Tayyorladi: Jabbaraliyev u qabul qildi: Abdulxayev Z


Download 1.12 Mb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1639101
  1   2
Bog'liq
Jabbaraliyev Umidjon Issiqlik texnikasi (2)...

Farg’ona Polotexnika Instituti Qurilish fakulteti GK va K kafedrasi 9-21 guruh talabasi Jabbaraliyev Umidjonning ,,Issiqlik texnikasi’’ fanidan tayyorlagan taqdimoti

Tayyorladi: Jabbaraliyev U

Qabul qildi: Abdulxayev Z

Mavzu:Qozon agregatlarining texnologik sxemalari

Mavzu:Qozon agregatlarining texnologik sxemalari

Reja


O’txonada yoqilgan yoqilg’idan ajralgan issiqlik hisobiga bosim ostida issiq suv va bug’ hosil qiladigan uskunalar majmui qozon agregati deyiladi. Qozon agregati tarkibiga quyidagilar kiradi: o’txona qurilmasi (gorelkalar bilan kamera); qozon agregatining asosiy qismlaridan biri bo’lgan bug’ qozoni, unda bug’ hosil bo’ladi; bug’ berilgan parametrgacha qizdiriladigan bug’ qizdirgich; bug’ qozoniga beriladigan suvni isitish uchun mo’ljallangan suv ekonomayzeri va yoqilg’ini yoqish uchun o’txonaga beriladigan havoni isituvchi havo isitkich. Qozon qurilmasining yordamchi qurilmalari jumlasiga mo’ri, shlak va kul chiqaradigan qurilmalar, kulni tutib qolish qurilmalari, karkas, ichki qoplama va boshqalarni kiritish mumkin.
Qozon qurilmalarini quyidagi belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin: 1. Bug’ unumdorligiga ko’ra: a) bug’ unumdorligi past -(0,01-5,5 kg/s); b) bug’ unumdorligi o’rtacha-(30 kg/s gacha); v) bug’ unumdorligi yuqori -(500-1000 kg/s gacha); 2. Bug’ bosimiga ko’ra: a) past bosimli -(P=0,81,6 MPa); b) o’rta bosimli -(P=2,44 MPa); v) yuqori bosimli- (P=1014 MPa); g) o’ta yuqori bosimli -(P=2531 MPa) 3. Ishlatilishiga ko’ra: a) Energetik qozon qurilmalari, bular issiqlik elektr stantsiyalarining bug’ turbinalarini bug’ bilan ta’minlaydi; b) Sanoat qozon qurilmalari, bular sanoat ehtiyojlari (issiqlik apparatlari, issiqlik almashinuv apparatlari, mashinalarning bug’ uzatmalari va shu kabilar) uchun bug’ ishlab chiqaradi; v) bular mahalliy qozon qurilmalari bo’lib, qozon qurilmasi yaqinida joylashgan binolarni issiq suv bilan ta’minlaydi.
. Tabiiy tsirkulyatsiyali qozonlarning takomillashib borishi: a – silindrsimon; b-batareyali; v-o’t quvurli; g-o’t va tutun quvurli; d,e-kamerali gorizontal-suv quvurli; j-bo’limli gorizontal-suv quvurli; z-qaynatish quvurlari to’g’ri bo’lgan; i,k-qaynatish quvurlari egilgan; l- P-simon bir barabanli qozon; m- T-simon zamonaviy barabanli qozon agregati.
Bu kamchiliklar gorizontal suv-quvurli qozonlarda sezilarli darajada bartaraf etildi. Bularda yassi kameralar o’rniga silindrsimon qopqoqlar qo’llanildi, ularga to’g’ri quvurlar to’plami ulandi, quvurlar ikki to’plam holida gorizontal ravishda barabanga ( j ) birlashdi. . Shu tufayli bug’ning bosimi ortdi, quvurlarning soni va uzunligi ortishi esa, qozonning unumdorligini oshirish imkonini yaratdi. Barabanlar avvalo uzunasiga, keyinroq ko’ndalangiga joylashtirildi. Suv ekonomayzerlari va havo isitkichlarni qo’llash natijasida qozonlarning tejamliligi va unumdorligi ortdi.
Qozon qurilmasining texnologik sxemasi. 1 – transporter; 2 – nam ko’mir bunkeri; 3 – nam ko’mir taqsimlagich; 4– ko’mir maydalaydigan tegirmon; 5 – separator; 6 – siklon; 7 – chang vinti; 8 – ko’mir changi bunkeri; 9 – ko’mir changi ta’minlagichi; 10 – tegirmon ventilyatori; 11 – gorelkalar; 12 – baraban; ; 13 – o’txona; 14 – sovuq voronka; 15 – shlak yig’gich; 16 – o’txona ekranlari (ko’tarish quvurlari); 17 - ekran kollektorlari; 18 – tushirish quvurlari; 19 – feston; 20 – bug’ qizdirgich; 21 – suv ekonomayzeri; 22 – havo qutisi; 23 – puflash ventilyatori; 24 – havo tortishi qutisi; 25 - gaz tozalash qurilmasi; 26 – so’rish ventilyatori; 27 – tutun quvuri –mo’ri; 28 – kul-shlak chiqarish kanali.
Vertikal suv-quvurli qozonlarning keyingi takomillashuvi natijasida barabanlarning soni bittaga keltirildi (k,l,m), qaynatish quvurlarining to’plami bevosita baraban bug’ yig’gichga tutashtirildi. Shunday qilib, barabanlar soniing kamayishi bilan bir vaqtda qozon isish sirtining konvektiv qismi qisqardi va o’txonada ekranlar tarzida joylashgan radiatsion qismi ko’paydi. Zamonaviy bug’ qozon qurilmasi (oldingi rasm) qozon agregatidan va yordamchi qurilmalardan (ko’mirni maydalash va chang tayyorlash, yoqilg’i va suvni uzatish, havoni va yoqilg’i mahsulotlarini tortish va puflash, nazorat-o’lchov asboblari, avtomatik boshqarish asboblari) tashkil topgan.
Suv quvurli qozonlarning tsirkulyatsion sxemasi: a – tabiiy tsirkulyatsiyali; b – majburiy tsirkulyatsiyali; 1 – baraban; 2 – isitish sirtlari; 3 – bug’ qizdirgich; 4 – ekonomayzer; 5 – havo isitkich. Tabiiy tsirkulyatsiyali bug’ qozonlarida suv yopiq tsirkulyatsiyali konturda (a): «baraban – tushirish quvuri – pastki kollektor – ko’tarish quvuri – baraban» da harakat qiladi. Bunday qozonlarda suvning va suv – bug’ aralashmasining harakatlanishi ularning zichliklari orasidagi farqqa asoslanib amalga oshiriladi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling