Mavzu: Kosmik tezliklar va sun’iy yo'ldoshlar
7.9 km/s
11.2 km/s
16.7km/s
R e j a : - 1-kosmik tezlik
- 2-kosmik tezlik
- 3-kosmik tezlik
- sun’iy yo'ldoshlar haqida
Kosmik tezlik nima ? Kosmik tezlik - jism Yer sunʼiy yoʻldoshi, sunʼiy sayyora boʻlishi uchun yoki u Quyosh sistemasini butunlay tark etishi uchun unga beriladigan uchta eng kichik tezlik. Birinchi kosmik tezlik Birinchi kosmik tezlik - jismning sayyora tortish kuchini yengib chiqib, uning sun'iy yo‘ldoshiga aylanishi uchun berilishi zarur bo‘lgan eng kichik boshlangich tezlik. Bu 7.9 km/s ga teng. Ikkinchi kosmik tezlik Ikkinchi kosmik tezlik - jismning sayyora yoki boshqa osmon jismlarining tortish kuchini butunlay yengib chiqib ketib, lekin Quyosh tizimida qolishi uchun berish kerak bo‘lgan zarur bo‘lgan eng kichik boshlang‘ich tezlik. Bu 11.2 km/s ga teng. Uchinchi kosmik tezlik Uchinchi kosmik tezlik - jismning avval Yer, keyin esa Quyoshning tortish kuchini yengib, Quyosh tizimini butunlay tark etishi uchun yetarli bo‘lgan eng kichik bo‘shlang‘ich tezlik. Bu esa 16.7 km/s ga teng. Sun’iy yo'ldoshlar Sunʼiy yoʻldosh — biror osmon jismi atrofida orbita boʻylab harakatlanadigan kosmik apparat. Dunyoda birinchi marta SSSR da Yer sunʼiy yoʻldoshi (YESI), Quyosh, Oy, Venera sunʼiy yoʻldoshlari, AQShda Mars sunʼiy yoʻldoshlari uchirilgan. Dunyoda birinchi marta SSSR da Yer sunʼiy yoʻldoshi (YESI), Quyosh, Oy, Venera sunʼiy yoʻldoshlari, AQShda Mars sunʼiy yoʻldoshlari uchirilgan. Yerni kuzatuvchi sun’iy Yo’ldosh – ERS 2 NING To’liq o'lchamdagi modeli Ilon Mask uchirgan 60 ta sun'iy yo‘ldosh osmonda tizilishib harakatlanayotganligi Sputnik 1 Ishga tushgan sanasi: 4-oktabr, 1957 massasi: 83,6 kg Orbita balandligi: 577 km Maksimal tezligi: 29 000 km/h Orbitadagi tezligi: 8 km/s Internet resurslari : - https://www.orbita.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=163:kosmik-tezliklar&catid=36:fizika&Itemid=79
- https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kosmik_tezlik
- https://nssdc.gsfc.nasa.gov/nmc/spacecraft/display.action?id=1957-001B
Do'stlaringiz bilan baham: |