Tasdiqlayman xo‘jayli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori V b S. Axmedova
Download 19.79 Kb.
|
Протокол мектеп
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jayli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘tkazilgan uchrashuv BAYONNOMASI
- So‘zga chiqqanlar
- Ishtirokchilar
- 2. Voega yetmagan yoshlarning noqonuniy diniy ta’lim olish maqsadida Misr va boshqa mamlakatlarga chiqib ketishining oldini olish.
- QAROR QILADI: 1.
Xo‘jayli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘tkazilgan uchrashuv BAYONNOMASI
KUN TARTIBIDA: 1. «Din niqobidagi ekstremizm - yoshlarga tahdid», “Ommaviy madaniyat”ning ma’naviy va axloqiy tarbiyaga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida, 2. Voega yetmagan yoshlarning noqonuniy diniy ta’lim olish maqsadida Misr va boshqa mamlakatlarga chiqib ketishining oldini olish. Uchrashuvni, Xo’jayli Jamoat salomatligi texnikumi direktori v.b S.Axmedova ochib va olib bordi. O‘quvchi va o‘qituvchi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Xo’jayli tumani Oila va xotin-qizlar bo’limi mutaxassisi G.Shernazarova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududiy boshqarmasining Xo‘jayli tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Babaniyazov, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i A.Djienbaevlar ma’ruza qilib, ma’ruzachilar o‘z so‘zlarida hozirgi kunda yoshlarimizni ozdirishga va o‘zlarini puch g‘oyalari bilan zaxarlashga qilinayotgan xarakatlar barchamizni tashvishga solmoqda. Oqibatda esa bunday mafkuraviy xurujlar natijasida ba’zilar o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtidan, ota-onasidan tonib, unga xiyonat kilib, vatanparvarlik tuyg‘ularidan maxrum bo‘lib, insoniylik tabiatidan xam chiqib qolganini o‘zlari tushunmayapti. Ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillar ichida mafkuraviy bo‘shliqning ta’siri kattadir. Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolish sabablari qatorida ularning dunyoqarashi torligi, diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqishi, o‘ta ishonuvchanligi, birdaniga hamma narsaga intilishi. Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli ma’lumotlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar, odob-ahloqni yemiruvchi manfur illatlar har bir ongli kishini tashvishga solishi aniq. Internetdan olingan narsa to‘g‘ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilish kerak. Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar internet orqali tarqatilgan har qanday ma’lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga soladi. Islom talimoti buzg‘unchilikni, odamlar qalbiga vahima, dushmanlik va fitna urug‘larini sochishni qattiq qoralaydi. Ma’lumki, so‘nggi yillarda dinni o‘zlariga niqob qilib olgan oqimlar, toifalar paydo bo‘ldi. Ular g‘arazli maqsadlari yo‘lida jamiyatda buzg‘unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to‘kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat bo‘layotganligi ta’kidlandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda QAROR QILADI: 1. Xo‘jayli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida «Din niqobidagi ekstremizm-yoshlargiga tahdid», “Ommaviy madaniyat”ning ma’naviy va axloqiy tarbiyaga bo‘lgan ta’siri haqidagi ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Xo‘jayli Jamoat salomatligi texnikumi o‘rinbosarlariga hamda Yoshlar etakchisiga: - yoshlar orasida vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftihor tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish; - texnikumda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni targ‘ib etishga qaratilgan hamda yoshlarning kiyinish madaniyati bo‘yicha tanlovlar va tadbirlarni tashkil etish; - Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berilishi, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilinishi va aholi orasida nosog‘lom aqida singdirilishini oldini olish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmatni yanada oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oyasi ostida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish belgilansin. 3. Mazkur bayonning bajarilishini o‘z nazoratimda qoldiraman. Bayonlashtirgan: B.Idiyatullaev Download 19.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling