«tasdiqlayman» 2021 y. Kafedra mudiri A. T. Norqobilov Kursi sh I


Download 283.9 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi283.9 Kb.
#1497292
  1   2   3
Bog'liq
курс иши холматов



TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI Shahrisabz Filiali


OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI va Sanoat uzumchiligi FAKULTETI


OOMT kafedrasi


«TASDIQLAYMAN»
«___» ________2021 y.
Kafedra mudiri A.T.Norqobilov


K u r s i sh i
Ampelografiya fani bo'yicha
Guruh 3-19 talaba Xolmatov A________Rahbar Abdiyev A________

T o p sh i r i q


1.Ishlanadigan kurs ishi (mavzu) Uzumni sharobbop Risling,xo’raki Surxak kitobi va kishmishbop


Sogdiana navlarini agrobiologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi _____________________________________________________________________________


2.Boshlang'ich ma'lumotlar: Risling yalpi mahsulot -306t,hosildorlik-34t\g;


Surxak kitobi yalpi mahsulot-324, hosildorlik-18t\g;
Sogdiana yalpi mahsulot-280, hosildorlik-20t\g
3.Qo'llanmalar:A.Temurov ‘’ Uzumchilik’’, Kurs ishi bo’yicha ‘’ Uslubiy qo’llanma’’
4. Yozma qismining tuzilishi
1. Mundarija
2. Topshiriq
3. Kirish
4. Navlarga tavsif
5. Yetishtirish texnologiyasi
6. Mahsulotlar hisobi
7. Ekologiya va mehnat muhofazasi bo’yicha asosiy tadbirlar
8. Foydalanilgan adabiyotlar
5. Qo’shimcha vazifa va ko’rsatmalar ____________________________________________________

Rahbar __________________________


(imzo


Mundarija



  1. Kirish.........................................................................................................3

  2. Navlarga tavsif.......................................................................................... 6

  3. Yetishtirish texnologiyasi…………………………………………….....11

4. Mahsulotlar hisobi……………………………………………..………...15
5.Ekologiya va mehnat muhofazasi bo’yicha asosiy tadbirlar………….. . . 18
6.Xulosa …………………….. ……………………………...……………..23
7.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………..……………...… 24
KIRISH
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda uzumchilik uzoq, tarixga ega.
mil. av. 4-asrlarda ham tok ekilgani maʼlum. Uzoq, yillar davomida Oʻrta Osiyo xalq seleksiyasida juda qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan yuzlab navlar yaratilgan. Oʻrta Osiyoning deyarli barcha dehqonlik mintaqalarida, ayniqsa, Fargʻona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalarida koʻp ekilgan. Lekin moʻgʻullar istilosi davrida bogdorchilik tanazzulga yuz tutgan. Uzum faqat 15-asrga kelib qayta rivojlana boshladi. Oʻzbekistonda uzumning rivojlanishida Rossiya bogʻdorchilik jamiyatining Turkiston boʻlimi muhim rol oʻynadi. Boʻlim uzumning mahalliy sharoitga moye keladigan eng yaxshi navlarini oʻrganib tavsiya etish, tegishli navlarni boshqa mintaqalar (Qrim, Moldova, Zakavkazye)dan olib kelish ishlarini tashkil qildi. Keyinchalik shu boʻlim asosida Turkiston uzumchilik va vinochilik qoʻmitasi tashkil etildi. Qoʻmita uzumchilik va vinochilikni_ ilmiy asosda rivojlantirish (kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurash), uning agrotexnika usullarini ishlab chiqish bilan shugullandi.
1) bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Uzum aholini yangi uzum, mayiz bilan, vinochilik, konserva sanoatlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Uzumning 4 ta asosiy yoʻnalishi: xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (konserva mahsulotlari, sharbatlar, konsentratlar tayyorlash), vinochilik (xom ashyo
tayyorlash) sohalari mavjud.


Uzum bogʻdorchilikning eng koʻhna tarmoqlaridan biri boʻlib, hozirgi davrda ham koʻpgina mamlakatlarning xalq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Jahonda 84 mamlakatda uzum yetishtiriladi. Tokzorlar maydoni boʻyicha eng oldingi oʻrinlarda Ispaniya (1 mln. 200 ming ga), Italiya (871 ming ga), Fransiya (870 ming ga), Turkiya (560 ming ga), Portugaliya (252 ming ga), AQSH (Kaliforniya shtati, 357 ming ga), Ruminiya (250 ming ga), Eron (260 ming ga), Xitoy (243 ming ga), MDH mamlakatlari ichida Moldova (154 ming ga) turadi. Jahon boʻyicha tokzorlar maydoni 7,4 mln.ga, oʻrtacha hosildorlik 81,7 s/ga. 1999 yilda 60,7 mln. t dan koʻgtroq uzum yetishtirildi, 29,9 mln. t vino, 1,3 mln. t mayiz tayyorlandi. Eng koʻp mayiz AQSH, Eron, Turkiyada tayyorlandi.
20-asr boshlarida Oʻzbekiston hududida 30,6 ming ga tokzor bor edi. 20-yillarning 2yarmidan ixtisoslashtirilgan bogʻdorchilik va uzumchilik davlat xoʻjaliklari tashkil etila boshladi, tog va togʻ etaklari mintakalarida ham bu tarmoqqa jiddiy eʼtibor beriladigan boʻldi. 50-yillar oxiri — 60-yillardan 2500—3000 ga bog va tokzorlarga ega boʻlgan agrokombinatlar tashkil etildi.
Uzum sohasidagi ilmiy tadqiqot va amaliyot ishlari 1948 yilda tashkil etilgan hozirgi Bogʻdorchshshk, uzumchilik va vinochilik institutida olib borildi va Uzumning nazariy va amaliy masalalari, kishmish navlarining hosildorligi hamda gʻujum koʻrinishi sifatini oshirishda oʻstiruvchi moddalar taʼsiri (mas, gibberellin) oʻrganildi, tog va togʻ oldi shagʻalli yerlarda, Mirzachoʻl va Fargʻona vodiysida uzumzorlar barpo qilish uslubi ishlab chiqildi. Int.ning Samarkand filialida 100 ga maydonda uzumning 105 navi oʻstiriladigan tajriba maydoni tashkil qilindi, Oʻzbekistonda ekiladigan toklarning botanik kolleksiyasi yaratildi.
Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida hamda uning viloyatlardagi filiallarida, Butunittifoq oʻsimlikshunoslik instituti Oʻrta Osiyo filialida uzumning Oʻzbekiston muskati, Gʻalaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, Samarkand kishmishi, Joʻrauzum, Tarnoye, Rizamat va oʻnlab navlari yaratildi.

Bu ishlarda akad. M. Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravel, A. V. Ribakov, V. I. Gorbach, Yu. M. Javakyans va boshqa uzumshunos olimlarning , R. Musamuhamedov kabi xalq seleksionerlarining hissasi katta boʻldi.


Hozirgi Oʻzbekiston Uzumda 120 ming ga tokzor mavjud. Uning 70% dan koʻprogʻi Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida joylashgan. Hosil beradiganlari 98,8 ming ga, oʻrtacha hosildorligi 63,1 s/g (2003). Respublikada Uzum maydonlarini kengaytirish, hosildorligini oshirish, jahon bozori talablariga moye maxsulotlar yetishtirishga eʼtibor berilmokda. Uzum yoʻnalishida juda koʻp fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi.Respublikada uzumchilikni rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari kabi uzumchilik xam jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 13 martdagi "2013-2015 yillar davrida respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1937 sonli qarori qabul qilingandan so‘ng ushbu soxaga e’tibor kuchayib, tokzorlar maydoni kengaydi, eski, samarasiz tokzorlar o‘rniga istiqbolli navlar ekilib, rekonstruksiya qilindi.

Download 283.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling