«tasdiqlayman» 2021 y. Kafedra mudiri A. T. Norqobilov Kursi sh I


Download 283.9 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi283.9 Kb.
#1497292
1   2   3
Bog'liq
курс иши холматов

2.NAVLARGA TAVSIF


RISLING navi Germaniyada yaratilgan. 1959 yildan Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg’ona, 1967 yildan Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Bu o’rtapishar navdan asosan har xil sharoblar tayyorlanadi. Nav sovuqqa chidamli, tupi o’rtachadan katta. Un shudring va mildyu kasalliklari bilan kasallanadi. Uzum shingili o’rtacha va mayda, vazni – 149 g. Shakli silindr yoki silindr-konussimon. G’ujumi o’rtacha, dumaloq, rangi och yashil, ko’kimtir g’uborli yoki sarg’ish-yashil, mevasi pishganda quyosh tomoni tillajigarrang. Eti sershira, mazasi nordon-shirin, og’izda eriydigan, o’ziga xos xushbo’y. Hosildorligi – 224,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi 290,7 s/ga ni tashkil etadi.
.





SURXAK KITABSKIY navi Tojikiston mahalliy navi. 1973 yildan Respublika bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Bu nav ertapishar bo’lib, sovuqqa chidamliligi bo’yicha boshqa O’rta Osiyo navlaridan farq qilmaydi, un shudring bilan kam zararlanadi. Ta’m sifati bo’yicha O’rta Osiyodagi navlardan ancha ustun turadi. Tupi o’rtacha, uzum boshlari o’rtacha, shakli silindrsimon, zich, bosh bandi kalta. Mevasining o’rtacha vazni – 350 g. G’ujumi o’rtacha, tuxumsimon, rangi qizil, eti go’shtli va sershira. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 8,7 ball, kurtak yozilishidan mevasi pishgungacha bo’lgan davr – 84 kundan iborat. Hosildorligi – 106,2 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 232,0 s/ga ni tashkil qiladi
.



KIShMISh Sogdiana navi Nav O’zbekistonda kelib chiqqan. Akademik M.Mirzayev nomli bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida seleksionerlar K.V. Smirnov va Ye.P. Pererilisina tomonidan Pobeda va Qora kishmish navlarini chatishtirish yo’li bilan yaratilgan. O’rtapishar mayizbop nav (avgust oxiri, sentyabr boshlari). Bargi o’rtacha, yurak shaklida, besh bo’lakli, to’q yashil rangda. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, 400-450 g va undan ham ortiq, ko’p shingilli, o’rtacha sochiluvchan. G’ujumlari yirik tuxumsimon qora rangli, mum g’ubor bilan qoplangan (4,5 g). Po’sti yupqa, pishiq. Etdor, xushta’m. tayyorlanadi.Qandlilik darajasi 25-26%, kislotaliligi 6 g/l. Hosildorligi 180-200 s/ga, tupi kuchli o’sadi. Yangiligicha iste’mol qilinadi va mayiz tayyorlanadi.



Download 283.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling