"Ta’viz ul-oshiqin" ("Oshiqlar tumori")


Download 4.29 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi4.29 Kb.
#1567606
Bog'liq
“Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”)-fayllar.org


“Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”)

Muhammad Rizo (taxallusi – Ogahiy) Xiva yaqinida tug‘ilgan. Muhammad Rizo dastlabmak tabda, keyinchalik madrasada tahsil olib, arab va fors tillarini, tarix ilmini puxta o‘rgandi. 1829-yilda Olloqulixon tomonidan mirob (suv ishlari boshqaruvchisi) etib tayinlangan Ogahiy davlat ishlari bilan birga ijodiy va ilmiy faoliyatini ham olib bordi. Tarixchi sifatida amakisi, shoir va tarixchi Munis Xorazmiy boshlagan “Firdavs ul-iqbol” (“Iqbol bog‘i”) asarini yozib tugatdi va Xorazmda yashagan xalqlar tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti aks etgan tarixiy asarlar yozdi. Kaykovus, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy va qator Sharq mumtoz adabiyoti vakillari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Uning lirikasi o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etdi


Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) devonidan shoirning o‘zbek va fors tillarida bitilgan ishqiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiydidaktik, tabiat tasviri va boshqa ko‘plab mavzulardagi she’rlari o‘rin olgan .
Manga zulm aylab, ul qotil ayon ohista-ohista, Chekib tig‘ini aylar qasdi jon ohista-ohista.
Ma’shuqning oshiqqa “ohista” zulm qilishdan maqsadi nima bo‘lishi mumkin? Jafosi zo‘ridin ikki ko‘zimdin oqti daryolar Ki, qolg‘oy ostida oning jahon ohista-ohista.
Oshiq to‘kkan ko‘z yoshlari tufayli jahonni suv bosishi tasvirida qanday badiiy san’at qo‘llanmoqda?
Ulusga aylag‘an zulmin ko‘rib ondin hazar qilmay, Kelib chekdim jafosin man yomon ohista-ohista.
ulus – xalq Bo‘lur hajrida zindon gar maning manzilgahim bo‘lsa, Guliston balki gulzori jinon ohista-ohista.
Yor hajridan zindonband bo‘lgan lirik qahramon manzili guliston bo‘lishiga umid qilishi to‘g‘rimi? Nima uchun?
To‘lo bir jom tut lutf aylab, ey soqiyki, bu g‘amdin Qutulg‘oyman ichib man notavon ohista-ohista.
Vafo yo‘q dahr bog‘ining gulida, berma koʻnglungni, Bugun tongda ketar, ey bog‘bon, ohista-ohista.
Jom-may idish
Lutf –marhamat,yoqimlilik
Soqiy-pir
Notovon-bechora dahr – dunyo;zamon
Yorning vafo qilmasligi va tongda oshiqni tark etishi sabablari
nimada deb o‘ylaysiz?
Emas gardunda ra’d ovozikim hijron tuni ichra, Erur ul Ogahiy chekkan fig‘on ohista-ohista. gardun –osmon, falak;dunyo
SHE’RIY SAN’ATLAR:KITOBAT, ISTIHROJ, TASHXIS
Kitobat (arabcha “ko‘chirib yozmoq” so‘zidan) mumtoz adabiyotda keng qo‘llangan badiiy san’atlardan biri bo‘lib, bunda arab alifbosi harflarining yozuvdagi shakli biron narsa- hodisa yoki holatga o‘xshatilgan. Ma’lumki, arab alifbosi harflari to‘g‘ri, egri, yoysimon va doirasimon shakllardan iborat. Shuning uchun ham aksar hollarda shoirlar ularni yorning qomati, oshiqning bukilgan qaddiga o‘xshatishgan. Misol uchun: Ul alifdek qomatining hasrati Dol yanglig‘ ayladi qaddim duto. Furqat
alif dol
Istihroj (arabchadan, “keltirib chiqarmoq”, “so‘z yasamoq”) kitobat san’ati asosida hosil bo‘ladi: bunda arab yozuvidagi harflarni biron narsaga o‘xshatish bilan birga,u harflarning yig‘indisidan so‘z hosil qilinadi. Misol uchun: Za’fdin qaddim “alif” boʻldi, ul ikki “lom”i – zulf, Har yonimdin jilvagar, vah, ne ajab gar lolmen.
Alisher Navoiy
Ushbu baytda shoir qaddi “alif” harfiga, yor zulflari esa “lom” harfiga o‘xshatilishi bilan birga, ikkita “lom” (l) va “alif” (o) harfl aridan “lol” so‘zi hosil qilingan. Tashxis (arabcha “jonlantirish” so‘zidan) – insonlarga xos xususiyatlarni jonsiz narsalar, hayvonlar, tabiat hodisalariga ko‘chirish. Misol uchun: Kun pardaga kirib yuzung oyi hayosidin, Yig‘lar o‘zi-yu, orag‘a tortar sahobni.
Lutfiy
Ushbu baytda kun – quyoshga insonlarga xos uyalish,yig‘lash xususiyatlari ko‘chirilgan.
http://fayllar.org
Download 4.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling