Tatu samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti 20-01-guruh talabasi Qurbonov Javohirning tizimlar va signallarni qayta ishlash fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 1.45 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1352745
Bog'liq
LtbitlJf3OYSg3V1PuP Bbe2K3yfOLdG

TATU Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti 20-01-guruh talabasi Qurbonov Javohirning tizimlar va signallarni qayta ishlash fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu:Xotirasiz elektr aloqa kanalida xatoliklar oqimining modeli Reja:


1.Elektr aloqa haqida.
2.Xalaqitlar va buzilishlar.
3. Qabul qilingan signalni asliga mosligi va uzatish tezligi.
Elektr aloqa — axborotlar (nutq, harfraqamlar, tasvir va boshqalar) sim yoki radiosignallar orqali elektr signallari tarzida hamda optik aloqa tizimi yordamida uzatiladigan aloqa. Signallarni uzatish usuliga qarab, simli aloqa va radio aloqa; uzatiladigan axborotlarning turiga qarab, telefon aloqa, telegraf aloqa, maksimal aloqa, bir vaqtning oʻzida nutqiy va tasviriy axborotlarni saqlaydigan va uzatadigan videotelefon aloqa va boshqalarga boʻlinadi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi punktlar orasida Elektr aloqa oʻrnatish uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi apparatlar, aloqa kanali, kommutatsiya tizimi qurilmalari qoʻllanadi. Uzatuvchi apparat signallar (nutqlar, telegramma matni belgilari, perforatsion lentalarga yozilgan belgilar va boshqalar)ni elektr signallariga aylantiradi. 
Amalda kanallar orqali signallar uzatilganda ularning shakli buziladi va xatolik bilan qayta aks ettiriladi. Signalning xatolik bilan qabul qilinishiga sabab aloqa kanali kiritadigan buzilishlar va signalga ta'sir etuvchi xalaqitlardir. Kanalning amplituda chastotasi va vaqt xarakteristikalari signalga chiziqli buzilishlar kiritadi. Bundan tashqari signalga kanaldagi nochiziqli rejimda ishlavotgan funksional uzellar nochiziqli buzilishlarni qo'shadi. Chiziqli va nochiziqli buzilishlar kanal ma’lum parametrlariga bog’liqligi uchun, hamda paydo bo’lish sababi maMumligi uchun ularni ma’lum tuzatishlar orqali yo'qotish yo’li sezilmas darajagacha kamaytirish mumkin.
Signal chiziqli va nochiziqli buzilishidan, uni tasodifiy xalaqit ta’sirida buzilishini ajrata bilish shart. Chunki xalaqitning signalga ta'sirini to’liq yo'qotish mumkin emas, uning parametrlari awaldan ma’lum emas. Foydali signalga qo'shilib uni xatolik bilan aks ettirilishiga olib keluvchi har qanday ta?sir xalaqit deb ataladi. Xalaqitlar paydo bo’lish sabablari va fizik hossalari bo'yicha turlicha bo’ladilar. Xalaqitlar paydo bo’lish joyiga qarab ichki va tashqi xalaqit turiga bo’linadilar. Ichki xalaqitlar radioelektron qurilmalar aktiv va passiv elementlaridan qat’iy bir qiymatga ega tok o'tmasligi, ya'ni vaqt birligida o'tkazgichdan o'tayotgan elektronlar soni o’zgaruvchan ekanligi sababli paydo bo’ladi.
Umuman olganda har qanday radiokanalda ichki va tashqi xalaqitlar mavjud bo’lib, ularning katlaligi foydalanilayotgan radiochastotalar diapazoniga ham bog’liq. Xalaqit vv(/) foydali signal s(t) ga ikki turli ta’sir etishi mumkin. Agar xalaqit w(t) signal s(t) qo'shilsa, ya’ni: s(t)+w(t)=x(t) (1.13) bundav xalaqit additiv xalaqit dcb ataladi. Agarda xalaqit ta’siridagi signal x=MmO (1.14) matematik ifoda bilan aks ettirilsa. bunday xalaqit multiplikativ xalaqit deb yuritiladi. Bunda ℳ(t) - multiplikativ xalaqit emas. balki xalaqit ta’sirida foydali signal sathi o'zgarishini ko’rsatuvchi koeffisienti bo’lib, xalaqit yo’q bo’lganda bu koeffisient birga teng boMadi (ℳ=1). Umuman ℳ=(0-1) oralig’ida o'zgarish signal sathining keskin o'zgarishiga o’tib ketishi mumkin. Agar ¡j. - foydali signa s(t) ga nisbatan asta-sekin o’zgarsa. bu hodisa so’nish deb ataladi.
Xalaqitlarni fluktuasion va impulsli xalaqitga ajratiIishi shartli bo’lib. Bir impulsli xalaqit takrorlanish chastotasiga qarab tor polosali radio qabul qilish qurilmasiga fluktuasion. keng polosali qabul qilish qurilmasi uchun impuls xalaqit sifatida ta'sir etishi mumkin. Impuls xalaqit diskret tasodifiy jarayon bo’lib. paydo bo’lish vaqti va amplitudasi tasodifiy taqsimlangan. Impuls xalaqit ham nazariy nuqtai nazardan cheksiz keng spektrga ega. Kvazigarmonik xalaqit ba'zan spektri bo'yicha jamlangan xalaqit deb ataladi, chunki bu tur xalaqit turli radio uzatish qurilmalari tarqatavotgan elektromagnit to’lqinlar tor polosada xalaqit qiluvchi turli asbob uskunalaridan iborat. Bunday xalaqit radioqabul qilish qurilmasi o’tkazish polosasini to’liq, ko‘p hollarda qisman egallashi mumkin. Qisqa to’lqin diapazonida kvazigarmonik xalaqit asosiy xalaqit hisoblanadi
Qabul qilingan signalning asliga mosligi va uzatish tezligi aloqa kanalining ishlash sifatini va vaqt birligida uzatilgan axborot miqdorini aniqlaydi. Qabul qilingan signalning asliga mosligi buzilishlar va xalaqitlar ta'sirida kamayadi. Aloqa tizimi qurilmalarini to;g;ri loyihalash va sozlash natijasida signalning asliga mosligini yuqori darajada ta'minlash. xatolikni kamaytirish mumkin. Bu holda signalning asliga mos emasligi - xatolik darajasi xalaqitga. aloqa tizimining xalaqitbardoshligiga bog'liq hisoblanadi. Xalaqitbardoshlik deb, odatda aloqa tizimining axborot uzatishda xalaqitga bardosh berish qobiliyatiga aytiladi. Qabul qilingan signalning asliga mosligini uning xalaqitbardoshligi orqali baholash mumkin. Aloqa tizimi (qurilmasi) xalaqitbardoshligi uzluksiz va diskret signallar uchun turlicha aniqlanadi.
Xalaqitning maMum miqdorida asliga moslik xabar uzatishda foydalanilayotgan signallarning bir-biridan larq qilish darajasiga ham bog'liq.Masalan: fazasi nianipulvatsiyalangan signallarning bir-biridan farqi amplitudasi yoki chastotasi manipulyatsiyalangan signallarnikiga nisbatan katta. Shuning uchun FMp signal. AMp va ChMp ga nisbatan yuqori xalaqitbardoshlik. Asliga moslikni ta'minlaydi. Asliga moslik signalni qabul qilish turiga ham bog’liq. Qabul qilishni shundav turini tanlash kerakki, u xalaqit ta'siridagi signallarning o’zaro larqini iloji boricha yaxshi ajrata olsin. To'g'ri loyihlangan qabul qilish qurilmasi q=Ps/Px ni sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling