Tarix va falsafa fakulteti «sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi» yo’nalishi doniyorov shaxboz ahror o’G’LI
Download 61.99 Kb.
|
Doniyorov Shaxboz. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - Bob. Turkiyada harbiylar rolining oshishi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 6
- 2 - Bob. Zamonaviy davrda Turkiya armiyasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . 23
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI TARIX VA FALSAFA FAKULTETI«SHARQ MAMLAKATLARI TARIXI VA ANTROPOLOGIYASI» YO’NALISHI DONIYOROV SHAXBOZ AHROR O’G’LI“Turkiyada armiyaning roli” mavzusida Kurs ishi Talaba: Doniyorov. Sh. A. O’qituvchi: Dotsent, t.f.n.Xudoyqulov.А. X Тoshkent – 2021 MUNDARIJA Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 1 - Bob. Turkiyada harbiylar rolining oshishi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 6§ 1.1. Yosh turklar va armiya nufuzining oshishi. . . . . . . . . . . . . . . . . . 6 § 1.2. Mamlakatda harbiylarga doir siyosatning yuritilishi . . . . . . . . . . . . . . . . 10 2 - Bob. Zamonaviy davrda Turkiya armiyasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . 23§ 2.1. Mamlakatda armiyaning siyosiy holatga ta’siri. . . . . . . . . . . . . . . . . . 23 § 2.2. Zamonaviy siyosat armiya nufuziga ta’siri. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 30 Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 42 Adabiyotlar ro'yhati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 43 Kirish Ushbu ishda birinchi jahonb urushidan so’ng Turkiyaning davlat suvereniteti uchun olib borilgan “Milliy ozodlik urushi” va davlat mustaqillikka erishilishida yangi qo’shinning tashkil etilishi va uning davlat siyosatidagi o’rni ko’rsatilganlgan. Maqolada yangi turk armiyasining shakillanishida Mustafo Kamol Otaturkning o’rni va Turkiyada armiyaning axamiyati oshib borishi sabablari o’rganilgan. Ushbu maqola XX asrdagi Turkiya Respublikasining tashkil topishida milliy armiyaning o’rni va ahamiyati haqida yangi ma’lumotlar beradi. Maqolada bevosita ozodlik urushi qatnashchilari esdaliklari nusxalari tarjimasi va ushbu masala bo’yicha uzoq muddat tadqiqot olib borgan Turkiya tarixchilari, shu bilan bir qatorda ingliz olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlardan foydalanilgan. Ushbu maqolaning dolzarblik tomoni -bugungi kunda Turkiya Respublikasi dunyoning taraqqiy etayotgan davlatlaridan biridir vas hu sabab ushbu davlatlar taraqqiyoti sabablarini o’rganish va taxlil qilish asosiy vazifalarimizdan biridir. Bugungi kunda Turkiya Respublikasi xalqaro maydonda o'z o'rniga ega davlat hisoblanadi. Yevropa va Osiyo qitʼalarini bogʻlab turgan ushbu davlatdagi siyosiy voqealar ushbu davlat bilan chegaradosh boʻlgan davlatlarga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Turkiya uzoq vaqtdan beri faol tashqi siyosat olib boradi. Uning tashqi siyosatdagi dastlabki harbiy harakatlardagi ishiroki 1950-53- yillardagi Koreya urushidan boshlanib hozirgacha davom etib kelmoqda. Bu o'rinda Turkiyaning xalqaro maydondagi nufuzi uning faol tashqi siyosati bilan bog'liq. Shu sababli Turkiyada harbiylarning davlat siyosatidagi o'rni ko'plab olimlar tomonidan o'rganiladi Turkiya siyosatida esa harbiylar nufuzi ancha yuqori. Turkiya bugungi kunda NATO a'zosi va ushbu tashkilotda qurolli kuchlar jihatidan AQSH dan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Lekin shunday bo'lsada bu davlatda XX asrdan 2015 yilgacha harbiylar tomonidan juda koʻp davlat to'ntarishlari amalga oshirilgan.1 Yevropa siyosatchilari nazariyasiga ko'ra har 10-20 yil ichida Turkiyada harbiy isyonlar bo'lib turishi ehtimoli mavjud. Bunga sabab esa jamiyatda va davlat siyosatida harbiylar nufuzining usmoniylar davridan beri balandligi, qadimdan Turkiyada harbiylar roli baland bo’lganligi va davlatning 1919-1923-yillarda harbiy yo'l bilan suverenitetga ega bo'lishida terrorizm havfiga yaqin mintaqada joylashganligi va mamlakatda etnik muammolar mavjudligi bilan izohlanadi.2 Biz ushbu maqolada Turkiyada milliy armiyaning tashkil topishi va armiyaning davlat siyosatidagi o'rnining kuchayib borishini bayon etamiz. 3 Download 61.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling