Tarozi toshlari kalibrovkalashdan o‘tkazish bo‘yicha xujjatga binoan, tarozi
Download 33.63 Kb.
|
Ezoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi ko‘rik
- Tarozi toshlari o‘lchamlarini aniqlash
- Tarozi toshlari yuzasini g‘adir budirligini aniqlash
- Tarozi toshi materialining zichligini aniqlash
- Tarozi toshlari materiallarini nisbiy magnit singdiruvchanlikka tekshirish
- Kalibrovkalashdagi tarozi toshlarini massasini aniqlash
Tarozi toshlari kalibrovkalashdan o‘tkazish bo‘yicha xujjatga binoan, tarozi toshlarining shartli massasi qiymati aniqlanadi va tarozi toshlari dastlabki, shuningdek davriy kalibrovkalashda quyidagi operatsiyalar bajarilishi va quyidagi ketma – ketlikda ko‘rsatilgan xarakteristikali kalibrovkalash vositalari qo‘llanilishi kerak: Tashqi ko‘rik.Tashqi ko‘rik davridatarozi toshlariniquyidagi talablarga mos kelishi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak: - tarozi toshlarining tashqi qoplamasi sifati, shakli, markirovkasi, komplektligi va tarozi toshlari yig‘indisini tarkibi GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak; - g‘iloflar sifati GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak; - pinset ustida o‘tkir qirralar, tirnalgan joylar va to‘rlanganliklar bo‘lmasligi kerak; - tarozi toshlarining yuzasida yoriq joylar, yorilgan joylari, korroziya izlari, bukilgan joylari, tirnalgan joylar, dog‘lar bo‘masligi kerak. Tarozi toshlari o‘lchamlarini aniqlash: - Ishlab chiqarishda chtqarilgan tarozi toshlarining asosiy o‘lchamlari kalibrovka qilinayotgan partiyaning umumiy sonining 5% ichidan tanlov asosida amalga oshiriladi. - Tarozi toshlarining asosiy o‘lchamlari GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak. Tarozi toshlari yuzasini g‘adir budirligini aniqlash: - Tarozi toshlarining g‘adir budirligi kalibrovkalanayotgan tarozi toshlari partiyasidagi umumiy sonining 5% gacha bo‘lgan sonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. - Tarozi toshlarining g‘adir budirligi GOST 9378 bo‘yicha namuna g‘adir bo‘dirliligi bilan solishtirish yoki qurollanmagan ko‘z bilan aniqlanadi. - Tarozi toshlarining g‘adir budirligi GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak. Tarozi toshi materialining zichligini aniqlash: - Tarozi toshlari zichligini aniqlash faqatgina E2 aniqlik sinfidagi toshlar ishlab chiqarishdan chiqarilgandan so‘ng qalibrovkalanayotgan tarozi toshlarining umumiy sonini 5%da o‘rnatilgan tartib bo‘yicha, tasdiqlangan va attestatsiyalangan o‘lchashlarni bajarish uslubiyotiga binoan amalga oshiriladi. - Tarozi toshlarining zichligi GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak. Tarozi toshlari materiallarini nisbiy magnit singdiruvchanlikka tekshirish: - Tarozi toshlari materiallarini nisbiy magnit singdiruvchanlikka tekshirishlar faqat E, F va M aniqlik sinfidagi tarozi toshlari ishlab chiqarishdan chiqgandan so‘ng o‘rnatilgan tartib bo‘yicha, tasdiqlangan va attestatsiyalangan o‘lchashlarni bajarish bo‘yicha uslubiyotiga binoan amalga oshiriladi. 141 - Tarozi toshlari materiallarini nisbiy magnit singdiruvchanligi GOST 7328 talablariga mos kelishi kerak. Kalibrovkalashdagi tarozi toshlarini massasini aniqlash komporator yordamida solishtirish usuli bilan aniqlanadi. Bunda sxemalar bo‘yicha almashtirish usuli qo‘llaniladi: AVVA (A – namunaviy, V – kalibrovkalanayotgan tarozi toshlari yoki kalibrovkalanayotgan tarozi toshlarining yig‘indisi), AVA va “AVAVA…”, AV1 ..… VnA modifikatsiyalar. AVVA: A11 - V11 - V21 - A21 - A12 - V12 - V22 - A22 -. . .- A1n - V1n - V2n - A2n sxemasi bu erda n– solishtirish sikllarining soni. AVA: A11 - V11 - A21 – A12 - V12 - A22 - . . .- A1n - V1n - A2n sxemasi bu erda n– solishtirish sikllarining soni. AVAVA: A11 - V11 - A21 - V12 - A22 - . . .- A2 n-1 - V1n - A2n sxemasi bu erda n– solishtirish sikllarining soni. YUqorida keltirilgan solishtirish sxemalarining qaysi biri qo‘llanilganda ham komporatorni yuklash vaqt oralig‘i doimo bir xil bo‘lishi kerak bo‘ladi. Taralash va natijalarni fiksatsiyalashni ko‘rsatkichlarni stabilizatsiyalanishidan so‘ng bir xil vaqt ichida amalga oshirish tavsiya qilinadi. AVVA sxemasi bo‘yicha elektron komporatorlar uchun almashtirish usuli: a)Komporator chashkasiga mos nominaldagi A namuna tarozi toshini o‘rnatamiz, va komporator stabilizatsiyalanishdan so‘ng displeyni nollaymiz. A tarozi toshi komporator chashkasidan olinadi, va tarozi toshi komporator vitrinasi tashqarisiga olib chiqiladi. So‘ngra yana tarozi toshi komporator chashkaga o‘rnatiladi va A11 ko‘rsatkich qiymati yozib olinadi; b)A namuna tarozi toshi o‘rniga komporatorning chashkasiga kalibrovkalanayotgan V tarozi toshi o‘rnatiladi, B11 ko‘rsatkichi qiymati yozib olinadi; v) Kalibrovkalanayotgan V tarozi toshi komporator chashkasidan olinadi, va uni komporator vitrisina tashqarisiga olib chiqiladi va yana takror tarozi toshi komporator chashkasiga o‘rnatiladi va V21 ko‘rsatkich qiymati yozib olinadi; g)Kalibrovkalanayotgan V tarozi toshi komporator chashkasidan echib olinadi va komporator chashkasiga namunaviy A tarozi toshi qo‘yiladi. A21 ko‘rsatkich qiymati yozib olinadi; Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling