahlil qilishdir.
Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo`nalishini ko`rsatish mumkin: 1). Sanoat korxonalarining xo`jalik faoliyatini tahlil qilish; 2). Xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish. Bunda qtisodiy rayonlar, hududlar va butun halq xo`jaligini tahlil qilish tushuniladi. uni aytish kerakki, halq xo`jaligini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o`rin olmagan bo`lib, u siyosiy iqtisod va tarmoqlar iqtisodiyoti ko’rslarida o`rganiladi. Xolbuki, korxonalarning xo`jalik faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar qatoridan o`ziga hos mustaqil o`rin olgan. Hozirgi sharoitda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishda, iqtisodiyotdagi noqulay yo`nalishlarni tez bartaraf etishda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta isloh qilishni jadallashtirish birinchi navbatdagi vazifadir. Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari iqtisodiyotni boshqarishni qayta qurishning mohiyati va uni amalga oshirish tamoyillari bilan bevosita belgilanadi. Iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurishning mohiyati – barcha darajalarda asosan ma’muriy raxbarlik usullaridan iqtisodiy usullarga, manfaatlar orqali boshqarishga, boshqarishni keng demokratiyalashga, inson omilini butun choralar bilan kuchaytirishga o`tishdir. Hozirgi bosqichda tub islohotni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti afzalliklarini mumkin qadar to`laroq ro`yobga chiqarish imkonini beradigan yaxlit, samarali va epchil boshqarish sistemasini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Xo`jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish va barcha omillarni tekshirishni muntazam va kompleks tarzda o`tkazishga yondoshish, tahlil usulining eng muhim xususiyatlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu o`rinda muntazam tahlilni kompleks tahlil bilan almashtirish aslo mumkin emas. Ob’ektni ierarxik usul (bo`ysunish tartibi) orqali boshqarish, masalan, tsex korxonaning, korxona birlashmaning, birlashma tarmoqning bir qismi va hokazo sifatida o`rganish sistemali tahlilga misol bo`ladi. Kompleks tahlilda barcha ko`rsatkichlar o`rganiladi. Tahlil usulining o`ziga xos xarakterli xususiyatlaridan biri - iqtisodiy ko`rsatkichlarning hartomonlama bir-birlari bilan sababiy bog’lanishida ekanligidir. Bu borada tahlilning vazifasi ana shu sabablarni aniqlashdir. Shuni ta’kidlash kerakki, hatto ayrim olingan iqtisodiy ko`rsatkichga bir qancha sabablar ta’sir ko`rsatadi. Binobarin, bu sabablar harakatini aniqlash juda ham murakkabdir. Shu sababli asosiy va hal qiluvchi sabab va omillar ta’sirini aniqlash kerak. Shunday qilib, tahlilning dastlabki sharti xo`jalik faoliyatiga ta’sir etuvchi sabablarni iqtisodiy belgilariga qarab to`g’ri turkumlash zarur. Masalan, tovar mahsuloti hajmining o`sish sur’atiga ta’sir etuvchi omillar uch guruhga umumlashtiriladi: 1)Mehnat omillari. Bunga korxonaning ishchi kuchi bilan ta’minlanishi, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi kiradi. 2)Mehnat vositalari omiliga esa korxonaning asosiy fondlar bilan qay darajada ta’minlanganligi, ularning hajmi, strukturasi (tuzilishi), o`sish sur’atlari, texnik holati va ulardan foydalanishning samaradorlik darajasi singari masalalar kiradi. 3)Mehnat predmetlari omillari. Bularga korxonaning xom ashyo va asosiy materiallar bilan ta’minlanganligi, ulardan foydalanish, samaradorlik darajasi kabi masalalar kiradi. Yuqorida sanab o`tilgan omillar o`ziga xos mustaqil ma’noga ega bo`lishi bilan birga o`zaro bir-biri bilan uzviy ravishda bog’langandir. Tahlil bosqichlari. Analitik jarayonni muvaffaqiyatli o`tkazishning garovi uni har tomonlama puxta tashkil qilishdir. Analitik jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:
tahlil dasturini tuzish; tahlil uchun ma’lumotlar tanlash va ularni tekshirish; ko`rsatkichlarni tanlash va hisoblash; ko`rsatkichlarni analitik jihatdan qayta ishlash va taqqoslash; tahlil natijalarini umumlashtirish korxona hamda tashkilotlar faoliyatida sodir bo`lgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun chora va tadbirlar ishlab chiqish; hamda aniqlangan ichki xo`jalik rezervlaridan foydalanish. Dastursiz bajariladigan tahlil, yoxud o`rganiladigan masalalar ko`lamini aniq belgilamaslik o`z navbatida tahlil natijalariga putur yetkazadi. Shuning uchun analitik ishlarni tashkil qilish borasidagi eng mas’uliyatli vazifa-iqtisodiy tahlil dasturini tuzish hisoblanadi. Tahlil dasturni tuzish. Tahlil dasturining hajmi va mazmuni undan ko`zlangan maqsadga bog’liq. Masalan, tahlil kompleks tarzda o`tkazilishi mumkin. Bunda korxona va tashkilotlar faoliyatining hamma tomonlari chuqur o`rganiladi. Yoki ishning qandaydir bir tomonini o`z ichiga olgan tematik (tanlanma) tahlil bo`ladi. Kompleks tahlil o`tkazilganda oylik, kvartallik va yillik hisobot materiallari asosida analitik bayonot yozishda qo`llaniladigan jadvallar maketi yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak. Masalan, butun moliya-kredit tizimi bo`yicha tahlil Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan umumiy va yagona dastur, usul hamda umumiy analitik jadvallar maketi asosida olib borilsa edi, avvalgidek, bu maqsadga muvofiq bo`lar edi. Agar tanlanma tahlil o`tkazilsa, u holda dasturda uning mavzui, hajmi, qanday manba va ma’lumotlarga asoslanishi, tahlilni bajaruvchi shaxs, ishning bajarilish muddati ko`rsatilishi kerak. Tahlil uchun materiallarni tayyorlashda joriy hisobda berilmaydigan ma’lumotlarni aniqlash katta ahamiyatga molik. Masalan, ishchilarning bekor turib qolish sabablarini aniqlash uchun bevosita kuzatuv olib borish kerak. Bunda ish kunini fotografiya qilish orqali yoki ushbu uchastkada band bo`lgan ishchilar va boshqa xodimlarning fikr - mulohazalarini bilish orqali yuqorida aytilgan kamchiliklarning sabablari aniqlanadi. U yoki bu axborotlar manbaidan foydalanish, tahlil dasturini tuzishda hisobga olinishi kerak. Ma’lumotlarning to`g’riligi va aniqligini tekshirishdan so`ng ularni qayta ishlashga o`tiladi. Download 152.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling