Tashqi qarz oqibatlari va uni tartibga solish usullari
O’zbekistonning tashqi qarz tahlili
Download 33.49 Kb.
|
Tashqi qarz oqibatlari va uni tartibga solish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-rasm. O’zbekiston tashq qarz dinamikasi
- Qarzning YaIMga nisbati Qarzning aholi jon boshiga miqdori
- Manba: indedmundi.com
2.3. O’zbekistonning tashqi qarz tahlili.
Sobiq Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning fikriga tayanadigan bo’lsak, O’zbekiston hukumatining ichki qarzi 0 ga teng11 ya’ni bu O’zbekiston hukumatini mamlakat Markaziy Bankidan yoki fuqarolaridan hech qanday qarz olmaganini anglatadi. Bu esa o’z navbatida mamlakatning barcha qarzlari faqat tashqi qarzdan iborat ekanligi deganidir. 5-rasm. O’zbekiston tashq qarz dinamikasi
Manba: indedmundi.com Shuningdek, shu yilning fevral oyi ohirlarida O’zbekiston hukumati tashqi qarz mablag’larini ko’proq jalb qilish maqsadida, Nyu Yorkninig Citygroup bilan hamkorlikda 300 mln dollar miqdordagi yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirayotgani haqida O’zbekiston Markaziy banki raisi birinchi o’rinbosari Timur Ishmetov malumot berdi. O`zbekiston qonunchiligi bo`yicha, davlat tomonidan xorijdan mablag` jalb qilish – aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O`zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o`z kreditlarini(qarzlarini) to`lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi bo`lib, uning natijasida davlat tashqi qarzlari paydo bo`ladi12. Xorijdan mablag` quyidagi yo`llar bilan jalb qilinadi: davlat yoki O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lmish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki xizmatlarni import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi; norezidentlar mablag`larining O`zbekiston Respublikasi moliya institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi; lizing operatsiyalari; boshqa tur va shakllardan foydalanish. Qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki xorijdan mablag` jalb qilish borasida muayyan vakolatlarga egadirlar. Xorijdan mablag` jalb qilish borasida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatlariga quyidagilar kiradi: xorijdan mablag` jalb qilish masalalari yuzasidan xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish; davlatning xorijdan mablag` jalb qilishi bo`yicha loyihalarni baholash; davlatning xorijdan mablag` jalb qilishi bo`yicha shartnomalarni va kafolatlarni ro`yxatga olish; O`zbekiston Respublikasida qarz va likvidligini boshqarish bo`yicha O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasini tashkil etildi. Ushbu jamg`armaning ustav kapitali 2007-yilda 1,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo`lsa, ushbu ko`rsatkich 2008-yilda 3 mlrd. 200 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2010-yilda esa jamg`armaning ustav kapitali 5 mlrd. dollardan ortib ketdi. “Tiklanish va taraqqiyot fondining tarkibiy o`zgarishlardagi roli ortib borayotganini hisobga olib, 2016-yilgacha uning nizom jamg`armasining ikki barobar, ya’ni 5 mlrd. dollardan 10 mlrd. dollarga bosqichma - bosqich ko`paytirish to`g`risida qaror qabul qilindi”.13 Shuningdek, shu yilning fevral oyi ohirlarida O’zbekiston hukumati tashqi qarz mablag’larini ko’proq jalb qilish maqsadida, Nyu Yorkninig Citygroup bilan hamkorlikda 300 mln dollar miqdordagi yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirayotgani haqida O’zbekiston Markaziy banki raisi birinchi o’rinbosari Timur Ishmetov malumot berdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qarzlarini yuzaga kelishida davlat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy siyosat juda muhim o`rin egallaydi va bevosita ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham davlat qarzlarini boshqarishni to`g`ri yo`lga qo`yish, unga ta`sir etuvchi omillarga o`rganish eng muhim taraqqiyot omili bo`lib xizmat qiladi. Xulosa. Davlat iqtisodiyoti uchun tashqi qarz doim xavf sifatida qarab kelingan, lekin u holda nimaga hukumatlar hozirgi kunda yanada davlat tashqi qarzlarini ko’paytirishga yo’l qo’ymoqdalar. Buning sabablarini esa bu tadqiqot ishida ko’rib chiqishga harakat qildim va tushundimki, tashqi qarz agar hukumat tomonidan “kundalik ehtiyojlar” uchun sarflanmasdan, balki istiqbolli investitsion loyihalar uchun jalb qilinsa, bu faqat mamlakat iqtisodining rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Lekin, agar tashqi qarz “kelajak” uchun emas, balki hozirgi kundagi xarajatlarni qoplash uchun sarflanadigan bo’lsa, ohir-oqibat tashqi qarz miqdor nazorat qilib bo’lmas ko’rsatkichlarga yetishi va mamlakat default e’lon qilishga majbur bo’lishi mumkin. Bu holat, 2001-yilda Argentinada ham sodir bo’lgan. Aynan shu holatning kelib chiqish sabablari, oqibatlari, uni bartaraf etish uchun qilingan ishlar va bu inqirozdan kelib chiqqan xulosalar bu tadqiqot ishimning asosini tashkil etdi. Ularda quyidagicha xulosa qilishim mumkin: yillar davomida to’planib borilgan tashqi qarz miqdori go’yoki inson gardanidagi og’ir yukka o’xshaydi, uni ko’tarib yurish mumkin, lekin qachondir oyog’imiz toyib ketganda, bu yuk insonni halok etishi mumkin. Argentina holatida “oyoq toyib ketishi” bu—valyuta siyosatining noto’g’ri yuritilishi bo’lgan. O’zbekistonda tashqi qarz inqirozi bo’lishi holati esa ehtimoldan ancha yiroq, chunki tashqi qarz miqdori hali YaIM miqdorining 20% miqdorida ham emas. Bizda tashqi qarzdan halos bo’lish emas, balka tashqi qarzni jalb qilish muammosi mavjud. Download 33.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling