Tarmoqning dastur ta’minoti


Download 27 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi27 Kb.
#1459074
Bog'liq
TARMOQNING DASTUR TA


TARMOQNING DASTUR TA’MINOTI
Axborot-hisoblash tarmoqlarining dastur ta’minoti quyidagilarni ta’minlaydi: tarmoqning asosiy bug’inlari va еlementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish; tarmoqning barcha resurslariga jamoa bo’lib murojaat qilishni tashkil еtish; ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish maqsadida resurslarni dinamik taqsimlash va qayta taqsimlash; tarmoq qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatishni va ishga yaroqliligini nazorat qilishni o’tkazish.
Tarmoqning dastur ta’minoti uch qismdan tashkil topgan:
• umumiy dastur ta’minoti;
• tizimli dastur ta’minoti;
• maxsus dastur ta’minoti.
Umumiy dastur ta’minoti tarmoq tarkibiga kiruvchi alohida kompyuterlarning bazaviy dastur ta’minotining tashkil еtuvchilaridan hosil bo’ladi va o’z ichiga operacion tizimlarni, dasturlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimini va texnik xizmat ko’rsatish tizimini oladi.
Tizimli dastur ta’minoti tarmoqning barcha resurslarini o’zaro harakatini, umumiy tizimniki kabi, qo’llab-quvvatlovchi dastur vositalarining kompleksi ko’rinishga еgadir.
Maxsus dastur ta’minoti foydalanuvchilarni tez-tez echiladigan masalalarning dasturlari bilan maksimal ta’minlash uchun mo’ljallangan va mos ravishda foydalanuvchi mavzu sohasining xususiyatiga mo’ljallangan uning amaliy dasturini o’z ichiga oladi.
Dastur ta’minotidagi alohida rol operacion tizimga ajratiladi; ular umumiy dastur ta’minoti tarkibida ham (alohida kompyuterlarning operacion tizimlari), tizimli dastur ta’minoti tarkibida ham (serverda yoki bitga darajali tarmoqning kompyuterlaridan bitgasiga o’rnatiladigan tarmoqli operacion tizim) mavjud.
Tarmoqli operacion tizim o’z tarkibiga boshqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plamini oladi, bu dasturlar quyidagilarni ta’minlaydi:
— tarmoqning hamma bo’g’inlari va еlementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish;
— tarmoq еlementlari bo’yicha resurslarni tezkor taqsimlash;
— topshirikdar oqimini hisoblash tarmog’ining uzellari O’rtasida taqsimlash;
— masalani echishning ketma-ketligini o’rnatish va ularni umumtarmoq, resurslari bilan ta’minlash;
— tarmoq еlementlarini ishga yaroqligini nazorat qilish hamda kirish va chiqish ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash;
— ma’lumotlarni va hisoblash resurslarini ruxsat еtilmagan murojaat qilishlardan himoya qilish;
— tarmoqning ma’lumot, dastur va texnik resurslarining ishlatilishi to’g’risida ma’lumotnoma berish.
Operacion tizimlarning funkcional imkoniyaglari utilitalar — amaliy vazifalarni bajarish uchun operacion tizim tomonidan ishlatiladigan maxsus dasturlar yordamida kengaytiriladi.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling