Tashqi qarz oqibatlari va uni tartibga solish usullari


Download 33.49 Kb.
bet1/5
Sana10.11.2023
Hajmi33.49 Kb.
#1761105
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tashqi qarz oqibatlari va uni tartibga solish usullari


Tashqi qarz oqibatlari va uni tartibga solish usullari.
Davlat qarzi tashqi va ichki qarzlarga bo`linar ekan, uning oqibatlari ham bir xil emas. Tashqi qarzni uzish uchun davlat o`zining real boyligidan kreditor mamlakatga berishi zarur. Huddi shunday qarzning foiz ulushi uchun ham. Bu esa qarzdor davlatning iqtisodini salbiy oqibatlarga olib keladi. Bundan tashqari qarz oluvchi mamlakatga kredit olishi uchun kreditor davlat tomonidan ma’lum shartlar qo`yiladi. Eksportning kamayishi natijasida esa tashqi savdo balansida buzilish sodir bo`ladi va yangi qarzlarga olib keladi.
Davlat qarzlarining absolyut o`lchami orqali iqtisodiyotga qanchalik muammo ekanligini aniqlab bo`lmaydi. Agar qarz summasi YaIM ning kichik bir ulushini tashkil etsa, bu unchalik xavfli emas hisoblanadi va iqtisodiyot rivojlanishda davom etadi. Uni foiz ulushi bilan birga to`lash esa iqtisodiyotga qiyinchilik tug`dirmaydi. Shuning uchun tashqi qarz baholanayotganda uning YaIM ulushi ham hisobga olinadi. Past darajadagi iqtisodiy hamda YaIM o`sishi kuzatilgan davlatlarda tashqi qarz jiddiy makroiqtisodiy muammolarga olib keladi.
Odatda mamlakat qarzni to`lamaydi, balki uni qayta moliyalashtiradi. Buning uchun davlat yangi zayomlar chiqaradi va eski qarzlarini to`lash uchun yangi qarzlar oladi. Qisqacha qilib aytganda, moliyaviy piramida yaratadi. Bundan tashqari hukumat o`zining sarf-xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida soliqlarni oshiradi hamda qo`shimcha pul ishlab chiqaradi.
Yirik davlat qarzlarining jiddiy muammolari quyidagilardan iboratdir6:

  1. daromadlar tensizligi kuchayadi;

  2. qarzning qayta moliyalanishi foiz stavkalarining o`sishiga olib keladi. Bu esa qisqa davrda investitsiyalarni kamaytiradi. Uzoq muddatda esa zahirasining va mamlakat ishlab chiqarish potensialining kamayishiga olib kelishi mumkin;

  3. kelajakda yuqori inflasiya darajasi xavfini tug`diradi;
    davlat byudjeti defitsiti uzoq davom etishi mumkin;
    savdo balansi defitsiti va davlat byudjeti defitsiti birgalikda ikkilik (twin) defitsitini hosil qilishi mumkin.


Tashqi qarz muammosini bartaraf etishda shu kungacha ko`plab tajribalar amalda sinab ko`rilgan. Har bir davlat bu muammoga duch kelganligi sababli uni har xil uslublar bilan bartaraf etishga harakat qiladi.
Umuman olganda uzishlarning manbalarini biz qutilish fondlari deb atashimiz ham mumkin. Qarzlarni uzish maqsadida muhim tashkilotga asos solinadi va unga oldindan rejalashtirilib taqsimlangan davlatning to`lashi kerak bo`lgan yillik foiz qog`ozlari topshiriladi. Bu tashkilotda qog`ozlar to`lanmaydi, ya’ni qisqrtirilmaydi, balki faqat yig`iladi. Davlat esa ular bo`yicha foizlarni to`lashda davom etadi. Oxirgi to`langan foiz murakkab foiz tizimi bo`yicha oshadi va shu tarzda shunday yirik summa payd bo`ladiki, natijada davlat qarzlarining deyarli barchasi qoplanadi.
Bu g`oya ingliz olimi Prays tomonidan o`ylab topilgan va P. usuli deb nomlanadi. Angliya hukumati bu usuldan 1786 – 1828 – yillar oralig`ida, Fransiya 1871 – yilgacha, nominali esa hozirgi davrgacha, Avstriya 1817 – yildan 1859 – yilgacha foydalangan.
Bundan tashqari dunyo mamalakatlari qarzlarni boshqarish usuli bilan ham bu muammoni kamaytirmoqda. Dunyo amaliyotida qarzlarni boshqarishda 3 xil uslub bo`yicha ishlar olib boriladi:7


  1. Qarzlarni qayta tuzish – bu davlat qarzlarini tashkil etuvchi qarz majburiyatlarini boshqa xizmatlar orqali to`lash mumkin bo`lgan qarz majburiyatlariga almashtirishga asoslangan uslubdir.

  2. Qarzni o`zgartirish – bu eski qarzlarni yangisiga almashtirishdir. Bundan tashqari eski qarzni yangi aktivlarga yoki xususiy mulkka almashtirishga ham imkoniyat beradi.

  3. Hisobdan chiqarish – agar qarzdor mamlakat o`z qarzini to`lash imkoniyatiga ega emas deb topilsa, qarz majburiyati hisobdan chiqariladi.

Bu bobga qisqach xulosa qiladigan bo’lsak, tashqi qarz iqtisodiyotning rivojlanishi uchun davlatlar hukumatlari tomonidan jalb qilinsa ham, bu miqdorning nazoratdan chiqib ketishi, davlat uchun jiddiy muammalar keltirishi va bu oxir-oqibat qarzlarni qayta moliyalashtirish yoki boshqarish usullari bilan tartibga solinishiga olib keladi.


Download 33.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling