Tashqi savdo operatsiyalari logistikasi


Download 25.21 Kb.
bet1/3
Sana11.11.2023
Hajmi25.21 Kb.
#1767065
  1   2   3
Bog'liq
tashqi savdo operatsiyalari


TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI LOGISTIKASI


Reja

  1. “Inkoterms” qoidalarining kelib chiqish tarixi

  2. Zamonaviy “Inkoterms”ning asosiy shartlari

  3. “Inkoterms-2000” va “Inkoterms -2010” dagi tafovutlar



Tayanch so’z va iboralar:
Inkoterms, xalqaro savdo qoidalari, EXW, FCA, FAS, FOB, CFR, CIF, CIP, CPT, DAT, DAP, DDP shartlari

1.“Inkoterms” qoidalarining kelib chiqish tarixi


Tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarining ko‘pchiligi muayyan shartlar asosida to‘lovni valyuta vositasida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. To‘lov shartlariga valyuta bahosini aniqlash, hisob-kitob shartlari kabi muhim omillar kiradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston dunyodagi ko‘pgina mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi va jahon iqtisodiy integratsiyasiga borgan sari faol kirib bormoqda, rivojlangan davlatlar bilan o‘zining xo‘jalik aloqalarini kengaytirmoqda, o‘zaro foydali savdo-iqtisodiy kelishuvlar tuzmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlarni etkazib berishning tayanch shartlarining tashqi savdo bahosida transport omilini inobatga oluvchi har xil turlaridan foydalanadilar. Bu turlarda taraflarning tovar etkazib beruvchining omboridan oluvchining omboriga etib borishiga qadar bo‘lgan turli bosqichlarda tovarlar tashilishini ta’minlash majburiyatlari tartibga solinadi, transport harajatlari hamda tovarlarning yo‘lda tasodifiy nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi xavfi bilan bog‘lik boshqa harajatlarni taqsimlash tartibi nazarda tutiladi.
1936 yilda xalqaro savdo palatasi «International Chamber of Commerce - ICC» tovar etkazib berishning tijorat shartlarini sharhlash xalqaro qoidalarining majmui belgilangan hujjatni ishlab chiqdi, bu jahon savdosida ahdlashuvchi tomonlarning xukuklari va majburiyatlarini anik va ixcham tizimini yaratishga asos bo‘ldi. Ushbu shartlar INKOTERMS - 1936 degan nom bilan shuhrat qozondi. 1990 yilda ana shu qoidalariga, ularni shakllangan xalqaro savdo amaliyotiga muvofiqlashtirish maqsadida o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga 1953, 1967, 1976 va 1980 yillarda kiritilgan kushimchalar sotuvchi zimmasidan asta-sekin sotib oluvchi zimmasiga utuvchi javobgarlik asnosida tovarlarni yuklash, tashish, yuklab tushirish va sug‘urtalash bilan bog‘liq eksportchi va importchilarning munosabatlari soz holda bo‘lishiga erishish imkonini berdi.
Bu jihatdan 1953 yil ayniqsa, sermahsul bo‘ldi. O‘shanda bira to‘la 9 ta atama qabul qilinib, “Inkoterms “ shartlari sifat jihatidan yangilandi. Xalqaro savdo munosabatlari amaliyotiga EXW («franko-korxona») atamasi qo‘shildi, bu atamada tovarni etkazib borishda majburiyatlarni sotuvchi uchun minimumga va sotib oluvchi uchun maksimumga keltirish mujassam topdi. O‘shanda tovarlarni sotib oluvchining mamlakatiga etkazib berishiga doir barcha doir barcha majburiyatlarni sotib oluvchining mamlakatiga etkazib berishga doir barcha majburiyatlarni sotuvchining zimmasiga yuklaydigan DES («franko-kema» etkazib berish) va DEO (“franko-bandargoh” etkazib berish) shartlari qabul qilindi. Boshqa atamalar ana shu o‘ta bir-biridan yiroq nuqtai nazarlar oralig‘ida u yoki bu transport turiga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘ldi. 1967 yilda yana bir “ekstremal” atama – DDP (mahsulotni boj to‘lagan holda etkazib berish) qabul qilindi. Bu shart, agar atamadan keyin mahsulot etkazib berilishi lozim bo‘lgan joy ko‘rsatilgan bo‘lsa, tovarni bevosita sotib oluvchiga etkazib berish vazifasini sotuvchi zimmasiga yukladi.
1990 yilda “inkoterms-90”, 2000 yilda “Inkoterms-2000” hujjatining yangi tahrirlari yuzaga keldi. Hozirgi vaqtda hujjatning 2010 yili “Inkoterms-2010” tahriri amalda qo‘llanilyapti.
Inkotermsning 2000 yilda qayta ishlanishining asosiy sabablaridan biri atamalarni keyingi yillarda anchagina keng tarqalib borayotgan axborotlarning elektron almashinuviga moslashtirishga bo‘lgan mushtarak intilish buldi.
YUqorida aytilganlarga qaramay “Inkoterms”ning asosiy vazifasi hamma vaqt “tang nuqta” ni, ya’ni sotuvchi o‘z zimmasidagi shartlarni bajargach, tovar etkazib berilgan deb hisoblash mumkin bo‘lgan vaziyatni aniqlashdan iborat bo‘lib qolaveradi. SHu bilan birga, uning tovarga ilova etiladigan hujjatlarni va tijorat hujjatlarni rasmiylashtirish, eksport-importni to‘lash tartibiga, “tekshiruv operatsiyalari”ni tashkil etishga, shartnoma hujjatlarining mazmuni va turlariga, sotuvchining yuklarini o‘rovi va markalanganligi borasidagi majburiyatlarini, sug‘urta muddatlari va shu singarilarni aniqlashga bo‘lgan ta’sirini etarli baholamaslik mumkin emas.
Bundan tashqari, xalqaro tijorat shartlari tovarlarni ichki ehtiyoj uchun etkazib berilishini, valyuta daraomadlari va harajatlarini boshqarishda, ichki sug‘urtalashni rag‘batlantirish va shu singarilarni aniqlashga bo‘lgan ta’sirini etarlicha baholamaslik mumkin emas. Bundan tashqari, xalkaro tijorat shartlari tovarlarni ichki ehtiyoj uchun etkazib berilishini, valyuta daromadlari va harajatlarini boshqarishda, ichki sug‘urtalashni rag‘batlantirish va shu singarilarda davlat iqtisodiy siyosatining muhim vositasidir.
10.2. Zamonaviy “Inkoterms”ning asosiy shartlari
“Inkoterms”da 13 ta atama keltiriladi. Ular tovarlarni dengiz, aviatsiya,
temir yul transporti va avtotransportda eksport-import tarzida tashishda,
shuningdek, aralash tashishda ishlatiladi.
Atamalarda “franko” (xoli, ozod) tushunchasidan foydalanadilar. Bu tovar
ko‘rsatilgan punktga etkazib berilishi yuzasidan sotib oluvchi hech qanday



Download 25.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling