Tasdiqlayman” Kafedrasi mudiri professor Iliyev X. M. “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi 2020-yil “ ” № yig’ilishida ko’rib chiqilgan kurs ishi


Download 196.39 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2020
Hajmi196.39 Kb.
#104210
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi EKM T A Y Y O R
4-мавзу талабаларга, Urganch ekskavator zavodi, Sweet Inside Ilost you, 001-D52StatusofICTpolicydevelopmentCountryreportBrazil, 21 Lessons for the 21st Century, 21 Lessons for the 21st Century, 1-Lab, CHIQARILSIN LB HFX, organika taqdimot1, sonli qatorlar, 2 5303128285104833984, Fotokimyoviy reaksiyalar, 4 mavzu Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Buriboyev Shuxratjon, ped. 1

Tasdiqlayman”

________ <> Kafedrasi mudiri professor Iliyev X. M.

“Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi 2020-yil “___ ”_______

№ _____ yig’ilishida ko’rib chiqilgan



KURS ISHI

“Elektronikada kompyuterda modellash” fani bo’yicha

Gurux: ______ Talaba: ____________________ Raxbar: Sattorov A. A.


  1. Ishlanadigan loyiha: Operatsion kuchaytirgichlarni Elektronics Workbench dasturi yordamida o’rganish.

  2. Operatsion kuchaytirgichlarni tahlil qilish:

Operatsion kuchaytirgich turi: K140UD9; Usm = 5 mV; Rkir. = 0,3 MOm; KU = 35000 A; VU chiq. = 0,5 V/mks; f1 = 1 MHz; Rchiq. = 300 Om.

  1. Qo’llanmalar:

  • “Elektronika va mikroelektronika” fanidan O’quv qo’llanma O’. H. Qurbonova,

  • ”Elektronika” X. K. Aripov.

  • Electronics Workbench tutorial.

  1. Grafik qismini tuzilishi:

  1. Kirish.

  2. OK haqida ma’lumot.

  3. Hisoblashlar.

  4. Adabiyotlar.






Topshiriq berish

1-oraliq

nazorat


2-oraliq

nazorat


Himoya

Reja













Fakt














Operatsion kuchaytirgichlar (OK) parametrlarini o’rganish.
Ishdan maqsad – OK lar parametrlarini eksperimental tadqiqot qilish, siljish kuchlanishini aniqlash, AChX, FChX larini va chiqish kuchlanishining o’sish tezligini aniqlash.
Nazariy qism.
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb differensial kirish va umumiy chiqishga ega bo’lgan o’zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. OK analog va impuls signallari bilan turli-tuman amaliyotlarni teskari aloqa bog’lanishlari yordamida bajaradi.

GOST 2.759-82 (ST SeV 3336-81) ga ko‘ra analog texnika elementlari ko‘rinishlari va belgilanishlari to‘g‘ri burchakli shakl asosida bajariladi (1- rasm). Bu shakl asosiy maydon va bir yoki ikki chap va o‘ng tomonda joylashgan qo‘shimcha maydonlarga ega bo‘ladi. Sxemalarda esa OK uchburchak shaklida keltiriladi.






1- rasm.

OK uchlari kirish, chiqish va funksional yuklamaga ega bo‘lmagan oyoqchalardan iborat bo‘ladi ( bu oyoqchalarga iste'mol manbai va OK ning ishini normallab turuvchi elementlar ulanadi). Kirishlar chap tomonda , chiqish esa o‘ng tomonda ko‘rsatiladi. Ko‘pchilik OK lar bitta simmetrik bo‘lmagan chiqishga, umumiy simga nisbatan simmetrik bo‘lgan ikkita kirishga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri invers bo‘lmagan kirish va chiqishlar OK larning grafik tasvirlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday belgilarsiz ulanadi, invers kirish va chiqishlar esa ulanish joylarida kichkina doirachalar bilan ulanadi. To‘g‘ri kirishni yana invertirlamaydigan (noinvers) kirish deb ham ataladi, chiqish signalining fazasi kirish signalining fazasi bilan mos tushadi. Ikkinchi kirish invertirlaydigan kirish deyiladi, chunki bunda chiqish signali fazasi kirish signali fazasiga nisbatan 1800 ga burilgan bo‘ladi. Shunday qilib kirishlar chiqish kuchlanishiga miqdor jihatdan bir xil, yo‘nalishi har xil bo‘lgan signallar bilan ta'sir ko‘rsatadi. Agar kirishlarga umumiy simga nisbatan sinfaz bo‘lgan, ya'ni miqdor va fazalari bir xil signallar bersak,, ularning ta'sirlari o‘zaro kompensatsiyalanadi va chiqishda biz nolga teng potensial olamiz. Mana shu parametrning xususiyatidan OK -larning iste'mol kuchlanishlarining o‘zgarishlariga, temperatura o‘zgarishlariga va boshqa tashqi ta'sirlar o‘zgarishlariga moyilligi juda kamdir. OK chiqishida kuchlanish faqat kirishlarga miqdori va fazasi har xil bo‘lgan signallar berilgandagina paydo bo‘ladi. Chiqish kuchlanishi kirish signallari farqiga proporsional bo‘ladi. Kirish signallari farqiga differensial signal deyiladi. Chiqish signali umumiy simga nisbatan o‘lchanadi. OK ni ham musbat, ham manfiy kirish signallari bilan ishlashini ta'minlash uchun ikki qutbli iste'mol manbasi kerak bo‘ladi. Ikki qutbli iste'mol manbasi bilan ishlaganda nosimmetrik chiqishda kuchlanish bo‘lmaydi, qachonki kirish sigallari ham bo‘lmasa. OK larda bu uch kirish- chiqishlar OK ning bevosita ishlashi uchun kerakdir. Qo‘shimcha uchlar quyidagilardir: F belgisi bilan AChX ni korrektirovka qiladigan oyoqlar, N belgisi bilan o‘zgarmas tokni balansirovka qiluvchi oyoqlar ( OK chiqishida nolni o‘rnatadigan kirish), hamda umumiy simga ulovchi metall korpus kirishi.

OK lar sxemalari chuqur manfiy teskari aloqali zanjirlarga ega, bu o‘z navbatida qurilmalar parametrlarining manfiy teskari aloqa zanjirlari parametrlarigagina bog‘liq qilib qo‘yadi. Bunday OK lar xarakteristikalari ideal OK xarakteristikalariga yaqinlashadi. Ideal OK deganimizda quyidagi xarakteristikalarni tushunamiz: cheksiz katta o‘tkazish polosasiga va kuchaytirish koeffitsientiga , kirish qarshiliklari cheksiz katta, chiqish qarshiligi cheksiz kichik miqdorlarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bunday OK lar temperatura va vaqt davomida statik xatoliklar keltirib chiqarmasligi kerak.

OK lar parametrlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:



  • Kirish differensial kaskadi xususiyatlari bilan aniqlanuvchi kirish parametrlari;

  • nolning siljish kuchlanishi Usil, bu parametr kirish differensial kaskadi tranzistorlari Ube0 kuchlanishlarining bir xil emasligidan, hamda kaskadning temperatura dreyfi ΔUsil/ΔT dan kelib chiqadi;

  • invertirlovchi Ikir kirish toki, invertirlamaydigan Ikir kirish toki, kirish toki o‘rtacha qiymati Ikir o‘rt va Ikir farq kirish toklari farqi ( differensial kaskad ishlamay turganda tranzistorlar bazalari toklari farqi ), kirish toklari farqining temperatura dreyfi Δ Ikir farq /ΔT ;

– maksimal differensial kuchlanishi Ukir.dif. Max va sinfaz Ukir.ss. max kuchlanishi;

– kirish differensial qarshiligi Rkir.dif, ya'ni OK kirishlari orasidagi kichik differensial signal uchun kirish qarshiligi, bu paytda chiqish signali chiziqligi saqlanib turishi kerak;

kirish sinfaz qarshiligi Rkirsf, ya'ni kirish kuchlanishlarining kirish toklariga nisbati.

O‘tish parametrlari:

– kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti KOK, u chiqish kuchlanishi o‘zgarishining shu o‘zgarishni paydo qilgan differensial kirish signali o‘zgarishiga nisbati bilan o‘lchanadi: KOK= Uchiq/Ukir.dif;



  • sinfaz signalning so‘nish koeffitsienti Koss, u OK sxemasida differensial signal kuchaytirish koeffitsienti KOK ning sinfaz signal kuchaytirish koeffitsientiga nisbati bilan o‘lchanadi:

Koss = KOK/ Kou.ss.;

  • chegaraviy chastota fcheg – kuchaytirish koeffitsientining maksimal qiymatidan 21 martaga kamayadigan chastotaga aytiladi, bu chastota kuchaytirish koeffitsientining logarifmik masshtabda -3dB ga kamayishiga mos keladi;

  • bir qiymatli miqdorga o‘zgarish paytidagi chastota f1, ya'ni KOK = 1bo‘lgan paytdagi chastota.

Chegaraviy chastota fcheg, bir qiymatli miqdorga o‘zgarish paytidagi chastota f1 va kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti KOK quyidagi munosabat bilan bog‘langanlar:

= .

– bir qiymatga o‘zgarish paytidagi chastotada faza bo‘yicha barqarorlik zahirasi φzap, u OK ning barqarorligini xarakterlaydi.



φzap =1800 – |φ1|,

bu yerda φ1 – f1 chastotada faza siljishi.

OK ning chiqish parametrlari chiqish kaskadining xususiyatlaridan kelib chiqadi:


  • chiqish qarshiligi Rchiq;

  • maksimal chiqish toki Ichiq.max, u maksimal chiqish kuchlanishi yoki yuklama qarshiligining minimal qiymatlaridagi chiqish tokidir;

  • chiziqli kuchaytirish diapazonida maksimal chiqish kuchlanishi, ko‘pchilik OK lar uchun bu kattalik

Uchiq. max=( Eπ – 2) V,

bu taxminan 12-13 V ni tashkil etadi.



O‘tish parametrlari:

  • chiqish kuchlanishining o‘sish tezligi V Uchiq — OK chiqishida kirishga maksimal qiymat berilganda chiqish kuchlanishining o‘zgarish tezligi (V/mks);

  • chiqish kuchlanishining statsionar qiymatiga erishish vaqti.

Eksperimental qism.


    1. Electronics Workbench muhitida operatsion kuchaytirgich modelini berilgan variant asosida yaratdim. Buning uchun operatsion kuchaytirgich tasviri ustida sichqoncha klavishini ikki marta bosdim. Paydo bo‘lgan oynada 3–TerminalOpampProperties bo‘limining Library qismidan default kutubxonasini, keyin Model bo‘limidan operatsion kuchaytirgich tipi ideal ni tanladim. Sichqoncha bilan copy va Paste tugmalarini ketma-ket tanlab, paydo bo‘lgan oynachada lotin xarflarida operatsion kuchaytirgich tipini topshiriq varianti asosida yozdim va OK tugmasini bosdim. Natijada Model bo‘limida operatsion kuchaytirgichning yangi tipi paydo bo‘ldi (3-rasm). Operatsion kuchaytirgich parametrlarini korrektirovka qilish uchun Edit tugmasini bosdim, 1 - jadval asosida quyidagi parametrlarni kiritdim: Input offset voltage [VOS] (siljish kuchlanishi Usm), Input resistane [RI] (kirish qarshiligi Rkir), Open - loop gain [A] (kuchaytirish koeffitsienti KU), Slew rate [SR] (chiqish kuchlanishining o‘sish tezligi VUchiq), Unity - gain bandwidth [FU] (bir qiymatgacha o‘sish chastotasi f1) va Output resistane [RO] (chiqish qarshiligi Rchiq). Qolgan parametrlar qiymatlarini o‘zgarishsiz qoldirdim (4 - rasm).


1 – jadval.

Variant

OK turi

Usm, mV (VOS)

Rkir, MOm (RI)

KU, (A)

VUchiq, V/mks (SR)

f1, MHz (FU)

Rchiq, Om (RO)

4

K140UD9

5

0,3

35000

0,5

1

200





2-rasm.


3-rasm.

4-rasm.

1.2. Siljish kuchlanishining operatsion kuchaytirgich to‘g‘ri ulangan paytida chiqish kuchlanishiga ta'sirini o‘rganish uchun 5- rasmdagi sxemani yig‘dim. Voltmetrni o‘zgarmas kuchlanishni o‘lchash rejimi (D) ga o‘rnatdim.




5-rasm.

1.3. Operatsion kuchaytirgich chiqish kuchlanishi (Uchiq) ni o‘lchadim, R1 va R2 qarshiliklarni 2- jadvalda berilgan qiymatlari asosida kiritdim.



Download 196.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling