Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma'naviy qadriyatlar


Download 79.21 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi79.21 Kb.
#1409292
Bog'liq
Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma\'naviy qadriyatlar

Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma'naviy qadriyatlar

Reja:

  • 1.Jamiyat va tarix o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari
  • 2. Ijtimoiy hayot sferalari. Jamiyatning moddiy asosi.
  • 3. Jamiyatning ma’naviy asoslari
  • Olamni bilish nafaqat tabiat balki jamiyat hodisalarini falsafiy tahlil etishni taqozo etadi. Shuning uchun ham jamiyat nima, u qanday qilib paydo bo’lgan, jamiyat taraqqiyotining manbai nimada kabi savollar kishilarni doimo qiziqtirib kelgan. Jamiyatning kelib chiqishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlari haqida Sharq mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar bir qancha ajoyib fikrlarni ilgari surganlar.
  • Forobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida, jamiyat insonlarning xohishi bilan o’zlariga kerak bo’lgan iste’mol mahsulotlarini birgalashib ishlab chiqarish niyatida tashkil etilgan jamoa birlashmasi, deb yozadi.
  • “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, insonlarni bir-birlariga bog’lovchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”.
  • Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993. -183-184-betlar.
  • Beruniyning fikricha, jamiyat insonlar tomonidan “shartnoma” asosida tuzilgan. Uningcha, “inson o’z ehtiyojlarini tushunib, o’ziga xos o’xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun o’zaro kelishuvchanlik qabilidagi “shartnoma” tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilishi ham zarurdir”.
  • Buyuk siymolar, allomalar.-T.,1995.-51-bet.
  • Beruniyning fikricha, jamiyat insonlar tomonidan “shartnoma” asosida tuzilgan. Uningcha, “inson o’z ehtiyojlarini tushunib, o’ziga xos o’xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun o’zaro kelishuvchanlik qabilidagi “shartnoma” tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilishi ham zarurdir”.
  • Buyuk siymolar, allomalar.-T.,1995.-51-bet.
  • Olmon faylasufi Gegelning ko’rsatishicha, jamiyatning tarixiy taraqqiyoti, uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarning asosiy sababi “mutlaq g’oya”ga bog’liqdir. U o’zining “Falsafa tarixi” asarida “mutlaq g’oya” kishilik jamiyati tarixini harakatga keltiruvchi kuch, deb ko’rsatadi.
  • Tabiat va jamiyatning taraqqiyoti ham, ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti ham “mutlaq g’oya”, abadiy ruh taraqqiyotidan kelib chiqadi, degan qarash Gegel falsafasining asosiy g’oyasini tashkil etadi.
  • Jamiyat taraqqiyoti sabablarini g’oyalarga bog’lab tushuntirish, dunyoni aql idora qiladi deb hisoblash faqat Gegel ta’limoti uchungina emas, balki Feyerbaxga ham xosdir.
  • Taraqqiyot hech qachon to’xtab qolmaydi. Insoniyatga xos bo’lgan o’sish, o’zgarish va rivojlanish bir tuzumdan boshqasiga o’tish jarayonidagina emas, ayni paytda har bir tuzum doirasida quyi bosqichdan yuqori bosqichga tomon rivojlanish jarayoniga ham xosdir.
  • Tarix o’zgaruvchandir. Bu o’zgaruvchanlik insoniyat jamiyati hech qachon bir nuqtada turib qolmasligi, ijtimoiy taraqqiyot vaqt singari orqaga qaytmaydigan jarayondan iboratligini ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti hamisha bitta yo’ldan, o’tmishdan hozirga, hozirdan kelajakka tomon boradi.
  • Ijtimoiy taraqqiyot, bu jamiyat taraqqiyoti. Bu – uning o’tmishdan hozir orqali kelajak sari o’zgarib borishidan iborat bo’lgan jarayondir. Insoniyat bir necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani o’rganadi. Tarix yunoncha “historian” so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqealar haqida hikoyalar, bo’lib o’tgan hodisalar, degan ma’noni anglatadi.
  • Insoniyat o’tmishining o’ziga xosligi, ko’p xilligini o’rganish asosida ijtimoiy bilimlar hosil bo’ladi. Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki istoriosofiya shug’ullanadi.
  • Qadimdan olimlar tarixni falsafiy jihatdan anglashga intilganlar.
  • Tarixni anglash – insoniyat tarixining mohiyatini, yo’nalishini tushunish, demakdir. Bunday anglashning asosida «Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyot jarayonida o’zgarib boradimi? Agar o’zgarib borsa, bu o’zgarishlar qanday tarzda kechadi?» degan savollarga javob berishni talab qiladi.
  • Bular.
  • Tarixiy jarayonlar, ijtimoiy taraqqiyotning chiziqli nazariyalari
  • Tarixiy aylanma nazariyasi.
  • Tarixiy taraqqiyot haqidagi hozirgi zamon nazariyalari.
  • Tarixiy taraqqiyotning chiziqli taraqqiyot ekanligi haqidagi qarashlar

Download 79.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling